Mavzu: Yurak qon – tomir kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari. Semiotika. So’rab surishtirish: asosiy shikoyatlari. Patogenezi. Ko’zdan kechirish



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə2/16
tarix05.01.2022
ölçüsü1,96 Mb.
#51010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
юрак семиотика

Bemorlarning shikoyatlari

Yurak-qon tomirlar kasalliklaridagi asosiy shikoyatlar jumlasiga yurak sohasida va to‘sh orqasida og‘riq sezish, hansirash, yurak o‘ynashi, yurak ishining to‘xtab-to‘xtab qolishi, yo‘talish, qon tuflash, badanga shish kelishi kiradi.

Og‘riq

Og‘riq sezgisi bosh miya po‘stlog‘ida shakllanib, keyin periferiyada aks etadi. Og‘riq lo‘qillovchi, sanchuvchi, kesuvchi, lovullatuvchi, simillovchi, timdalovchi, gohida esa kuchli xurujsimon bo‘ladi. Yurak sohasidagi og‘riqlar bir necha sekunddan bir necha soatgacha, hatto kunlab davom etadi. Og‘riqlar to‘xtab- to‘xtab, gohida esa doimiy bo‘ladi. Yurak sohasidagi og‘riq ko‘krak qafasining chap tomonida yoki to‘sh orqasida bo‘ladi. Og‘riq birdan yoki asta-sekin boshlanadi. Og‘riq bir lahzada o‘tib ketishi ham mumkin. Og‘riq ko‘pincha yurak sohasidan tashqari chap qo‘lga, chap yelkaga, bo‘yin sohasiga, chap kurak ostiga, ba’zan o‘ng qo‘lga ham beradi. Miokard infarkti kasalligining qorin turida esa (abdominal turida) me’daosti sohasi, qorin atroflarida og‘riq paydo bo‘ladi. Yurak sohasida og‘riq ko‘pincha yurak hamda boshqa organlar kasallanganda ham uchraydi.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin