Shishlar Yurak yetishmovchiligida shishlar, odatda, yumshoq bo‘ladi — barmoq bilan bosilganda chuqurcha qoladi. Uzoq vaqtdan buyon mavjud shishlar qattiqroq bo‘ladi. Shishgan teri qon bilan yetarlicha ta’minlanmaydi, uning harorati past bo‘ladi, teri silliq, yaltiroq infeksiyaga qarshilik qobiliyati pasaygan bo‘ladi. Teriosti yog‘ kletchatkasidan tashqari, shish ichki organlarda — jigar, o‘pka, me’da va boshqa organlarda rivojlanib, ularning funksiyasi buziladi. Shish suyuqligi qorin bo‘shlig‘ida — assit, ko‘krak bo‘shlig‘ida — gidrotoraks, yurak xaltasi bo‘shlig‘ida — gidroperikard nomini olgan holda vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |