Mavzu: yengil sanoat texnologik jarayonlarida issiqlik almashinish jarayonlari. Issiqlik almashinish qurilmalari. Umumiy tushunchalar. Oharlash va oqartirish jarayonlari issiqlik almashinish jarayonlari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə4/17
tarix21.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#133453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
quritish

Nazorat savollari

  1. Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari to’g’risida umumiy tushunchalar.

  2. Issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasi.

  3. Issiqlik o’tkazuvchanlik qanday amalga oshiriladi.

  4. Konvektiv issiqlik almashinishni tushintirib bering.

  5. Issiqlik nurlanishi nima.

MARUZA: ISITISH, SOVUTISH, KONVEKTSIYA.


RAJA:

  1. Konvektiv issiqlik almashinish.

  2. Nyuton qonuni.

  3. Stefan-Bolsman qonuni.

  4. Umumiy tushunchalar.

  5. Yuzali issiqlik almashgichlar.

  6. Aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar.

  7. Regenerativ issiqlik almashgichlar.



Konvektiv issiqlik almashinish.Suyuqlik yoki gazning harakati mobaynida konvektiv issiqlik almashinish yo’z beradi. Bunda issiqlikning tarqalishi bir yo’la konveksiya va issiqlik o’tkazuvchanlik usullari yordamida amalga oshadi. Konveksiya deyilganda suyuqlik yoki gaz makroskopik hajmlarning siljishi paytida issiqlikning haroratlari turlicha bo’lgan bir qismidan boshqa qismiga ochtishi tushuniladi. Konveksiya faqat harakat qilayotgan muhitda yo’z berishi mumkin, chunki bunda issiqlikning tarqalishi muhitning siljishi bilan bog`liqdir.
Suyuqlik yoki gaz oqimi va ularga tegib turgan jism yuzasi oralig`ida issiqlikning tarqalishi konvektiv issiqlik almashinish yoki issiqlikning berilishi deb ataladi. Harakatlanuvchi muhitdagi kon­vektiv issiqlik almashinishda haroratlarning o’zgarish sxemasi 19.4-rasmda berilgan. Suyuqlik muhiti ikki qatlamdan iborat bo’ladi: chegara qatlami va oqimning markazi. Qattiq jism yuzasidagi haroratni , oqim markazidagi haroratni , chegara qatlamning qalinligi bilan belgilaymiz.
Qattiq jism yuzasidan chegara qatlam orqali energiya issiqlik o’tkazuvchanlik yo’li bilan o’tadi. Chegara qatlamdan muhitning markaziga issiqlik asosan konveksiya orqali tarqaladi. Issiqlikning qattiq jism yuzasidan suyuqlik muhitga berilish jarayoniga oqimning harakat rejimi katta ta`sir ko’rsatadi.
Konveksiya ikki turga bo’linadi (tabiiy va majburiy). Suyuqlikning "issiq" va "sovuq" qismlaridagi zichliklar farqi ta`sirida tabiiy konveksiya yuzaga keladi. Majburiy konveksiya tashqi kuchlar (nasos, ventilyator, aralashtirgich) ta`sirida hosil bo’ladi.
Suyuqlik turbulent rejim bilan harakat qilganida issiqlik almashinish jarayoni ancha tez boradi, laminar rejimda esa sekin ketadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin