Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix10.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#95734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
yalpi talab va yalpi taklif ularning tarkibi va ularga ta\'sir qiluvchi omillar

P ↑→ M
d
↑ (M
s
 sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓  
Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni 
bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan 
moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib 
yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste’mol xarajatlari miqdorini 
qisqartiradi, ya’ni iste’molga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan, 
muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta 
avtomashina sotib olishi mumkin bo’ladi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina 
narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 
mln. so’m jamg’arish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq 
qismini jamg’aradi.
Iste’mol xarajati umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning 
kamayishi ADning pasayishiga olib ksladi.
P ↑→ Moliyaviy S ↓ aktivlarning
 
→ AD↓ real qiymati S ↑  


16 
Import xaridlari samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va 
xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda 
ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab hajmi kamayadi va o’z navbatida 
shu mamlakatda import mahsulotlarga bo’lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki 
narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki 
milliy mahsulotga talab hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi 
orqali umumiy talab hajmiga ta’sir ko’rsatadi.
X↓  
P↑ Xn↓→ AD↓  
M↑  
Yuqorida ko’rib o’tilgan omillar jami talabning narx omillari deb ataladi. 
Bundan tashqari jami talabning narhlarga bog’liq bo’lmagan omillari ham mavjud. 
Bu omillardagi o’zgarishlar jami talabning miqdorida o’z aksini topadi va uning 
egri chizig’ini chapga yoki o’ngga siljitadi. Jami talabning narxlarga bog’liq 
bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin