Mavzu: Zamonaviy sharoitda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish Reja: Kirish 1. Jismoniy tarbiya tashkiliy va sport tashkilotlarning iqtisodiy mazmun mohiyati
2. Jismoniy tarbiya tashkiliy va sport tashkilotlarning xarajatlarining moliyalashtirilishning holati taxlili
3. Zamonaviy sharoitda ijtimoiy tarbiya va sport tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirish istiqbollari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internatlari, sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktabinternatlari, sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktablari, sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, xususiy sport klublari, sport inshootlari, sport sog’lomlashtirish tashkilotlari (klublari), sport agentlik tashkilotlari, Milliy Olimpiya qo’mitasi va uning tegishli bo’limlari, sport federatsiyalari va assotsiyasiyalari, xususiy sport tashkilotlari va Sport erkin iqtisodiy zonalarida sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, tadbirkorlar hamda Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanini mustaqil ravishda o’rganayotganlar uchun ham ushbu darslik foydadan holi bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi Farmonida belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarida bevosita uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish masalalari belgilab berilgan1.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar qatoriga faqatgina iqtisodiy omillarning o’zi bilan qo’shilib bo’lmasligi barchaga ayon. Bu borada boshqa jihatlarning ahamiyati ham behad kattadir. Jamiyatda yangi qadriyatlar tizimini shakllantirishda kishilarning ruhiyatini o’zgartirish, ularda islohotlarning talabiga mos keladigan tafakkur tarzini shakllantirish nihoyatda muhim.
Agar odamlarning ongida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatiga ishonch ruhi paydo bo’lmasa – yangicha tafakkurni shakllantirishning iloji yo’q. Zotan Vataniga sodiq, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, axborot-innovatsion texnologiyalardan boxabar bo’lgan ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash hammma davrlarda ham davlat va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi dolzarb omillardan biri bo’lib kelgan.
Insonning shaxs sifatida shakllanib borishida ta‘lim-tarbiya hamda innovatsion ilmiy-tadqiqotlar negizida vujudga keladigan ko’nikmalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. O’zbekistonda ushbu tizim doirasida bugungi kunga qadar bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Ta‘lim to’g’risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi soha rivojida dadil qadamlardan biri bo’lib xizmat kilmoqda.