Mavzu: Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish Mundarija Kirish Reja


Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning nazariy asoslari



Yüklə 119,93 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü119,93 Kb.
#200599
1   2   3   4   5   6   7
Nuraliyev Nubek Davlat byudjeti kurs ishi

1.Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning nazariy asoslari.
Ta’limni moliyalashtirish tizimi mustaqillik yillarida ma’lum o’zgarishlarni boshidan kechirdi, lekin davlat resurslaridan foydalanishdagi o’ziga xos xususiyatlarni saqlab qoldi, unda asosiy moliyalashtirish manbai – davlat budjeti bo’lib, davlat budjetidan ta’lim muassasalarini saqlashga ajratmalar budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartiblari va tamoyillari asosida ajratiladi. Davlat budjetidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - mablag’larni sarflashda tejamkorlik tartibiga rioya qilish, pul sarflarining eng kam bo’lishiga intilish; - budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish, ya’ni faqat aniqlangan va oldindan asoslangan maqsadlarga ularni smeta moddalari o’rtasida qayta taqsimlashlarsiz ishlatish; - davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan yuqori tashkilotlar hamda moliya organlari tomonidan muntazam nazoratni olib borish.
O’zbekiston aholisining 60 foizdan ko’prog’ini bolalar va o’smirlar tashkil qiladi. Tabiiyki, ularni o’qitish, tarbiyalash, kasbga yo’naltirish va mutaxassis kadr qilib tayyorlash masalalari zamonning dolzarb masalasi bo’lmog’i zarur. Ta’lim muassasalari eng keng tarqalgan davlat muassasalari hisoblanadi. Ularni qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan davlat mablag’lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Ta’lim tizimining joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat budjetining ahamiyati hali ham katta. Davlat budjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibida asosiy o’rinni xalq ta’limi xarajatlari egallaydi. Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari tarkibini ko’radigan bo’lsak (2.1.1-rasmga qarang).
1.1.1-rasm. Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalaridan, maktabgacha ta’lim 4962 tani, bolalar va o’smirlar maktablari 473 tani, musiqa va sa’nat maktablari 304 tani, pedagogika institutlari 5 tani, malaka oshirish institutlari 6 tani, barkamol avlod bolalar markazi 211 tani, mehribonlik uylari 27 tani, umimiy o’rta ta’lim maktablari 9765 tani tashkil etgan. Muassasaning sanab o’tilgan budjetdan tashqari tushumlari, shuningdek, budjetdan moliyalashtirish bo’yicha iqtisod qilingan (kvartal/yilning so’nggi ish kuniga) mablag’lar budjet tashkilotini rivojlantirish Fondining manbalari hisoblanadi, mazkur Fond yuqorida nomi zikr etilgan hukumat qarori asosida shakllantiriladi va ishlatiladi. Bugungi kunda maktab ta’limi tizimini moliyalashtirishning ko’pkanalli tizimi shakllangan bo’lib, maktab ta’limi moliyaviy resurslarning quyidagi manbalariga ega. Davlatdan moliyalashtirish manbalari:
- davlat (respublika va mahalliy) budjeti - davlat maqsadli fondlari (masalan, Maktab ta’limi fondi) Nodavlat moliyalashtirish manbalari: - tadbirkorlar va homiylarning moliyaviy yordamlari; - jamoatchilik yordamlari; - ota-onalarning (o’qitish uchun) to’lovlari, qo’shimcha pullik ta’lim; - xorijiy kreditlar va grantlar; - boshqa xususiy manbalar (masalan, hayriya tashkilotlari); - ta’lim muassasalarining o’z tadbirkorlik faoliyatidan daromadlari va tushumlari. Uzoq yillar mobaynida davlat budjetining ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda yagona manba bo’lib kelganligi hech kimga sir emas.
Ta’lim tizimi ham klassik ijtimoiy soha sifatida bir necha o’n yilliklar davomida to’lig’icha budjetga qaram soha bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham budjet xarajatlarining aksariyat qismi maorif tizimini ta’minlashga safarbar etilmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, davlatimizning ta’lim tizimiga ajratadigan mablag’lari mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan hisoblaganda boshqa mamlakatlarga qaraganda birmuncha yuqori. Bunga sabab, keyingi yillarda Rivojlanishning ma’lum bosqichiga kelib, 2014- 2019 yillar mobaynida amalga oshirilishi mo’ljallangan Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilindi.
Dasturga «umummilliylik» maqomining berilishi bejiz emas, chunki maktab ta’limining mustahkam bo’lishidan butun jamiyat manfaatdor. Shuning uchun respublikadagi barcha vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xo’jalik birlashmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari ta’lim tizimiga yo’naltiriladigan resurslarni shakllantirishda keng ko’lamda ko’mak va har tomonlama yordam berishlari maqsadga muvofiq. Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega, u jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam bеradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining barcha qatlamlari manfaatlariga daxldor bo’lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha xarajatlari orqali ro’yobga chiqadi. Ijtimoiy madaniy sohalar iqtisodiyotning katta bir bo’lagi hisoblanadi, jamiyat va uning azolariga nomoddiy xususiyatdagi xizmat ko’rsatish vazifasini amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga bo’lgan huquqi asosiy qonunimiz bo’lgan O’zbеkiston Rеspublikasi Konistitutsiyasi tomonidan kafolatlanadi. Ijtimoiy yordam tizimini huquqiy atrofda barpo etish va bu boradagi qonunlarning ijro etilishining moliyaviy ta’minlash iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash masalasining ustuvorligi O’zbеkiston Rеspublikasida aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish, bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturining eng ustuvor yo’nalishi sifatida tan olindi.. Shu sababli mahalliy budjеtlardan aholining kam ta’minlangan qatlamlariga to’lanadigan ijtimoiy to’lovlar hajmi oshib boradi. Ijtimoiy soha xarajatlarining 80 foizi va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining 100 foizi mahalliy budjеtlardan amalga oshiriladi. O’zbеkiston Rеspublikasida budjеt ijrosining amaldagi holatidan kеlib chiqqan holda mahalliy budjеtlar hukumatning iqtisodiy ijtimoiy siyosatining amalga oshirishda mavqеyini yanada ko’tarishga sabab bo’layotgan qator omillarni ajratib ko’rsatish mumkin. Barcha darajadagi budjеt xarajatlarining oshishi bozor munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi bilan bog’liq. Bu xarajatlar jumlasiga aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha chora tadbirlar uchun ajratiladigan xarajatlar hisoblanadi, ular ko’p bolali oilalar va kam ta’minlangan oilalarga bеriladigan nafaqalar hamda budjеt hisobidan aholiga 31 ijtimoiy ahamiyatdagi xizmatlarga quyiladigan narxlardagi farqlarni qoplashni o’z ichiga oladi. Quyidagi jadvalda Davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari miqdorini ko’rib chiqamiz
Ta‘lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 noyabrdagi “Ta‘lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasini ta‘lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-1645-sonli qarori bilan tashkil etildi. Ta‘lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -Jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘larni keyinchalik ulardan ta‘lim muassasalari -Sport maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini jihozlash (to‘liq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash; 34 - ta‘lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish va mukammal ta‘mirlash, shu jumladan, zarur hollarda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma ob‘ektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish; - zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta‘lim muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya ta‘lim texnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek o‘quv mebeli va asbobanjomlari bilan tizimli qayta jihozlash hamda to‘liq jihozlashni moliyalashtirish; - tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta‘mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish; - zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, sog‘liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish. Homiylar va grant beruvchilar tomonidan Jamg’armaga mablag’lar Jamg’armaning maqsad va vazifalariga zid bo’lmagan foydalanish maqsad va shartlari ko’rsatib taqdim etilgan hollarda, bu mablag’lar faqat homiylar va grant beruvchilarning ko’rsatmalariga muvofiq ishlatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg’armasi tugatilib, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha budjetdan tashqari jamg’arma tashkil etildi. Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha budjetdan tashqari jamg’armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - -Jamg’armaga kelib tushayotgan mablag’larni keyinchalik ulardan ta’lim muassasalari —Sport maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarini jihozlash (to’liq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash; - -ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu jumladan, zarur hollarda o’quv korpuslarini o’quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma ob’ektlarini barpo etish bo’yicha ishlarni moliyalashtirish; - -zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi o’quv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikasiya ta’lim texnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek o’quv mebeli va asbobanjomlari bilan tizimli qayta jihozlash hamda to’liq jihozlashni moliyalashtirish. Tugatilayotgan budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg’armasining barcha aktiv va passivlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha budjetdan tashqari jamg’armaga topshiriladi. 38 Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha budjetdan tashqari jamg’armaning daromadlarini shakllantirish manbalari: -xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Jamg’armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni to’lashdan tushadigan mablag’lar; -Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablag’lari; -xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari (qarzlari); -xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag’lari; -Jamg’armaning vaqtincha bo’sh mablag’larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. Quyida keltirilayotgan 2.1.4-jadvalda ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo’lsak, Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasining 2019 yilda mo’ljallangan daromadlar hajmi, jami 918,6 mlrd.so’mni, 2019-yil boshiga qoldiq mablag’lari 27,2 mlrd.so’mni, jamg’armaga majburiy ajratma 569,9 mlrd.so’mni, O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag’lari, alohida satrda ajratiladigan sog’liqni saqlash xarajatiga va markazlashtirilgan investitsiyadan 311,5 mlrd.so’mni, Qoraqalpog’iston Rеspublikasi Vazirlar mahkamasi viloyat hokimiyatlari va Toshkеnt shahri mablag’lari hisobiga kelib tushgan tushumlar 10,0 mlrd.so’mni tashkil etgan. Mahalliy budjet xarajatlarini guruhlanishida mamlakatimizda qabul qilingan, “O’zbеkiston Rеspublikasining budjеt tizimi to’g’risida” gi qonuning 23- moddasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Rеspublikasi budjеti, Toshkеnt Shahar budjеti, viloyatlar va uning tarkibidagi tumanlar va Shaharlar budjеti quyidagilarga mo’ljallangan xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin fan, ta`lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog’iston Rеspublikasi budjеti, viloyatlar va Toshkеnt shahar budjеtlaridan moliyalashtiriladigan budjеt tashkilotlari bo’yicha); -ijtimoiy ta`minot; -aholini ijtimoiy himoya qilish; -Qoraqalpog’iston Rеspublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta`minlash; -iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Rеspublikasi, viloyatlar va Toshkеnt shahar budjеt tashkilotlarini saqlash; -qonun xujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; -qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.Sport maktablari uchun darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalarni moliyaviy mablag’larni birlashtirish yo’li bilan budjet va budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan chop etish, etkazib berish va sotishning barqaror hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanishni samarali boshqarish va amalda nazorat qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Respublika maqsadli kitob jamg’armasini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-363-son Qarori (01.06.2006y) e’lon qilindi. O’zbekiston 41 Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, "Kamolot" O’zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika "Mahalla" hayriya jamg’armasi,Sport maktablarining pedagoglar jamoatchiligi va o’quvchilarning ota-onalari qo’mitalarining takliflari asosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktab mebeli va sport anjomlariga qo’yiladigan yagona talablar, shuningdek davlat ta’lim standartlari bilan o’zaro bog’langanSport maktablarini mebel va o’quvlaboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash normativlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi PF1910-son farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2015-2019 yillardaSport maktablarini mebel, zamonaviy o’quvlaboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash dasturi ishlab chiqildi va ma’qullandi.

Yüklə 119,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin