Mavzu: Yoyda metallni ko’chirishni tadqiqot usullari va ko’chirishning asosiy shakllari. Reja



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/5
tarix03.04.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#92716
  1   2   3   4   5
Tadqiqot metodlari


Mavzu: Yoyda metallni ko’chirishni tadqiqot usullari va ko’chirishning asosiy shakllari.
Reja:

  1. Yoyda metallni ko’chirish to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

  2. Tadqiqot metodlari.

  3. Metallni payvandlash yoyida ko’chirish shakli.

  4. Yoyda amal qiluvchi kuchlar.



Yoyda metallni ko’chirish to’g’risida umumiy ma’lumotlar
Elektrodning eriyotgan metallni elektroddan asosan suyuq metall tomchilari ko’rinishida, va qisman bug‘ ko’rinishida payvandlash vannasiga ko’chadi. Yoyning yonish sharoitlaridan ko’chirilayotgan tomchilarning o’lchami xam kuchli darajada bog‘liq bo’ladi. Metallni ko’chirish jarayoniga quyidagi omillar ta‘sir ko’rsatadi:
1) Elektrod materiallari, yoy oralig‘idagi qoplamalar va gaz tarkibi.
2) Rejimning asosiy tashkil etuvchilari: elektrod diametri, tok kuchi, yoydagi kuchlanish, tokni turi qutblanganlik.
Elektrodni eritishda katta elektrodinamik kuchlar va metall bug‘larining reaktiv bosimi kuchlari vujudga kelib, ular tomchi xosil bo’lish jarayonlarini, tomchining elektroddan uzilishini va yoy oralig‘i orqali ko’chishini ancha qiyinlashtiradi. Yoyning yonishi jarayonida payvandlash rejimi asosiy parametrlarining ancha katta tebranishlari yuz beradi. Bu tebranishlar gazlarning yoy ustunidagi xarakati va metall tomchisining vujudga kelishi jarayonida tebranishlari bilan paydo bo’ladi. Bu tebranishlar juda qisqa vaqt oraliqlarida sodir bo’ladi. Masalan, yoy oraliqining qisqacha tutashuvlari bilan kechadigan metall tomchilarining ko’chishi payvand yoyining yonish sharoitlariga bog‘liq xolda sekundiga 5 dan 150 martagacha yuz beradi. Jarayonning bunday qisqa vaqtda sodir bo’lishi jarayonning ikir chikirlarini o’rganishini ancha murakkablashtiradi.


Tadqiqot metodlari
Svetograf yordamida payvandlashda qisqa tutashuvlar chastotasini tadqiq etish. E.O. Paton nomidagi IES da 1938 yilda svetograf deb ataluvchi asbob yordamida o’rganilgan. Asbobning ishlash g‘oyasi yorug‘likka sezgir qog‘ozga metallni ko’chirishda yoyning yonishi va uchishi momentlarini yozib olishdan iborat.

1-rasm.

Ostsillograf yordamida tadqiqot o’tkazish. Vaqt bo’yicha payvandlash rejimi (Jyoy Uyoy)elektr parametrlarining o’zgarishini ostsillograf yordamida yozish faqat, qisqa tutashuvlar chastotasini aniqlashgina emas, balki yoy orqali metallni ko’chirish jarayoni vujudga keltirgan bu parametrlarning tebranishlarini xam aniqlashga imkon beradi.






Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin