2. Jismoniy tarbiya tashkiliy va sport tashkilotlarning xarajatlarining moliyalashtirilishning holati taxlili
Sport klublar, yaxshi sport kompleksiga ega bo’lgan jamoalar va yangidan tashkil qilingan tijorat, savdo va ishlab chiqarish korxonalari pullik xizmatlar evaziga sog’lomlashtirish tadbirlari, ijara xizmati va boshqa yo’llar bilan moliyaviy manbalarni boyitmoqda. Bu ish uslublari tobora keng tarmoq otmoqda. Bunda tadbirkorlik faoliyatlar ancha samaralar bermoqda. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida‖gi qonunida aholiga pullik xizmatlar ko’rsatish faoliyatlari huquqiy asoslab berilgan. Jismoniy tarbiya –sog’lomlashtirish xizmatlarining turli xillari mavjud bo’lib, ular orqali jismoniy taribya va sport sohasida tadbirkorlik ishlarini tashkil qilish mumkin: - sport turlaridan mashg’ulotlarni tashkil qilish; - sog’lomlashtirish guruhlarini tashkil qilish; - jismoniy sifatlarni tarbiyalash va sport malakalariga o’rgatish bo’yicha maxsus guruhlar tashkil qilish; - ayrim shug’ullanuvchilar bilan individual mashg’ulotlar o’tish; - sport tadbirlari va sport bayramlarini o’tkazish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar berish; - davolash gimnastikasi mashg’ulotlarini va massaj xizmatlarini tashkil qilish; - sport bazalarini ijaraga berish;
- sport attraksionlari, stol tennisi va boshqa o’yinlar uchun sharoitlar yaratish;
- sport jihozlari va sport kiyimlarini ijaraga berish;
- sport tadbirlari va musobaqalarini tashkil qilish;
- jamoalar, shaxslar va oilalarga jismoniy mashg’ulotlardan keyin dam olish joylarini tayyorlash;
- sport jihozlari, trenajyorlarni ta‘mirlash bo’yicha xizmatlarni yo’lga qo’yish.
Respublikada jismoniy tarbiya va sport ishlarini moliyalashtirishning aniq manbalari va turlari «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunda aniq belgilangan. Undan quyidagi iboralarni keltirish mumkin: «Jismoniy tarbiya va sportni mablag’ bilan ta‘minlash respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar, kasaba uyushmalarning mablag’lari, a‘zolik badallari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar ihtiyoriy ravishda beradigan mablag’lar, tomoshabop sport tadbirlari va sport lotoreyasi o’yinlari o’tkazishda, aholiga xizmatlar ko’rsatishdan keladigan tushumlar, uy-joylardan foydalanish tashkilotlarining ajratmalari va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiriladi» 6 (12-modda). qonunning shu moddasida yana shunday aniq ko’rsatmalar mavjud.
Ya‘ni jismoniy tarbiya va sport sohasi respublika byudjetida alohida moddada aks ettiriladi. Pul bilan ta‘minlash hajmlarini aholi jismoniy tarbiyasi va ommaviy sportni mablag’ bilan ta‘minlash oliy toifadagi sportchilarni tayyorlashga mablag’ ajratishga nisbatan ustun ekanligini xisobga olgan holda Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari belgilaydi. Bu jihatlar yangi tahrirdagi qonunda yanada sayqallashtirilgan. Ta‘kidlash zarurki, so’nggi yillarda O’zbekistonda jismoniy tarbiya harakatiga sarflanayotgan Davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining mablag’larini o’rganish, ularni hisob-kitob qilish va ilg’or tajribalarni hayotga singdirish masalalari etuk iqtisodchi olimlar tomonidan o’rganilgan. Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport soxasiga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag’larning miqdori yanada oshdi. Davlat byudjetidan ajratilgan pullar quyidagilarga sarflanishi mo’ljallanadi:
.Sport inshootlarini qurish va ularni ta‘mirlash.
2.Sport tashkilotlari xodimlarini moddiy ta‘minlash (ish xaqi).
3.Jismoniy tarbiya o’quv yurtlari va sport maktablarini saqlash.
4.Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish.
5.Sport musobaqalarini o’tkazish, xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish.
6.Sport buyumlarini ishlab chiqarish. O’quv yurtlariga ega bo’lgan vazirliklar, qo’mitalar va boshqa davlat tasarrufidagi tashkilotlar jismoniy tarbiya va sport ishlariga yuqorida qayd etilgandek pul ajratadi va sarflaydi. Sport tashkilotlari va ularning boshlang„ich jamoalarida smeta tuzish tartiblari. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlarining turli bosqichlarida sport sohasida xo’jaliklarni yuritish, sport inshootlari va buyumlarini ijaraga berish, pullik xizmatlarni tashkil qilish, tijorat ishlarini yuritishni davr taqozo etmoqda. Bunday tadbirlarni tashkil qilish, tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda mamlakatimizdagi «Bunyodkor», «Yoshlik», «Paxtakor», «Navbahor», «So’g’diyona», «Neftchi» va boshqa ko’pgina klublar katta faoliyat ko’rsatmoqda. Ular barcha faoliyatlarini pul bilan ta‘minlashda to’la imkoniyatlarga egadir. Ya‘ni o’z-o’zini ta‘minlash xo’jalik hisobidagi jamoalardan hisoblanadi. Bunday ish tajribalari xozirgi kunda ham ma‘lum darajada keng qo’llanilmoqda. Masalan, Futbol federatsiyasi, Boks federatsiyasi, O’zbek kurash assotsiatsiyasi va boshqalarga davlat tashkiloti rahbarlari boshchilik qiladilar. Boshqarish va moliyalashtirishning bunday usullari katta va ommaviy sportning rivojlanishiga hissa qo’shishi turgan gap. Yoqorida davlat byudjeti to’g’risida fikrlar bildirildi. Byudjet bu maxsus moliyaviy hujjat bo’lib, kelgan daromadlarning yig’indisi va uni sarflash tartibidir. Bu qonuniy, huquqiy, moliyaviy xujjat kasaba uyushmalari, konsernlar, assotsiatsiyalar, turli uyushmalarda ham mavjud. Bunday byudjetlarda boshqa sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportga ajratilgan mablag’lar aniq belgilanadi. Bunday idoralar va tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sportga ajratadigan pul mablag’lari,
O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksida bevosita talqin qilingan. Respublika kasaba uyushmalari «O’zbekiston» sport jamiyati, «Dinamo», «Yoshlik», «Talaba», «Vatanparvar» sport jamiyatlarining o’z byudjetlari mavjud. Ular o’z xazinalarini quyidagi manbalardan to’ldiradi:
1. Jamiyat a‘zoligi badallari.
2. Pullik xizmatlar, jamg’armalar hamda homiylarning ajratmasi.
3. Tijoratdan tushumlar. Byudjetdagi mablag’lar quyidagi sohalarga sarflanadi:
1. Sport va o’yin maydonlarini qurish, ta‘mirlash.
2. Sport buyumlari va jihozlarini xarid qilish.
3. Sport musobaqalari va ommaviy sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish.
4. Murabbiylar va xo’jalik xodimlari hamda rahbarlarga ish haqi berish.
5. O’quv mashg’ulotlari, yig’inlar tashkil qilish. Bu harajatlar maxsus moliyaviy hujjat smeta orqali amalga oshirilada. Smeta tashkilotlar va jamiyatlarning ish sohasiga qarab turli xil moddalardan tuzilgan bo’lishi mumkin. Respublika, viloyatlar va tumanlardagi «Yoshlik», sport jamiyati va ularning quyi jamolarida smeta tuziladi va uning asosiy moddalari jismoniy tarbiya va sport ishlari quyidagicha belgilanadi: O’quv-sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, ish haqi, sport inshootlarida xo’jalik faoliyatlari, kapital qurilish va ta‘mirlash ishlari, sport jihozlarini harid qilish va hokazolar. Sog’lomashtirish guruhlari va boshqa pullik xizmat ko’rsatish faoliyatlarida sportklublar yoki tashkilot xodimlari hokimiyatlar, moliya idoralari bilan shartnomalar tuzishi va shu asosda tegishli to’lovlarni berishlari shart. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sport jihozlarini sotib olish masalalari qanchalik qiyini bo’lmasin, uning ba‘zi bir tartib va qoidalarini bilish ma‘quldir.
1. Imkoniyati bor jamoalar qonuniy ravishda tegishli jihozlarni naqd pulga sotib olish.
2. Savdo tashkilotlari bilan kelishgan holda pul o’tkazish perechislenie yo’li bilan jihozlarni xarid qilish. Xarid qilishni ikkala shaklida ham rasmiy hujjatlar talabdagidek bo’lishi kerak. Pul o’tkazish yo’li bilan xarid qilinganda qo’yidagilarga amal qilinadi:
1. Harid qilinadigan jihozlar ro’yxatini aniqlash va unga beriladigan pullarni aniq belgilash.
2. Savdo do’konlariga yozma xat bilan murojaat qilib, zarur jihozlar uchun shartnoma tuzish va hisob-faktura qog’ozini olish.
3. Hisob-faktura orqali bankdan pulni do’konga o’tkazish.
4. Ishonch xati bilan do’kondan jihozlarni olib kelish. Yana shuni ham bilish lozimki, jihozlarning turlariga temir, yog’och, rezina, jun, charm, sintetika, trikotaj va hokazolar qarab, ularning yaroqlilik muddatlari belgilangan. O’sha muddatlar tugagach, buyumlar hisobdan chiqariladi. Bunda jamoa rahbariyati maxsus komissiya tuzib, bu ishni amalga oshiradi akt tuziladi. Jismoniy tarbiya va sport ishlarini moliyaviy ta‘minlash masalalari sohalarga qarab ko’p tarmoqli va hisoblanadi. Shu sababdan ham rahbariyat, yoki mutaxassislar, talabalar moliyalashtirishning hozirgi davrdagi tartib qoidalarini yaxshi bilishlari, ilg’or tajribalarni chuqur o’zlashtirib uni takomillashtirish yo’llaridan borishlari maqsadga muvofiqdir. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat idoralari va jamoat tashkilotlari avvaldan mavjud bo’lib, ularning tizimlari ham hozirgi sharoitlar asosida faoliyat ko’rsatib bormoqda. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat idoralari tizimida bosh vazifani bajaruvchi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi hisoblanadi. Shuningdek, o’quv yurtlari va boshqa tarbiyaviy muassasalarda ham jismoniy tarbiya va sport ishlari 216 ma‘sul vazirliklar, qo’mitalar, kompaniyalar, korporatsiyalar va hokazolar tomonidan amalga oshiriladi. Bu, o’z navbatida, davlat tizimini tashkil etadi. Turli sport jamiyatlari, ularning quyi tarmoqlari hamda Milliy Olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha uyushmalar (federatsiyalar), assotsiatsiyalar va hokazolar esa jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning jamoat tizimlari hisoblanadi. Bu ikki yo’nalishdagi asosiy tizimlarda o’z-o’zini moliyaviy ta‘minlash maqsadida xo’jalik yuritish, pullik xizmat va homiylik sohalari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda olib borilayotgan turli islohotlar, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining yangi bosqichlar sari qadam qo’yishida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning yangi shakl va mazmunlari yuzaga kelmoqda. Bu jihatlar sport jamoalari, sport-klublari, sport inshootlari, sog’lomlashtirish markazlari va shunga o’xshash sohalardagi murabbiylar, rahbarlarning faoliyatiga ma‘lum darajada mos kelishi mumkin. Shu sababdan mamlakatmizda savdo, tijorat, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni chetga chiqaruvchi muassasalar, ishlab chiqarish jamoalarining ish tajribalarini chuqur o’rganish zaruriyati tug’iladi. Jismoniy tarbiya va sport xalq xo’jaligida mustaqil tarmoq sifatida mavjuddir va ma‘lum darajada davlat hamda jamoat tashkilotlariga moddiyma‘naviy mahsulot beradi. Bularni quyidagi faoliyatlarda ko’rish mumkin.
1. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, ishchi va xizmatchilarning salomatligini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish.
2. Sport inshootlari, sport markazlarida sog’lomlashtirish guruhlari, pullik musobaqalar (chipta bilan kirish), ijaraga berish va hokazolar orqali moddiy-texnik ta‘minotlar.
3. Xalqaro sport musobaqalari, Olimpiya o’yinlari va boshqa yirik tadbirlarni o’tkazish bilan ommaviy axborot vositalari, teleradio tarmoqlari orqali moddiy mablag’larning kirimi.
4. Etakchi va iqtidorli sportchilar, murabbiylar, ilmiy xodimlarning horijiy mamlakatlar bilan shartnomalar (kontrakt) tuzish yo’li bilan keladigan daromadlar va hokazolar. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi, Milliy Olimpiya qo’mitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar, idoralarning rasmiy qarorlari hamda Nizomlari asosida sport rahbarlari va sportchilarning horijiy mamlakatlarga chiqishi, ular bilan shartnomalar tuzishi va boshqa faoliyatlar qonunlashtirilgan. O’zbekistonda etuk sportchilar, ularning murabbiylarini, ayniqsa, jahon va Olimpiya o’yinlari g’oliblarini taqdirlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya qilish yaxshi yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, uning tarmoqlaridagi moliyaviy faoliyatlar davlat yo’li bilan bajariladi. Turli sport jamiyatlari, uyushmalar, assotsiatsiyalar, sportklublar o’z jamg’armalarini innovatsion yo’l bilan amalga oshiradi. Ya‘ni shaxslar, yuridik shaxslar, tashkilotlar, muassasalar, ishlab chiqaruvchi sport korxonalari, pulli xizmat ko’rsatuvchi sport inshootlari, sog’lomlashtirish markazlari o’z jamg’armalarini yangi yo’nalishga atab innovatsion tashkilotlarda (muassasa, bank) saqlaydi va ularni maqsadga qaratilgan sohalarda ishlatadi.
