YETAKCHI SEPTAKKORDLARNING TURLARI VA ULARNING AYLANMALARI
Akkordlar engarmonizmi. Engarmonik akkordlar tengligining ikki turi. Akkordlarning musiqada qo’llanishi Musiqa amaliyotida akkordlar engarmonizmi ko’p uchraydi. Bunda akkordni hosil qilayotgan tovushlar majmuasining turlicha atalishi imkoniyati borligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Akkordlar engarmonizmi deb eshitilishi bir xil, lekin yozilishi va nomlanishi har xil bo’lgan akkordlarga aytiladi. Akkordlar engarmonizmi uning tarkibiga kiradigan alohida tovushlar va intervallarga asoslanadi.
Akkordlardagi engarmonik tenglikning ikki xil ko’rinishi mavjud:
Akkorddagi barcha tovushlar almashtiriladi, biroq, ularning interval tuzilishi o’zgarmaydi:
Akkorddagi barcha yoki alohida tovushlar engarmonik jihatdan almashtiriladi, biroq, tovushlarning interval tuzilishi o’zgarmaydi:
Har qanday musiqa uchtadan kam bo’lmagan tovushlar majmuasidan iborat bo’lsa, unda akkordlar hosil bo’ladi. Ularning musiqa amaliyotida muhim o’rni bor, chunki aynan akkordlar tovushlar harakatini muvofiqlashtiradi, bundan tashqari akkordlar bir-biri bilan ma’lum qonuniyatlar asosida bog’lanadi.
Tasviriy san’atda ranglarning xili va turlari ko’pligi qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, musiqada akkordlar, ya’ni ko’p ovozlikning turlicha variatsiyalari badiiy-musiqiy mazmunning yanada yorqinroq aks yettirilishini ta’minlaydi. Shu bois, musiqa asari keng musiqiy garmoniya elementlariga boy bo’lsa, ya’ni akkordlar, ko’p ovozlik imkoniyatlaridan keng foydalanilsa, musiqa asarining badiiy mazmunni ifodalash imkoniyatlari shunchalik kengayadi va ushbu musiqaning tinglovchisi mumkin qadar ko’proq musiqiy ifodani o’ziga qabul qiladi.
Akkord ko’pincha shunday tarzda ifodalanadiki, uning bir necha yoki barcha tovushlari birdaniga bir necha oktavada ijro etiladi. Bunday usul akkordning ikkilanishi deb aytiladi. Masalan:
Aksincha, akkord to’liqsiz ham bo’lishi mumkin. Uni aniqlash uchun tovushlarini xayolan to’ldirish lozim.