Optoyelektronika – elektronikaning bir bo‘limi bo‘lib, axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash jarayonlari yorug‘lik signallarini elektr signallarga aylantirish va aksinchaga asoslangan qurilmlarni nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi. Optoyelektronika elementlari bo‘lib fotodiod va yorug‘lik diodi hisoblanadilar.
Fotodiod deb bitta r-n o‘tishga ega bo‘lgan foto-elektr asbobga aytiladi. Fotodiod tashqi kuchlanishmanbaili (fotodiodli rejim), hamda tashqi kuchlanishmanbaisiz sxemalarga ulanishimumkin. Tashqi kuchlanishmanbai shunday ulanadiki, r-n o‘tish teskari siljigan bo‘lsin. Yorug‘lik tushurilmaganda diod orqali juda kichik “qorong‘ulik” ekstraktsiya toki I0oqib o‘tadi va u berilayotgan kuchlanishga bog‘liq bo‘lmaydi. n-baza sohasiga taqiqlangan zona kengligidan ancha katta bo‘lgan energiyali fotonlardan tashkil topgan yorug‘lik tushurilganda, elektron–kovak juftliklar generatsiyalanadi. Agar juftliklar o‘tishdan diffuziya uzunligidan oshmaydigan oraliqda hosil bo‘lsalar, yorug‘lik tasirida generatsiyalangan kovaklar o‘tishning elektrmaydoni tasirida ekstraktsiyalanadilar va teskari tok uning “qorong‘ulik” qiymatiga nisbatan ortadi. Yorug‘lik oqimi F qancha intensiv bo‘lsa, diod teskari toki IF qiymati shuncha katta bo‘ladi.
3.3 – rasmda turli yorug‘lik oqimi qiymatlaridagi fotodiod VAXsi keltirilgan. Yorug‘likning keng nurlanish chegaralarida fototok yorug‘lik oqimiga deyarli chiziqli bog‘liq bo‘ladi.
3.3 – rasm.
Proportsionallik koyeffitsiyenti bir nechamA/mm ni tashkil etadi va fotodiod sezgirligi deb ataladi. Fotodiod turli o‘lchash qurilmalarida yorug‘lik oqimini qabul qilgich, hamda optik – tolali aloqa liniyalarida qo‘llaniladi.
Fotodiod rejimidan tashqari fotodiodning ventil (fotovoltaik) rejimi keng qo‘llaniladi. Bu rejimda fotodiod tashqi kuchlanishmanbaiga ulanmasdan ishlaydi va quyosh energiyasini bevosita elektr signalga aylantirishga xizmat qiladi. Diod ventil rejimida nurlatilganda uning chiqishlarida ventil kuchlanish yuzaga keladi. Fotodiod bu holatda quyoshli aylantirgich deb ataladi. Bir biri bilan elektr jihatdan bog‘langan aylantirgich va batareyalar kosmik apparatlar va er usti qurilmalaridagi REAlarni taminlash uchun elektr energiyamanbai sifatida qo‘llanilishimumkin.