Mavzu: yetakchi septakkordlarning turlari va ularning aylanmalari. Reja: Septakkord. Dominantseptakkord va uning aylanmalari



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə1/5
tarix10.05.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#110794
  1   2   3   4   5
YETAKCHI SEPTAKKORDLARNING TURLARI VA ULARNING AYLANMALARI


MAVZU: YETAKCHI SEPTAKKORDLARNING TURLARI VA ULARNING AYLANMALARI.
REJA:
1.Septakkord.
2.Dominantseptakkord va uning aylanmalari
3.Akkordlar engarmonizmi.
4. Engarmonik akkordlar tengligining ikki turi.
5.Akkordlarning musiqada qo’llanishi

Tertsiya asosida joylashgan, to’rt tovushli akkordga septakkord deyiladi. Septakkordning ikki chetidagi tovushlar oralig’i septima intervalini hosil qilganligi uchun bu akkord septakkord nomini olgan.


Musiqada septakkord xilma-xil ko’rinishlarda qo’llaniladi. Major va garmonik minorning 5 – pog’onasidan tuzilgan septakkord eng ko’p tarqalgan septakkordlardan biridir. Bu akkord dominantseptakkord deyiladi.
Dominantseptakkord yuqori tomondan kichik tertsiya qo’shilgan major uchtovushligidan (kat.3 + kich.3 + kich.3) tuziladi. Dominantseptakkord tovushlari asosiy tovushdan boshlab sanalganda: prima (akkordning negizi), tertsiya, kvinta va septima (akkord cho’qqisi) lardan iborat bo’ladi. Dominantseptakkord quyidagi belgi bilan yoziladi: - D7

Dominantseptakkord 3 ta aylanmaga ega, bulardan birinchi aylanma - kvintsekstakkord (D6/5). Ikkinchi aylanma – tertskvartakkord (D4/3) va uchinchi aylanma – sekundakkord (D2) deb aytiladi.

Dominantseptakkord aylanmalarining nomi, akkordning eng pastki tovushi – negizidan cho’qqisiga qarab tuziladigan tovushlar intervallariga asoslanadi.
Biror tonallik yoki tovushdan dominantseptakkord yoki aylanmalarini tuzish uchun dastlab, akkordni tashkil qiluvchi intervallarning joylashishi va tuziladigan pog’onalarning kelish tartibini bilish zarur.
Dominantseptakkord (D7) – kat.3 + kich.3 + kich.3; 5 – pog’onadan;
Dominantkvintsekstakkord (D6/5) – kich.3+kich.3+kat.2; 7–pog’onadan;
Dominanttertskvartakkord (D4/3) – kich.3 + kich.2 + kat.3; 2 – pog’onadan;
Dominantsekundakkord (D2) – kat.2 + kat.3 + kich.3; 4 –pog’onadan tuziladi.

Dominantseptakkord noohangdosh akkordlarga kiradi. Uning tarkibida ikkita noohangdosh interval bor, bular kich.7 va kam.5 intervallaridir.

Dominantseptakkord kvintasiz, asosiy tovushi uchlantirilgan to’liq bo’lmagan tonika uchtovushligiga yechiladi: bunda 5, 7 va 2 – pog’onalar 1 – pog’onaga o’tadi, 4 – pog’ona esa 3 – pog’onaga o’tadi, 5 – pog’ona kvarta yuqoriga ko’chadi.

Кvintsekstakkord primasi juftlantirilgan, to’liq bo’lmagan tonika uchtovushligiga yechiladi: 7 va 2 – pog’onalar 1 – pog’onaga, 4 - pog’ona 3 – pog’onaga o’tadi, 5 – pog’ona o’z o’rnida qoladi.

Tertskvartakkord asosiy tovushi oktavaga juftlantirilgan, to’liq tonika uchtovushligiga yechiladi: 2- pog’ona 1 – pog’onaga, 4 – pog’ona 3 – pog’onaga o’tadi, 5 – pog’ona o’z o’rnida qoladi; 7 – pog’ona esa oktavaga juftlantirilgan 1- pog’onaga o’tadi.

Sekundakkord primasi juftlantirilgan tonika sekstakkordiga yechiladi: 6 – pog’onasi 3 – pog’onaga o’tadi, 5 – pog’ona o’z o’rnida qoladi, 7 va 2 – pog’onalar 1 – pog’onaga o’tadi:


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin