Zaminlagich o’rnatiladigan gruntning solishtirma qarshiligini o’lchash uchun to’rt qoziqli usul qo’llanadi (4.7-rasm ). qoziqlar temir tayoqchalar ko’rinishida bo’lib,diametri 50 mm, uzunligi 2.5 m ni tashkil qiladi va yerga qoqiladi.qlchash MS-08 asbobi bilan bajariladi va gruntning solishtirma qarshiligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
r = 2p *a*R, Om*m
Bu yerda: R - o’lchov asbobining ko’rsatgan qiymati (om) va a - qoziqlar orasidagi masofa (m).qoziqlarni o’lchash asbobiga ulash 4.7-rasmda keltirilgan
Xulosa Demak mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihatsalomatligi va ish qobili-yatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida koʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariyagigiyena, davolash-profilaktika choratadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl koʻymaslik kabilar Mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi. Zaminlagichlar ham har bir elektr toki bilan bog’liq tadbirlarni xavfsiz tashkil etishda va o’tkazishda juda muhim ahamiyatga ega. OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ush-bu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq choratadbirlar OʻzR ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993 yil 6 may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Zaminlagichlar elektr qurilmalarning korpuslariga va boshqa tok o`tkazmaydigan qismlariga bevosita tegib ketishida tok urish xavfidan himoya qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Dolin P.A. «Osnovi texniki bezopasnosti v elektroustanovkax». Energiya, 1979 g
«Elektr qurilmalariga xizmat ko`rsatishda ekspluatatsiya qilish qoidalari va xavfsizlik texnikasi qoidalari» Toshkent, 2004 y.
3.K.Z. Ushakov. Oxrana truda. Uchebnik. M. : Nedra, 1986. 623 s.
4.K.Z. Ushakov. Bezopasnost’ vedeniya gornix rabot i gornospasatel’noe delo. Uchebnik. M. MGGU 2002. 487 s.