Mavzu: Yevropaning geografik o’rni ,chegaralari va siyosiy xaritasi Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o‘quvchilarga Yevropa mamlakatlari xo’jaligi va transporti haqida
tushuncha berish; darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
b) tarbiyaviy: O’quvchilarga insonparvarlik, hamdo’stlik va milliy g’oyalarni
singdirish, atrof muhitni sevishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlashni, tahlil qila bilishni rivojlantirish.yangi tushuncha va bilimlarni shakllantirish.
Darsda foydalaniladigan texnologiyalar:’’Zanjir”, “Aqliy hujum“, test savollari; “xaritadan top”, rasmli ma’lumotlar.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Texnik jihoz: Kompyuter, videoproyektor, ekran.
Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar, xarita
Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash. Kun yangiliklari tinglangach, darsning mavzusi, maqsadi bilan tanishtiriladi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Xalqaro iqtisodiy aloqalar 1-topshiriq. 12 ta o’quvchiga 1 dan 12 gacha bo’lgan raqamlar tarqatiladi. o’quvchi o’tgan mavzu bo’yicha ikkinchi raqamni olgan o’quvchiga savol beradi, 2-raqam egasi savolga javob beradi va 3-raqamni olgan o’quvchiga savol beradi. Shu zaylda davom etadi va oxirgi 12raqam egasi o’zidan oldingi 11-raqamni olgan o’quvchining savoliga javob beradi va o’zi esa 1-raqam egasiga savol beradi.
(Javob berishiga qarab 3, 4, 5 baholik kartochkalar bilan baholab boriladi).
2-topshiriq. Bunda 3 ta guruhga bittadan tushunchalar beriladi va unga qaysi guruh ko’proq ma’lumotlarni qog’ozga yozadilar. Buning uchun ularga 3 daqiqa beriladi.