Mavzu: Yurak qon – tomir kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari. Semiotika. So’rab surishtirish: asosiy shikoyatlari. Patogenezi. Ko’zdan kechirish



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə16/16
tarix05.01.2022
ölçüsü1,96 Mb.
#51010
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
юрак семиотика

Perkussiya.

Perkussiya. Yurak sohasiga urib ko‘rish yo‘li bilan hosil qilinadigan tovushning xarakteriga qarab, nisbiy va mutlaq yurak o‘tmasligini aniqlab, uning haqiqiy chegarasini topish mumkin.

Perkussiya

Nisbiy yurak o‘tmasligi yurakning haqiqiy chegarasiga to‘g‘ri keladi. Yurak nisbiy o‘tmasligining normal chegaralari quyida- gilardir; o‘ng chegarasi, to‘shning o‘ng qirrasidan 0,5—1 sm narida III qovurg‘aning yuqori qirrasi oldida yurak chegarasi biroz ichkariga qiyshayib, to‘shning o‘ng qirrasi bo‘ylab birinchi qovurg‘a oralig‘igacha boradi. Yurakning chap chegarasi uchinchi qovurg‘a oralig‘ida parasternal chiziqni kesib o‘tkazadi va tashqariga bo‘rtgan ravoq hosil qilib, beshinchi qovurg‘a oralig‘igacha tushadi.

Perkussiya

Mutlaq yurak o‘tmasligi chegaralari sekin perkussiya qilish usuli bilan aniqlanadi. Sog‘lom odamda mutlaq o‘tmaslikning o‘ng chegarasi to‘sh chap qirrasidan boshlab avvaliga IV qovurg‘a tog‘ayining pastki qirrasi, so‘ng ravoq hosil qilib chap chegaraga o‘tadi. Chap chegara tashqariga tomon pastga tushib, chap parasterial chiziq bo‘ylab yoki uning orasi va o‘rta o‘mrov bo‘ylab beshinchi qovurg‘a orasiga yetib boradi hamda jigar o‘tmasligi chegarasiga o‘tadi. Mutlaq yurak o‘tmasligi yurak qanchalik o‘pka bilan yopilganini ko‘rsatadi. Bu o‘tmaslikning hajmi yurakning kattaligiga ham, o‘pka qirralarining holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yurak surilganda hamda u kattalashganda mutlaq va nisbiy chegaralar o‘tmasligi o‘zgaradi. Ba’zan yurak ko‘krak qafasining o‘ng tomonida joylashadi — dekstrakardiya (dekstra — o‘ng, kar — yurak).

Perkussiya


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin