Mavzu: Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish Mundarija Kirish Reja: 1.Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning nazariy asoslari.
2. Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning amaliyoti taxlili.
3.Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishni takomillashtirish.
4.O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-2023 yil uchun sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish,moliyalashtirish va qurish uchun imzolagan qarori.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH Kurs ishining mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Ma'lumki, ta'lim har bir jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatni rivojlantirishning yuksak ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ijtimoiy tajribaning bog‘lovchi bo‘g‘ini sifatida u madaniy an'analar butunligi va vorisiyligini hamda jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi o‘z rivojlanishida tub burilish davrini boshidan kechirmoqda. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda bir xil huquqlarga ega ekanligi belgilab qo’yilgan. Mamlakatimizda so`nggi yillarda ta`lim tizimiga alohida hukumat darajasida e`tibor qaratilib, uning rivoji yo`lida davlat Budjeti va Budjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan katta mablag’ ajratilib, keng miqyosli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2019-yilda ta`lim-tarbiya sohasida 380 ta umumta`lim maktabi hamda 161 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseyni rekonstruksiya qilish va kapital 4 ta`mirlash uchun 410 milliard so`mdan ziyod mablag’ yo`naltirildi” 1 . Bugungi kunda davlat Budjeti xarajatlari tarkibida ta`lim xarajatlari salmog’i jihatdan birinchi o`rinda turishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida ta`lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish hamda moliyalashtirish tartibini takomillashtirish zaruriyati.
O’zbekiston xalq ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan muassasalar xisobot ma'lumotlari tanlandi. Bunda ta'lim tizimini mablag‘ bilan ta'minlash jarayonlari bilan batafsil tanishib chiqildi, bundan tashqari oxirgi yillar davomida ta'lim tizimiga davlat Budjetidan ajratilgan mablag‘lar, ularni Budjetdan tashqari topgan daromadlari bo‘yicha taxlil amalga oshirildi hamda ularni ko‘paytirish yo‘llari o‘rganib chiqildi.