Issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasi Issiqlik almashinish jarayonlarida issiqlik bir muhitdan ikkinchisiga o’tadi. Ko’pincha issiqlik tashuvchi agentlar bir-biridan devor orqali (qurilma yoki quvurning devori va hokazo) ajratilgan bo’ladi. Harorati yuqori bo’lgan muhitdan harorati past bo’lgan muhitga biror devor orqali issiqlikning berilishi issiqlikning ochtishi deb ataladi. Bunda berilgan issiqlikning miqdori Q issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasi orqali topiladi:
(19.1)
bu yerda, K — issiqlik o’tkazish koeffitsienti; — issiq va sovuq muhit haroratlarining o’rtacha farqi; F — muhitlarni ajratuvchi devor yuzasi; — jarayonning davomiyligi. O’zluksiz ishlaydigan turg`un jarayonlar uchun (19.1) tenglamadan hisobga olinmaydi. U holda,
(19.2)
K ning qiymatini topish uchun issiq muhitdan sovuq muhitga tekis devor orqali issiqlikning ochtish jarayonini ko’rib chiqamiz (19.1-rasm).
Turg`un jarayonlar uchun birinchi muhit markazidan devorga berilgan, devordan ochtgan va devordan ikkinchi muhit markaziga berilgan issiqlikning miqdori o’zaro teng, ya’ni:
(19.3)
19.1-rasm. Issiq muhitdan sovuq muhitga tekis devor orqali issiqlik ochtish jarayonining sxemasi. bu erda, — harorati yuqori muhitdagi issiqlik berish koeffitsienti; — issiq muhit markazidagi harorat; — devor yuzasining issiqlik muhiti tomonidagi harorat; — devor materialining issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti; — devorning qalinligi;
— devor yuzasining sovuq muhit tomonidagi harorati; — harorat past muhitdagi issiqlik berish koeffitsienti; — sovuq muhit markazidagi harorat.
(19.3) ifodalardan quyidagilarni olish mumkin: (19.4)
(19.4) tenglamalarning chap va ochng tomonlarini o’zaro qochshamiz: (19.5)
Yoki (19.6)
(19.2) va (19.6) tenglamalarni o’zaro solishtirish natijasida tekis devor uchun quyidagi ifodalarni olish mumkin: (19.7)
yoki (19.8)
Issiqlik o’tkazish koeffitsientiga teskari bo’lgan qiymat issiqlik utishining termik qarshiligi deb yuritiladi. va qiymatlar issiqlik berishning termik qarshiliklarini, esa devorning termik qarshiligini ifodalaydi. Issiqlik o’tkazish koeffitsienti quyidagi o’lchov birligiga ega:
Shunday qilib, issiqlik o’tkazish koeffitsienti K harorati yuqori bo’lgan muhitdan harorati past bo’lgan muhitga vaqt birligi ichida ajratuvchi devorning 1 m2 yuzasidan muhitlar haroratlari farqi 1 gradus bo’lganda o’tkazilgan issiqlikning miqdorini bildiradi.
Ko’p qatlamli devordan issiqlik ochtish jarayonida har bir qatlamning termik qarshiliklari hisobga olinadi. Bu holda A" ning qiymati quyidagi tenglama bilan topiladi: (19.9)
bu yerda, i — qatlamning tartib soni; n — qatlamlar soni.
Kimyoviy texnologiyada ko’pincha issiqlik quvur yuzasi orqali o’tadi. Silindrsimon yuzadan issiqlik ochtishining sxemasi 19.2-rasmda ko’rsatilgan. Quvur ichida harorati bo’lgan issiq muhit bo’lib, undan issiqlik quvurning ichki yuzasiga beriladi ( ). Quvur tashqarisida harorati bo’lgan sovuq muhit bor. Quvur tashqi yuzasidan sovuq muhitga issiqlikning berilishi . bilan ifodalanadi. Quvurning balandligi L, ichki radiusini , tashqi radiusini esa . bilan belgilaymiz. Silindrsimon yuzadan o’tkazilgan issiqlik miqdori quyidagi tenglama orqali topiladi: (19.10)
ning qiymati esa ushbu tenglama bilan hisoblanadi:
(19.11)
issiqlik o’tkazishning chiziqli koeffitsienti deb ataladi. Agar K ning qiymati yuza birligiga nisbatan olinsa, ning qiymati quvur uzunligining birligiga nisbatan olinadi. Shu sababli o’lchov birligiga ega.
Qalin devorli silindrsimon yuzalarni, jumladan, katta qalinlikdagi izolyatsiya qatlami bilan qoplangan quvurlarni hisoblashdagina (19.10) va (19.11) tenglamalardan foydalaniladi. Yupqa devorli quvurlarni hisoblashda esa (19.2) va (19.7) tenglamalardan foydalanish mumkin.