Sport jamoalarining sport inshootlarini imkoniyat darajasida ijaraga berish, pullik xizmatlar ko’rsatish kabi faoliyatlarni yangi talab darajasiga chiqarishlari maqsadga muvofiqdir. Iqtisodi taraqqiy etgan davlatlarda soliqlar tizimi dolzarb masala hisoblanadi. Jahon tajribasida asosiy soliq imtiyozlari quyidagilar:
- soliq kreditlari
- yangi uskunalarning qisman bahosi foydaga qo’yilgan soliqdan ayirib tashlanadi;
- soliq skidkalari - amortizatsiya hisobiga foydaga quyiladigan soliqlarni kamaytirish;
- soliq subsidiyalari
- uskunalarni bahosini hisobdan chiqarishda soliq to’lovlaridan ayirib tashlash.
O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport soxasi bo’yicha ham soliq imtiyozlari belgilangan. Daromad solig’i quyidagi miqdorda kamaytiriladi:
- jismoniy tarbiya va sportga yo’naltirilgan mablag’lar soliqning 1% dan oshmagan miqdorda;
- futbolning rivojlanishiga va futbol klublarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlanishi uchun to’langan mablag’lar daromad solig’ining 5% dan oshmagan miqdori. Ushbu jihatlar sport jamiyatlarining klublari, federatsiyalari, sport inshootlari, sog’lomlashtirish markazlari faoliyatlarida ishlab chiqarish, pullik xizmat (sog’lomlashtirish guruhlari, sport musobaqalari, ijaralar va hokazolardan tushgan pul mablag’i) kabi ish turlarida mavjuddir. Ya‘ni har bir jamoa o’zining xazinasini boyitish yo’lida turli xil harakatlarni amalga oshiradi.
Bu o’z navbatida, sportklublar, jamoalar, uyushmalar, komandalarning ish faoliyatini ta‘minlash, ularga ijtimoiy-mehnat, ish haqlarini o’z vaqtida to’lab turishda eng zarur va qulay omillardan hisobalandi. Bu faoliyatlar, o’z navbatida, moliya organlari (bank) tartib-qoidalari asosida amalga oshiriladi. Tabiiyki, bundan bank ham manfaatdor (ma‘lum foizni olish huquqi). Bundan tashqari, sport tashkilotlari, jismoniy tarbiya va sport bilan aloqador vazirliklar, kasaba uyushmalari federatsiyalari ham jismoniy tarbiya va sportga davlat hamda jamoatchilik yo’llari bilan ajratiladigan mablag’lari (dotatsiya) mavjud. Ular ham maxsus davlat hujjatlari, moliya organlarining ko’rsatmalari (instruksiya) orqali amalga oshiriladi.
Xullas, jismoniy tarbiya va sportni boshqarishdagi tadbirkorlik faoliyatlarining negizida mablag’larni jamg’arish va ularni zarur ehtiyojlarga ishlatish yo’lidagi innovatsion tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan bevosita shug’ullanuvchilar, sport jamoalari, sport inshootlari, sport tadbirlarini o’tkazish va boshqa ko’pgina faoliyatlarni o’z zimmasiga muvofiqlashtirish sport tashkilotlari va jamiyatlari uchun ularning hokimiyatchiligini bildiradi.
Barcha tabaqa, soha va tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport harakatiga rahbarlik qilish hokimiyatchilik demakdir. Jismoniy tarbiya va sport harakatining asosiy hokimiyati ularning rasmiy sport jamiyatlari tizimi hisoblanadi. Ular bevosita mutasaddi davlat idoralari bilan uzviy bog’liq holda, o’zlari mustaqil tarzda faoliyat ko’rsatadi. Bu jihatlar quyidagi manbalarni tashkil etadi:
- sport jamiyatining Nizomi;
-sport musobaqalarining kalendar rejasi va Nizomlari;
- sport musobaqalari qoidalari;
- sport klassifikatsiyasi;
-sport sohasidagi mutaxassislar (murabbiylar);
- sport inshootlari;
- innovatsion faoliyatlar, banklardagi moliyaviy holatlar;
- boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslari qo’llanmalar, yo’l-yo’riqlar (instruksiya).
Dostları ilə paylaş: |