Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi.
– davomli nazorat;
– joriy ko‘rik;
– davriy ko‘rik, tajriba va tekshirish;
– maxsus kuzatuv va ko‘rik.
Davomli nazorat – yo‘l va sun’iy inshoot nazoratchilari, Avtomobil yo‘l brigadiri yoki montyori tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rik davomida yo‘l holati, suv shaxobchalari va inshootning yong‘in xavfsizligiga alohida e’tibor berish lozim. Bundan tashqari, inshootni tozalash yo‘l va ko‘prik ustasining har bir ko‘rsatmasiga asosan birlamchi qarov asosida amalga oshiriladi.
Transport inshootlarida joriy ko‘rik – yo‘l brigadiri, yo‘l va ko‘prik ustalari tomonidan, yo‘lni joriy ta’mirlash yo‘riqnomasi asosida belgilangan vaqtda yo‘l masofasi boshlig‘i bilan birgalikda, har bir inshoot holatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Metall, temirbeton, beton va toshli ko‘prik va mo‘rilar ikki oyda bir, yog‘och ko‘prik va tonnellar kamida bir oyda bir marta ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Joriy ko‘rik asosida inshoot barcha element va bo‘limlarining umumiy holati davomli nazoratga olinadi. Joriy ko‘rik asosida inshootdagi nuqsonlar va ish hajmi aniqlanadi. Joriy ko‘rik natijalari yo‘l brigadiri va ustasi tomonidan – yo‘l va ko‘rsatma o‘tkazgichlarini, yo‘l va ko‘prik katta ustasi tomonidan – sun’iy inshootni tekshirish kitobiga yozib qo‘yiladi.
Transport inshootlarida davriy ko‘rik – bir yilda ikki marta Avtomobil yo‘l masofasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari rahbarligida ko‘prik, katta yo‘l ustasi va yo‘l ustasi ishtirokida kuz va bahorda katta suv oqimlaridan so‘ng amalga oshiriladi. Davriy ko‘rik muddati boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Ba’zi hollarda davriy ko‘rik yo‘l bo‘limi yoki boshqarma vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Davriy ko‘rik jarayonida sun’iy inshootning umumiy holati, ta’minot sifati, nosozliklar va ularning kelib chiqish sabablari aniqlanadi. Davriy ko‘rik natijalari sun’iy inshoot kitobiga qayd qilinadi. Jiddiy nosozlik mavjud bo‘lgan holda tegishli hisobot tuziladi va yo‘l xizmatiga yuboriladi.
Kuchsiz va nosoz inshootlar, shuningdek tajriba o‘tkazilayotgan konstruksiyalar ko‘proq maxsus reja va dastur asosida ko‘rikdan o‘tkaziladi. Maxsus nazorat tartibi katta va masuliyatli inshootlarda ularning holatidan va konstruksiyaning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.