Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar


Milliy mahsulotning real hajmi. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix10.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#95734
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
yalpi talab va yalpi taklif ularning tarkibi va ularga ta\'sir qiluvchi omillar

Milliy mahsulotning real hajmi. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar 
darajasi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. Narxlarning yuqori darajasi ishlab 
chiqaruvchilarga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va 
aksincha past narxlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. 
Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o’rtasida 
to’g’ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi narxlar o’sib borishi 
bilan o’sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig’i alohida 
tovar taklifi egri chizig’idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, 
ko’tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat. 
Bu umumiy taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan 
izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga 
kiritib yuboriladi.
Yalpi taklif egri chizig’idagi bu kesmalar qanday iqtisodiy vaziyatlarni aks 
ettiradi?
1. Keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi to’liq bandlik 
sharoitidagi milliy ishlab chiqarish hajmidan kamdir. Demak, gorizontal kesma 
iqtisodiet inqirozga uchragan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan 
sha-roitni ko’rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni narxlar darajasiga 
ta’sir ko’rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab 
chiqarish hajmi oshishi narxlar darajasi o’zgarmay qolgan sharoitda ro’y bsradi.
Narxlar darajasi  
  
R
R
АS
АD
Talab egri chiz
ig’i
Taklif egri chizig’i


27 
Real hajmi chizma. Jami taklif egri chizig’i. 
Yalpi talabning Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal 
qilishini xarakterlaydi. Umumiy talabni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: - 
iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to’liq band bo’lmagan sharoitda amal qiladi;
- narxlar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam 
ta’sirlanadi;
- real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va 
bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.
2. Vertikal yoki klassik kesma. Egri chiziq bo’yicha o’ngga surilishi natijasida 
ishlab chiqarishning mavjud hajmida iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitiga yoki 
ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko’ramiz. Iqtisodiyot egri 
chiziqning bu kesmasida o’zining ishlab chiqarish potentsiali darajasida bo’ladi. 
Bu shuni bildiradiki, narxlarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining 
oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to’liq quvvatda faoliyat ko’rsatayapti. 
To’liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga 
yuqoriroq narxlarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat 
qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish 
hajmini oshirishi, boshqalari uchun yo’qotishga olib keladi. Natijada bu 
mahsulotlar narxi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o’zgarmay 
qoladi.
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
P

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin