Mavzu: Zamonaviy o‘quv texnik vositalari



Yüklə 21,45 Kb.
səhifə1/2
tarix02.10.2023
ölçüsü21,45 Kb.
#151465
  1   2

Mavzu: Zamonaviy o‘quv texnik vositalari

Reja:


  1. Zamonaviy o‘quv texnik vositalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish.

  2. Ta’limda innovatsion metod va zamonaviy o‘quv texnik vositalaridan foydalanish.

  3. Zamonaviy o‘quv texnika vositalarining ta’lim jarayonida tutgan o‘rni.


Zamonaviy o‘quv texnik vositalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish.

Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doiralari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, informatika bo‘yicha keng ko`lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatika aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo‘lishi hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini, uning ertangi kuni, rivoji to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Zamonaviy hisoblash texnikalari va informatsion texnologiyaning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatizatsiyalashib borishi sababli uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo‘yicha bir qator o‘quv fanlari kiritilgan.


XX asr o`1rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalar o‘ylab topildi. Ko`pgina masalalarni xal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylanadi hamda bu axborotlarni yig‘ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo`lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonlarini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxassislarni kompyutyerda ishlashga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
AKT o‘quvchilarni rag‘batlantiradi va ularning qiziqishini oshiradi.
AKT o‘quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko‘mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o‘quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. AKT XXI asrning yangi ta’lim berish vositasidir.
AKT o‘rganish va o‘qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
AKT o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi uchun ularga o‘z fanlari bo‘yicha o‘qitishning yangi usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni qo‘llashga, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish va yangi ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
AKT o‘z resurslaridan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi.
AKT o`quv jarayonini oqilona boshqarish va nazorat qilish orqali vaqtni hamda mablag‘ni tejaydi. AKT darslarga tayyorgarlik jarayonini qisqartiradi va o‘qish jarayonini o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda ko‘ngilochar qiladi.
AKT moslanuvchandir.
AKT turli yoshdagi o‘quvchilar, turli darajadagi o‘qituvchilar uchun moslashtirilishi mumkin hamda ta’lim jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun ko‘makdir.
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo‘lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan kamrab olinmagan biror muhim xo‘jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) tasavvur qilish qiyin. Ayni payda hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotni to‘plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib xalq xo‘jaligini axborotlashtirish kelajakka qadam qo‘yish demakdir.
Kompyuterlarda keng qo‘llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko‘rib chiqamiz.


Yüklə 21,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin