Mavzu: Yurak glikozidlari saqlaydigan dorivor o’simliklar va mahsulotlar


Saponinlarning gemolitik ko’rsatkich (indeks)ini aniqlash



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/61
tarix29.12.2021
ölçüsü1 Mb.
#48402
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
tarkibida yurak glikozidlari saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar va tarkibida saponinlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

Saponinlarning gemolitik ko’rsatkich (indeks)ini aniqlash 

 

Gemolitik  ko’rsatkich  (indeks)  deb,  fibrinsiz  qonning  2%  li  eritmasi  bilan  to’liq  gemoliz 

beradigan  saponinlarning  eng  kichik  miqdoriga  aytiladi.  Bu  ko’rsatkich  mahsulotning  birlik  mi-

qdoriga  nisbatan  ifodalanadi. 

Aniqlash  usuli.  Mahsulotdan  fiziologik  eritmada  1  yoki  2%  li  saponinlar  ajratmasi 

tayyorlanadi.  9  ta  probirkaga:  birinchi  probirkaga  0,1  ml,  ikkinchisiga  0,2  ml,  uchinchisiga  0,3 

ml  …  to’qqizinchisiga  esa  0,9  ml  tayyorlangan  ajratmadan  solinadi.  Har  bir  probirkadagi 

suyuqliq  hajmi  1  ml  ga  yetguniga  qadar  fiziologik  eritmadan  (osh  tuzining  0,85  %  li  eritmasi)  va 

fiziologik  eritmadagi  2%  li  fibrinsiz  qon  eritmasidan  1  ml  qo’shiladi.  Bunda  har  bir  probirkadagi 

suyuqlik  hajmi  2  ml  ga  yetdi.  Probirkadagi  suyuqlikni  sekin  aralashtirib,  24  soat  tinch  qo’yib 

qo’yiladi.  Ko’rsatilgan  muddat  o’tgandan  so’ng  to’liq  gemoliz  bergan  sanoninning  kam  koncen-

traciyali  aralashmasi  bo’lgan  probirka  topiladi.  So’ngra  saponinlarning  gemolitik  ko’rsatkichi 

quyidagi  formula  yordamida  aniqlanadi: 

 

                                



;

100


2

b

a

X

 

bunda:  X-saponinlarning  gemolitik  indeksi;  a-hisoblash  uchun  asos  qilib  olingan  probirkadagi 



tekshiriluvchi  ajratma  ml  miqdori;  v- tekshiriluvchi  ajratmaning  %  koncentraciyasi.   

Masalan:  birinchi,  ikkinchi  probirkadagi  aralashmalar  qizil  yoki  pushti  rangga  kirmasdan,  eri-

trocitlar  cho’kkan  bo’ladi.  Bu  esa  probirkadagi  aralashmalarda  gemoliz  bo’lmaganni  ko’rsatadi. 

Uchinchi  probirkada  probika  tagida  qisman  cho’kma  bo’lib  (chayqatilganda  loyqa  hosil 

boo’ladi),  aralashma  pushti  rangga  kirgan,  ya’ni  aralashmada  qisman  (to’liq  emas)  gemoliz 

bo’lgan.  To’rtinchi  probirkada  esa  (chayqatilganda  loyqalanmaydi)  aralashma  tiniq  rangda 

bo’lib,  ana  shu  to’tinchi  probirkadagi  aralashma  to’liq  gemolizga  uchragan  bo’ladi.  5,6,7,8  va  9 

probirkalarda  ham  to’liq  gemoliz  bo’ladi.  Saponin  ko’rsatkichini  hisoblab  topishda  4  probirka 

asos  qilib  olinadi.  Chunki  bu  probirkadagi  saponinlar  koncentraciyasi  5,6,7,8  va  9  probirkalard-

agi  saponinlar  koncentraciyasiga  nisbatan  kam  hamda  3,2  va  1  probirkadagi  aralashmalarga  nis-

batan  4 probirkadagi  qon eritrocitlari  to’liq  gemolizga  uchragan. 

 

To’tinchi  probirkadagi  suyuqlikning  hajmi  2  ml;  probirkada  0,4  ml  tekshiriluvchi 



ajratma  bor. Tekshiriluvchi  ajratma  1% li  qilib  tayyorlangan. 

 

Demak,  saponinning  gemolitik  indeksi   




 

 

                  



500

1

4



,

0

100



2

X

 яъни 1:500 

 

Saponinlarning  turli  qonlar  bilan  beradigan  gemolitik  indeksi  har  hil  bo’ladi. 



Shuning  uchun  gemolitik  indeksni  aniqlashda  soat  12  da  olingan  va  fibrindan  ajratilgan  sog’lom 

qo’y  qonining  2%  li  eritmasi  ishlatiladi.  Agar  qo’y  qoni  bo’lmasa,  u  holda  qo’y  qoni  bilan 

turg’un  gemolitik  indeksga  (1:25000)  ega  bo’lgan  toza  saponinning  tahlilga  olingan  qon 

bo’yicha  gemolitik  indeksi  topiladi,  so’ngra  shu  qonning  qo’y  qoniga  nisbatan  koefficienti 

aniqlanadi.  Masalan:  qo’y  qoni  bilan  1:25000  li  gemolitik  indeksga  ega  bo’lgan  toza  saponining 

tajribada  it  qoni  bilan  bergan  gemolitik  indeksi  1:50000  ga  teng  bo’lsin.  U  holda  it  qonining  qo’y 

qoniga  nisbatan  koefficienti 

                                                    

2

25000


:

1

50000



:

1

К

 

 

 



bo’ladi.    Shunday  qilib,  it  qoni  bilan  topilgan  gemolitik  indeksni  2  ga  bo’linsa,  indeks  qo’y  qoni 

bilan  jlingan  gemolitik  indeksga  aylanadi.  Yuqorida  ko’rsatilgan  tajribada  it  qoni  bo’yicha  topil-

gan  va  1:500  ga  teng  bo’lgan  gemolitik  indeks  qo’y  qoni  bo’yicha  ifodalansa:  =1:250  ga  teng 

bo’ladi.   

 

 


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin