Yuqorida sanab o`tilgan qadamlar (tanlash – dekodlash - bajarish) barcha kompyuterlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Markaziy protsessorning ishlashini (qadamlar) dastur ko`rinishida tasvirlash mumkin.
Tasvirlanayotgan kompyuterda ikkita registr mavjud: keyingi buyruqlar manziliga ega bo`lgan buyruqlar hisoblagichi (PC) va arifmetik amallarning natijalari saqlanuvchi akkumulyator (AC).
Bundan tashqari ichki registrlar ham mavjud bo`lib, ularda: jotiy buyruq (instr), joriy buyruqning tipi (instr_type), buyruq operandining manzili (data_loc) va operandning o`zi (data) saqlanadi.
Ma`lum bir vazifani bajarish uchun berilgan buyruqlar ketma-ketligi dastur deb ataladi.
Kompyuterning har bir elektron sxemasi cheklangan sondagi sodda buyruqlarni qabul qiladi va bajaradi.
Barcha dasturlar bajarilishidan oldin qiyin bo`lmagan buyruqlar ketma-ketligiga o`giriladi.
Bunday buyruqlar ketma-ketligi to`plami inson va mashina o`rtasida muloqotni ta`minlay oladigan dasturlarni hosil qiladi.
Buyruqlar ketma-ketligi asosiga qurilgan bunday til – mashina tili deb ataladi.
Ishlab chiqaruvchi yangi kompyuterni yaratayotganda kompyuterni qo`llash sohasi va maqsadiga qarab ushbu kompyuterning mashina tiliga qaysi buyruqlarni bajarilish kerakligini kiritadi.