2.Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning amaliyoti taxlili. Sport maktablari xarajatlari davlat Budjetining ta'lim xarajatlari tarkibida asosiy o‘rinni egallaydi. Mahalliy Budjetlarning o‘rtacha hisobidaSport maktablariga yo‘nalitiriladigan xarajatlar salmog‘i 60-70 foizini tashkil etadi.Sport maktablari xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga ajratiladi. Joriy xarajatlargaSport maktablarini saqlash xarajatlari kiritilib, ular 3 ta guruh bo‘yicha rejalashtiriladi.Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirishda asosiy ko‘rsatkichlardan, o‘quvchilar soni va sinflar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.Sport muassasalari xarajatlarini rejalashtirishda o‘quvchilar kontingenti, sinflar soni, pedagogik stavkalar va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Asosiy ko‘rsatkichlar bir kalendar yilga o‘rtacha hisobda hisoblanadi, o‘quv yili esa kalendar - moliya yiliga to‘g‘ri kelmaydi. O‘rtacha yillik ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning kontingentini va uning o‘quv yili boshidan o‘zgarishini hisoblashga imkon beradi. O‘rtacha yillik ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun o‘quvchilarning moliya yili boshidagi va oxiridagi soni olinadi. Sinflar soni 1-4, 5-9 sinflar guruhlari bo‘yicha va o‘quvchilarning umumiy soniga hamda sinflarning to‘liqligi, ya'ni bitta sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar soniga bog‘liq belgilanadi. Maktablar, sinflar va o‘quvchilar soni 1 yanvar va 1 sentyabr holatiga aniqlanadi. O‘quvchilarning va sinflarning 1 yanvar holatidagi soni joriy yilning oxirigacha ularning o‘zgarishlarini hisobga olgan holda oxirgi hisobot sanasi holati bo‘yicha qabul qilinadi.
2.1.rasm.Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish taxlili
Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlarini rejalashtirish «Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015 yil 25 noyabrdagi PQ-227-son Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Budjetdan mablag‘ bilan ta'minlanadigan yoki aralash moliyalashtiriladigan xalq ta'limi muassasalari pedagog xodimlari va rahbarlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi.Sport muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariSport muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi. Bazaviy tarif stavkasi Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif stavkasini hamda tarif stavkasiga belgilangan doimiy ustamalarni, pedagog va rahbar xodimlarning ayrim toifalar ish haqiga qo‘shilgan kompensatsiya to‘lovlarini, xodimlarga belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi.Sport muassasasi pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari xodimning lavozimiga hamda xodimning malaka toifasiga,Sport muassasasining tipiga bog‘liq ravishda tabaqalashtiriladi.
Xalq ta'limi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi.Sport muassasalarigaSport maktablari hamda barcha tip va nomdagi maktab - internatlar kiradi. Xalq ta'limi tizimi xodimlari mehnatining ish haqi bazaviy tarif stavkasini hamda ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim tizimi tobora yangilanib bormoqda, tez o‘zgarayotgan, murakkablashib borayotgan olamda qo‘yilayotgan zamonaviy talablar asosida faoliyat ko‘rsatishga to‘g‘ri kelmoqda. Ayni paytda ta'lim tizimida rahbarlikning ish uslublari, boshqaruv madaniyati va buning natijasida sifat o‘zgarishlari uchun imkoniyatlar yaratuvchi pedagogik, boshqaruv yangiliklari paydo bo‘lmoqda. Bularning barchasi ta'limni va uning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan sifatini boshqarish masalalarining yechilishi murakkablashuviga olib keladi va bu esa muammoni hal qilishning zamonaviy asoslangan usullariga ehtiyoj tug‘diradi.
Albatta, bu o‘zgarishlar maktab rahbarlaridan juda keng ko‘lamda tashkilotchilik, yaratuvchanlik boshqaruv menejmentini egallaganlikni talab etadi. Shu ma'noda maktab direktorining o‘rni va mas'uliyati juda kattadir. Rahbarlikning lug‘aviy ma'nosi ham, zaruriy xislatlarni avvalo o‘zida shakllantirib, so‘ngra o‘z faoliyatida shu xislatlarni namoyon qilish orqali jamoaga o‘rnak ko‘rsatib, 54 belgilangan maqsadni amalga oshirishga jamoani jalb etishni bildiradi. Chunki jamoa birinchi galda rahbarlik salohiyatini, uning ma'naviyati, yuksak madaniyati va xalqparvarligi bilan o‘lchaydi. Shu bois rahbar kadrlarni tanlash, ularni malaka oshirish kurslarida muayyan boshqaruv tayyorgarligidan o‘tkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yetakchi rahbar maktabda xodimlarga kelajak bilan bog‘liq o‘z tasavvurini ifoda etib, ularga yangiliklarga o‘rganish va o‘zgarishlar jarayonini o‘tib ketishiga ularni ilhomlantirib hamda ishchilarda ishtiyoq uyg‘otib, ishlashga yordam beradi. Rahbarlar o‘zlari o‘z maqsadlarini belgilaydilar va ularni insonlarda ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishda qo‘llaydilar. Rahbar maqsadga kelajak haqida tasavvurlar va unga erishish yo‘llarini, ikir-chikirlari va kundalik narsalarga ortiqcha e'tibor qaratmasdan ishlab chiqish orqali erishadilar. Rahbar o‘ziga tobe bo‘lganlar bilan munosabatni o‘zaro ishonch asosida quradilar, ularni ilhomlantiradilar va qo‘llab-quvvatlaydilar. Maktabda qanday ish yuritishni belgilaydigan 2 ta kuch bor: Madaniyat va muhit. Har bir tashkilotning o‘z madaniyati bo‘ladi. Bunga asos solganlar, oldingi va hozirgi kundagi yetakchi rahbarlar, inqirozlar, hodisalar tarixi va o‘lchami. Bular o‘z navbatida qadriyatlar, an'analarga ta'sir qilib shakllantirgan. Muhit bu-muassasa a'zolarining shaxsiy va o‘zaro munosabati va qabul qilishidir. Madaniyat muassasaning ildizlariga borib taqaladigan, uzoq vaqt davomida shakllanib kelgan tizimlar, qoidalar va an'analardan iborat bo‘lsa, muhit qisqa muddatda ayni paytdagi rahbar tomonidan o‘rnatilgan jarayondir.
Aynan mana shu jarayonni muvaffaqiyatli muhitga aylantirish uchun rahbar boshqaruv madaniyatiga ega bo‘lishi lozimdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari maktab ta’limi Jamg’armasini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2014 yil 7 iyun 263-son Qarori bilanSport maktablari tomonidan Vazirlar Mahkamasining "Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish 55 to’g’risida" 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarori21ga muvofiq tashkil etilgan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armalari mablag’laridan Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun foydalanishga ruxsat etildi. Maktab ta’limini moliyalashtirish manbalari asosan davlat va nodavlat mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi .
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktab mebeli va sport anjomlariga qo’yiladigan yagona talablar, shuningdek davlat ta’lim standartlari bilan o’zaro bog’langanSport maktablarini mebel va o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash normativlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi F1910-son farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2015-2019 yillardaSport maktablarini mebel, zamonaviy o’quvlaboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash dasturi ishlab chiqildi va ma’qullandi.Sport maktablarini mebel, zamonaviy o’quv-laboratoriya asbobuskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash dasturini moliyalashtirish manbalari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi: - Budjetdan tashqari Maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasi, - O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, - yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag’lari, - belgilangan tartibda ajratiladigan xorijiy kreditlar va grantlar. Amaldagi budjet xarajatlari funksional tasnifiga ko’ra ta’lim shakllari moliyalashtirish nuqtai nazaridan ikkita katta bo’limga bo’lingan bo’lib: - Umumiy ta’lim - maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim va xalq ta’limi tizimi infrastrukturasini o’z ichiga oladi. - o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi - o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash hamda kadrlar tayyorlash tizimi infrastrukturasini o’z ichiga oladi. Ba’zi xalq ta’limi muassasalarini respublika budjetidan moliyalashtirilishiga quyidagi ob’ektiv sabablar mavjud: - Muassasalar respublikada ma’lum bir sohalar bo’yicha iqtidorli bolalarga ta’lim berish bilan shug’ullanadi. Jumladan, Oliy ta’lim muassasalari butun respublika uchun mutaxassislar tayyorlagani uchun to’liq respublika budjetidan moliyalashtiriladi. - muassasalarning xarajatlari o’quv jarayonidan kelib chiqqan holda 57 juda katta va ularni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning imkoniyatlari etmasligi mumkin. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi harbiy yo’nalishdagi maxsus maktablar. - muassasalar respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari qoshida ochilgan. Bunga misol qilib deyarli barcha oliy ta’lim muassasalari qoshida ochilgan gimnaziya, lisey va lisey-internatlarini aytishimiz mumkin. Shu bilan birga respublika budjetidan barchaSport tizimi uchun amalga oshiriladigan xarajatlar moliyalashtiriladi. Bu xarajatlarga: - umuta’lim maktablarini bitiruvchilari uchun shahodatnomalar harid qilish; - barchaSport maktablariga hisob va hisobotlarni yuritishga kerak bo’lgan turli blankalar va shakllar (masalan sinf jurnallari) sotib olishga; - respublika miqiyosida o’tkaziladigan turli tadbirlar (respublika olimpiadalari, ko’rik-tanlovlari va boshqalar) uchun xarajatlari kiradi. Direktor jamg‘armasidan o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar va sinfdan tashqari ishlar olib borilishining yuksak darajasi uchun malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 15 % gacha miqdorda, kasb mahorati va ta'lim jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa yuqori samaradorlik va o‘qitish sifati uchun tegishli malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 25 % gacha miqdorda har oylik ustama belgilanadi. Direktor jamg‘armasiSport muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 % idan ortiq bo‘lmagan miqdorida davlat Budjeti mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi. Bundan tashqari pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkasiga sinf rahbarligi uchun - eng kam oylik ish haqining 100 foizi, daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun - eng kam oylik ish haqining 50 foizi qo‘shimcha to‘lanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha haqlar ushbu qo‘shimcha haqni moliyalashtirish uchun maxsus ajratiladigan Budjet mablag‘laridan to‘lanadi. 58Sport muassasalarida o‘qituvchilarning mehnatini normallashtirishda yillik ish rejasi o‘quv, tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti sarfi ko‘rsatilgan holda ularning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchilarning yillik ish rejasi choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlangan bir yildagi soatlar miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadiSport muassasalari o‘qituvchilar ish haqilari Xalq ta'limi vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006 yil 5 yanvardagi №03, № 01/23 sonli birgalikdagi bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumta'lim muassasalari o‘qituvchilar ish haqini hisoblash va tarifikatsiyalash tartibi bo‘yicha metodik ko‘rsatmasiga muvofiq o‘qituvchilar tarifikatsiyasi har yili 1 sentyabr holati bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi hamda Moliya Vazirligi 2005 yildan boshlab Investitsiya dasturida Maktab ta'limini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hajmlardaSport maktablarini qurish va mukammal rekonstruksiya qilish uchun jamg‘arma mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan resurslarni nazarda tutgan. