Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar


Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, xarbiy xarajatlar va yangi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix10.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#95734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
yalpi talab va yalpi taklif ularning tarkibi va ularga ta\'sir qiluvchi omillar

3.Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, xarbiy xarajatlar va yangi 
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.  
4. Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar.  
➢ 
boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o’zgarishi milliy 
eksportga bo’lgan talabni oshiradi. Misol, jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inkiroz 
natijasida ko’plab rivojlangan mamlaktlardagi axolining real daromadlari tushib 
ketgan va ularning bizning mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga bo’lgan talabi 
ham kamaygan. Hozirgi kunda neft narxining keskin o’sishi neft eksport qiluvchi 
mamlakatlar milliy daromadlarini oshirib borishiga va natijada bu mamlakatlarda 
bizning mahsulotlarga talabini oshib borishiga sabab bo’lmoqda.


18 
➢ 
valyuta kurslaridagi o’zgarishlar, milliy valyuta so’mning kursi 
pasayishi bilan xorijdan kelayotgan mehmonlar olib kelgan dollari evaziga ko’proq 
so’mga ega bo’lishadi, ya’ni bizning mahsulotlarimiz xorijliklar uchun nisbatan 
arzonroq bo’lib qoladi.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari umumiy 
talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan yana ikki omilni beradi. Bular: pul taklifi 
(M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Narxlar o’zgarmagan holda, pul 
massasining ko’payishi yoki pulning aylanish tezligining oshishi qisqa muddatda 
jami talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi, chunki bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi 
mavjud bo’lgan real pul zahiralarini hamda iste’molchilarning sotib olish 
qobiliyatini oshiradi.
Umumiy talabning narxga bog’liq bo’lmagan omillari ta’sirida AD egri 
chizig’i o’ngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum narx darajasiga mos keluvchi 
talab qilinayotgan milliy mahsulot xajmi o’zgaradi.
chizma. Umumiy talab egri
chizma. Umuchiy taklif  
egri chizig’idagi siljishlar chizig’idagi siljishlar  
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy 
daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular 
eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof 
eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri 
chizig’ining o’ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo’lgan holatlarda AD 
egri chizig’i chapga siljiydi.


19 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin