|
Kompyuter tizimlarini tashkil etishMavzu Zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi, apparat va dasturiy-fayllar.org
Ushbu rasmda bitta markaziy protsessor va ikkita kiritish/chiqarish qurilmasidan tashkil topgan kompyuter sxemasi tasvirlangan Shina
Ushbu rasmda barcha komponentlar shina orqali bog`langanini ko`rishimiz mumkin.
Shina – bu parallel bog`langan o`tkazgichlar to`plami bo`lib, u orqali adreslar, ma`lumotlar va boshqaruv signallari o`tkaziladi.
Shinalar ichki va tashqi bo`lishi mumkin:
Tashqi shinalar protsessorni xotira va kiritish/chiqarish qurilmalari bilan bog`laydi.
Zamonaviy kompyuterlar bir qancha shinalardan foydalanadi.
Protsessor Protsessor bir nechta qismlardan tashkil topadi:
Boshqaruv bloke buyruqlarni xotiradan chaqirish va ularning tiplarini aniqlash uchun xizmat qiladi;
Arifmetik-mantiqiy qurilma arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun xizmat qiladi;
Markaziy protsessor oraliq ma`lumotlarni va bir nechta boshqaruv dasturlarini saqlash uchun uncha katta bulmagan xotirani o`z ichiga oladi;
Bu xotira moduli bir nechta registrlardan tashkil topgan, ularning har biri o`z vazifasiga ega.
Registrlar
Odatda registrlarning o`lchamlari bir xil;
Registrlarga yozish va o`qish juda tez amalga oshiriladi, buning sababi ular markaziy protsessorning ichida joylashganligidir;
Eng asosiy registr bu – buyruqlar hisoblagichidir, u qaysi buyruq bajarilishi kerakligini (oldindan) ko`rsatadi.
Bu registr odatda hech qanday hisoblashni amalga oshirmaydi, buyruqlar hisoblagichi nomi noto`g`ri qo`yilganiga qaramasdan butun dunyoda shu nom bilan ataladi;
Komandalar registri esa hozirgi vaqtda qaysi komanda bajarilayotganini ko`rsatadi.
Ko`plab kompyuterlar boshqa turli registrlarni ishlatishadi. Ulrni bir qismi ko`p vazifali va bir qismi aniq vazifaga mo`ljallangan bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|