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 2005 yildan boshlab va keyingi yillarda Davlat Budjeti parametrlarida Maktab ta'limini rivojlantirish dasturiga muvofiq tadbirlarni bajarishga zarur mablag‘larni, ushbu maqsadlar uchun jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar, grantlar va homiylik mablag‘larini hisobga olgan holda, alohida satrda nazarda tutilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligidagi Jamg‘armaning maxsus hisob raqamlaridan Maktab ta'limini rivojlantirish dasturini - amalga oshirish bo‘yicha har yili tasdiqlanadigan xarajatlar bashoratidan kelib chiqib quyi Budjetlarga maqsadli subvensiyalarga; - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi Jamg‘armaning maxsus hisob raqamlaridan: namunaviy loyihalardan foydalanilgan holda loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda faqat tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurishni, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlashni moliyalashtirishga; maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlashga; partalar va maktab mebellari sotib olishga;
maktablarni sport anjomlari bilan jihozlashga; quyi Budjetlarga maqsadli subvensiyalarga; - tumanlar va shaharlardagi jamg‘armaning maxsus hisob raqamlaridanSport maktablarini joriy ta'mirlashga sarflanadi. Budjetdan tashqari maktab ta'limi jamg‘armasi mablag‘laridan tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida tanlov savdolari (tenderlar) asosida va maktablar qurish, ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlashni tashkil etish tartibiga muvofiq buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurish, ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlashni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayoni monitoringi xolisligini ta'minlash” yo‘nalishlari: - Me'yoriy hujjatlar ijrosi monitoringi. - O‘quv jarayoni monitoringi. - Tarbiyaviy jarayon monitoringi. - Metodik ishlar monitoringi. - Innovatsiya jarayoni monitoringi. - Zarur sharoitlarning ta'minlanganligi monitoringi. Ta'lim muassasadagi o‘quv-tarbiyaviy ishlarning saviyasi va pedagog kadrlarning kasbiy salohiyati ko‘p jihatdan mazkur muassasada yo‘lga qo‘yilgan (yoki yo‘lga qo‘yilmagan) metodik xizmatning smaradorligiga bog‘liq. Ta'lim muassasasida amalga oshiriladigan metodik ishlar pedagogik faoliyatni innovatsion tarzda shakllantirish va ta'lim muassasasida innovatsion muhitni yaratishning zaruriy negizidir. Umumiy holda maktabdagi metodik ishlarning vazifalarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin: - maktab pedagog jamoasining faoliyatida ilg‘or tajribalarni tizimli ravishda o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, pedagogika fanining yutuqlarini ish 61 jarayoniga joriy etishda namoyon bo‘ladigan innovatsion yo‘nalishni shakllantirish; - o‘qituvchilarning nazariy (predmet bo‘yicha) va psixologik-pedagogik tayyorgarligi saviyasini oshirish; - yangi ta'lim dasturlarini, o‘quv rejalari variantlarini, davlat ta'lim standartlaridagi o‘zgarishlarni o‘rganish ishlarini tashkil etish; - yangi pedagogik texnologiyalar, ta'lim va tarbiyaning yangi shakl va metodlari bilan boyitish; - yangi me'yoriy hujjatlarni, yo‘riqnoma va uslubiy materiallarni o‘rganish ishlarini tashkil etish; - individual va differensillashgan diagnostika asosida o‘qituvchilarga ilmiymetodik yordam ko‘rsatish (yosh o‘qituvchilarga; fan o‘qituvchilariga; sinf rahbarlariga va tarbiyasilarga; pedagogik faoliyatida muammolarga duch kelayotgan o‘qituvchilarga); - mustaqil pedagogik ta'lim olishni tashkil etishda o‘qituvchilarga maslahatlar uyushtirish; - kasbiy-pedagogik madaniyatning umumiy saviyasini ko‘tarish. Ta’lim to’g’risidagi hujjatlarga asosan, akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim dasturlari bo’yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta’lim muassasalarida o’qitilishi shart bo’lgan va ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno. Oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga o’zlashtirilgan fanlar ro’yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo’yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. 62 Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Davlat ta’lim standartlariga mos kelgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o’rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning ma’lumot to’g’risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o’zaro tan olinishi mumkin.
Tegishli bosqichdagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. Davlat tasdiqlagan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo’yicha ishlash huquqini beradi.