Zamonaviy sharoitda ijtimoiy tarbiya va sport tashkilotlar xarajatlarini (2)
1. Jismoniy tarbiya tashkiliy va sport tashkilotlarning iqtisodiy mazmun mohiyati Jamoat birlashmalarining pul mablag’lari, agar ustavda ko’zda tutilgan bo’lsa, birlashmaga kirish va a‘zolik badallarini to’lashdan; ixtiyoriy ravishda o’tkazilgan pul va xayriyalardan; ustavga muvofiq o’tkazilgan leksiyalar, ko’rgazmalar, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlar, lotereyalar tushumlaridan, ishlab chiqarish, xo’jalik va noshirlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan tashkil topadi. Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni ko’zlovchi ommaviy harakatlarning chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlar hamda chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlardan, nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi ko’rsatilgan shaxslardan moliyaviy va o’zgacha moddiy yordam olishi man etiladi. Bunday yordam olingan taqdirda mazkur mablag’lar qaytarilishi, qaytarish imkoniyati bo’lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o’tkazilishi lozim. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalar o’z byudjetlarini ommaning e‘tibori uchun har yili e‘lon qiladilar. Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. Ittifoqlarning va ularga kiruvchi birlashmalarning ana shu ittifoq va unga qo’shilgan birlashmalarga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etishga doir vakolatlari jamoat birlashmalari ittifoqlarining ustavlarida belgilab qo’yiladi.
Jamoat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini ta‘sis etishga hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonunlarga muvofiq noshirlik faoliyati bilan shug’ullanishga haqlidirlar. Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablag’ bilan ta‘minlash va ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablag’ miqdorini va soliqlar to’g’risidagi qonunlarga muvofiq soliq to’lanishini nazorat qilib boradilar. Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari nazorat qilib boradilar. Jamoat birlashmasi ustavini ro’yxatga olgan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli ustav qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Ro’yxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari o’tkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun o’z vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi ustaviga rioya qilish bilan bog’liq masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi a‘zolaridan va boshqa fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir. Jamoat birlashmalari to’g’risidagi Qonunni buzish amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, ma‘muriy, moddiy yoki o’zga javobgarlikka sabab bo’ladi.
Jamoat birlashmalari to’g’risidagi Qonunni buzganlik uchun bu ishda aybdor bo’lgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar bo’ladilar. Jamoat birlashmasi, shu jumladan o’z ustavini ro’yxatdan o’tkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari to’g’risidagi qonunni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar bo’ladi. Jamoat birlashmasi uning ustavida belgilab qo’yilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini ro’yxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin.
Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 2, 3, 4-qismi va 18- moddasining to’rtinchi qismida ko’zda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi to’rtinchi qismida ko’zda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun sud uni tugatishi mumkin. Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin.
Xalqaro jamoat birlashmalari, uning bo’linmalari, filiallari, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari O’zbekiston Respublikasi prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Bosh Davlat soliq boshqarmasining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish to’g’risida qarori ustidan shikoyat qilinmaydi. Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli viloyat, Toshkent shahar sudlari tomonidan tugatiladi.
Bunda sudning qarori ustidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Jamoat birlashmalari O’zbekiston Respublikasi qonunlariga va o’z ustavlariga muvofiq xalqaro jamoat (nohukumat) birlashmalariga qo’shilishi, bevosita xalqaro aloqalar o’rnatishlari, tegishli bitimlar tuzishlari mumkin. Agar O’zbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining faoliyati ustavga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida va bitta yoki undan ko’proq xorijiy davlat hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat birlashmasi deb e‘tirof etiladi. Basharti, chet elda tuzilgan xalqaro jamoat birlashmasi tarkibiga respublika jamoat birlashmasi kollektiv a‘zo sifatida kirsa, respublika jamoat birlashmasining ustaviga muvofiq ro’yxatga olinishi kerak.
O’z faoliyatini xorijiy davlat hududida ham amalga oshiradigan jamoat birlashmasi zarur o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilgan ustavini qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. Tinchlikni mustahkamlashni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni, insonparvarlik faoliyatining o’zga turlarini maqsad qilib qo’ygan jamoat birlashmalari qonunda belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. Xorijiy davlatlar jamoat birlashmalarining O’zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bo’limlari (filiallari va boshqa tarkibiy bo’linmalari) faoliyatiga nisbatan qo’llanadi. O’z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro’yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiytexnikaviy, madaniy-ma‘rifiy, jismoniy tarbiya sport va boshqa ko’ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e‘tirof etiladi. Tijorat maqsadlarini ko’zlaydigan yoxud boshqa korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga ko’maklashadigan kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga, shuningdek tashkil etish va faoliyat ko’rsatish tartibi boshqa Qonun hujjatlari bilan belgilanadigan o’zga organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O’zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari to’g’risidagi qonunlari jamoat birlashmalarining huquqiy holati asoslarini belgilab beradi, Qoraqalpog’iston Respublikasining jamoat birlashmalari to’g’risidagi Qonunidan, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo’ladi. Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni ro’yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish, aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma‘rifiy, jismoniy tarbiyasog’lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish;
tabiatni, madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi;
respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o’rtasida tinchlik va do’stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Moliyalashtirish tushunchasi bepul resurslarini hosil etish, ularni jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlardan iborat Jismoniy tarbiya va sportda taqsimlash vazifasi ikki darajada amalga oshiriladi. Birlamchi taqsimlash tashkilot, korxona va muassasalar ichida yuz beradi. Ikkilamchi taqsimlash korxona, tashkilotlar va davlat o’rtasida yuz beradi. Bunda davlat soliqlar va soliqdan tashqari majburiy to’lovlar vositasida korxona mablag’ining bir qismini o’z ixtiyoriga olib uni qayta taqsimlaydi. Jismoniy tarbiya va sport soxasida rag’batlantirish vazifasi moliya vositasida iqtisodiy faollikni qo’llab quvvatlashdan iborat. Buning uchun soliqlardan silov beriladi. Buning natijasida sportning ko’pgina soxalariga beriladigan moliyaviy ko’mak, olingan foydaning 1%dan oshmagan miqdorda soliqlardan ozod qilinadi, futbol soxasida esa bu ko’rsatkich 5% miqdorida.
Respublikadagi bozor iqtisodiyoti munosabatlari va isloxotlarining barcha bosqischlari xamda davrlarida jismoniy tarbiya va sportni moliyalashtirish, moddiy-texnik jihatdan ta‘minlash masalalari o’ziga xos xususiyatlar asosida amalga oshirilmoqda. Davlat byudjeti va ta‘minoti jismoniy tarbiya va sport ishlariga ancha cheklangan holda ajratilmoqda. Bu jihatlar sport tashkilotlari va jamiyatning xo’jalikni yuritish, pullik xizmatlar (ijara, tijorat, sport inshootlarida sog’lomlashtirish guruhlari, pullik musobaqalar va x.k.) faoliyatlarini yuritishni talab etadi. Bunday faoliyatlar o’zini-o’zi moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta‘minlashdek bugungi kunda odatiy tusga aylandi.
O’zbekiston Vazirlar Maxkamasining tadbirkorlik, tijorat ishlarini kengaytirish va ularga ma‘lum imtiyozlar berish xaqidagi qarorlarida ishlab chiqarish korxonalari, savdo, tijorat va shaxsiy xo’jaliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini yaxshilash faoliyatida homiylikka keng o’rin berilmoqda. Bu jihatlar O’zbekistonning demokratik davlat qurishdagi ilk faoliyatlarining namunalaridan biridir. O’zbekiston mustaqilligi sharoitida yuqorida qayd etilgan soxalarni rivojlantirish, ayniqsa, sog’lom avlodni tarbiyalab etishtirish ishlariga alohida e‘tibor berilmoqda.
Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Jizzax, Andijon va boshqa shaharlarda tennis kortlarining qurilishi, sportchilarning Osiyo o’yinlari va boshqa Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlari, oliy o’quv yurtlari yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, aholi o’rtasida milliy xalq o’yinlarini o’tkazish va shunga o’xshash juda ko’p e‘tiborga loyiq tadbirlarni tilga olish mumkin. Maktabgacha bolalar muassasalari, barcha turdagi o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar, aholi turar joylari va dam olish maskanlarida ommaviy sog’lomlashtirish va sport ishlarini tashkil qilishga sarflanayotgan moddiy mablag’lar bevosita davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, xayriya jamg’armalari, xomiylar va ayrim shaxslar tomonidan berilayotgan moddiy mablag’lar bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonlari ma‘naviyma‘rifiy va milliy madaniyatning rivojlanishi aholi o’rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini yanada rivojlantirishni taqazo etadi. Bu jarayonlar, eng birinchi navbatda, moddiy-texnik bazani takomillashtirish, ixtisosli xodimlar tayyorlash va ularning amaliy malakalarini oshirish, bu faoliyatlar bilan bog’liq moddiy manbaalarni ko’rib chiqish, ularni talab va ehtiyoj darajasida xal etish eng murakkab va dolzarb muammodir.
Xalqaro sport harakatida O’zbekistonning obro’yini oshirish, buning uchun talab etiladigan barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilish esa o’ta muhim vazifadir. Bu vazifalarni hal etishda Respublika xukumati, ayniqsa Prezidentimiz tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada Respublikamiz sportchilari jahon sport maydonidagi mavqelarini tabora oshira borib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Xirosimada (Yaponiya) o’tkazilgan XII Osiyo o’yinlari (1994 yil) yakunlari, Koreya, Parij, Moskva va boshqa shaharlarda o’tkazilgan rasmiy xalqaro musobaqalar, Toshkent, Samarqand, Termez, Namangan, Farg’ona va boshqa shaharlarda o’tkazilayotgan xalqaro turnirlar, o’rtoqlik uchrashuvlari, Toshkent, Olma-ota, Bishkek va boshqa shaharlarda tashkil qilinayotgan Markaziy Osiyo o’yinlari bularning dalilidir. Ma‘lumki, bu ulkan tadbirlarni tashkil qilishning o’zi bo’lmaydi. Juda katta tayyorgarlik, tashkiliy ishlar tarkibida ulkan moliyaviy xarajatlar ham yotadi.
Bu masalalarni hal etishda maxsus iqtisodiy bilimlar, zamonaviy ish tajribalari, menejment, marketing, tadbirkorlik kabi faoliyatlarni o’zlashtirish har bir rahbar xodim va mutaxassisdan talab etiladi. Keyingi yillarda sport tashkilotlari va ularning quyi jamoalarida foaliyatlarni moddiy-texnik jixatdan tashkil qilish va boshqarishda katta tajribalar vujudga keldi. Bunda Turkiya, Koreya, Yaponiya va boshqa yirik horijiy mamlakatlarning ish tajribalari ancha qo’l kelmoqda. O’zbekistonning bozor iqtisodiyoti islohotlari davrida jismoniy tarbiya va sport ishlarini moddiy-texnik jihatdan ta‘minlash masalalari turli-tuman shakllarda amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport ishlari Vazirligi, turli vazirliklar orqali o’quv jarayonlarni ta‘minlash davlat tomonidan amalga oshirilmoqda. O’quvchi-yoshlar va sportchilarning sport mashg’ulotlari, musobaqalari bilan bog’liq faoliyatlar esa xo’jalikni boshqarish va o’ziga-o’zi xizmat qilish yo’llaridan kelgan moliyaviy manbalar hisobiga bo’lmoqda.
Sport inshootlarini ta‘mirlash va yangidan qurish masalalari ham xuddi shu hisoblardan, shuningdek, turli jamg’armalar, homiylar, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarning ko’magida hal etilmoqda. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun va O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ba‘zi bir imtiyozlar aholining ommaviy sog’lomlashtirish va sport tadbirlarini tashkil qilishda xizmat qilmoqda. Yana davlat va jamoat tashkilotlarining moddiy manbalari maktabgacha bolalar muassasalari, nogironlar, faxriylar, mehnatga yaroqsiz kishilar qaramog’ida bo’lgan bolalar, kam ta‘minlangan oilalar va shunga o’xshash tomonlarga sarf etilmoqda.