Yurak sohasini ko‘zdan kechirish yurak uchi zarbini aniqlashdan boshlanadi. Yurak uchining zarbi me’yorda ko‘zga ko‘rinmasligi mumkin, lekin ko‘krak qafasi astenik shaklda bo‘lgan ozg‘in odamlarda bu zarb, odatda, beshinchi qovurg‘a orasidagi ritmik pulsatsiya ko‘rinishida sezilib turadi. Chap qorincha muskullari gipertrofiyalanganda bu qisqarishlar ancha sezilarli bo‘ladi va kattaroq maydonni egallaydi.
Puls
Puls (lotin. pulsus—turtki) — tomir urishi. Yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi kengayib-torayishi. Arterial venoz va kapillar puls tafavut etiladi. Odatda, bilak arteriyasi sohasida paypaslab bilinadigan arterial puls eng katta amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun tekshiruvchining bilagini, bilak- kaft usti bo‘g‘ini sohasini qo‘l bilan shunday ushlash kerakki, bosh barmoq bilakning ichki tomonida, boshqa barmoqlar esa uning yuzasidagi pulslanuvchi bilak arteriyasining paypaslantiruvchi terisini bosadigan bo‘lsin