Mavzu: Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish Mundarija Kirish Reja


Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishni takomillashtirish



Yüklə 119,93 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü119,93 Kb.
#200599
1   2   3   4   5   6   7
Nuraliyev Nubek Davlat byudjeti kurs ishi

3. Sport maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishni takomillashtirish.
Ta'lim tizimini moliyaviy-iqtisodiy boshqarish tizimining takomillashishi kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish borasida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar bilan yonma-yon jarayon bo‘lib, mazkur jarayonni jadallashtirish avvalo, moliya-budjet, investitsiya, ta'lim, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosatlariga bog‘lik. Ta'lim tizimini moliyalashtirish va uning iqtisodiy asoslarini kengaytirishda moliyalashtirishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Unga ko‘ra, moliyalashtirishdan ko‘proq manfaatdor tomonlar aniqlanadi. davlat moliyalashtirishining sxemasi ishlab chiqiladi, moliyalashtirishdagi asosiy muammolar va uning kelib chiqish sabablari o‘rganiladi, sxemaning nomarkazlashtirish bilan bog‘liq amal qilishidagi tavakkalchiliklarga baho beriladi, moliyalashtirish mexanizmi oldiga qo‘yiladigan talablar belgilanadi. Davlat budjetidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - mablag’larni sarflashda tejamkorlik tartibiga rioya qilish, pul sarflarining eng kam bo’lishiga intilish; - budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish, ya’ni faqat aniqlangan va oldindan asoslangan maqsadlarga ularni smeta moddalari o’rtasida qayta taqsimlashlarsiz ishlatish; - davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan yuqori tashkilotlar hamda moliya organlari tomonidan muntazam nazoratni olib borish. Ma'lumki, respublikamizda davlat Budjetining g‘azna ijrosi tizimi joriy etilgandan keyin barcha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Budjet tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash g‘aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi. 70 Markaziy G‘aznachilik tizimini tashkil qilishdan asosiy maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Davlat Budjetining ijrosi jarayonida mablag‘larni samarali boshqarish, davlat byurtmalarini va dasturlarini moliyalashtirishda tezkorlikni oshirish, Budjet daromadlari tushumini va davlat mablag‘lari maqsadli sarflanishini nazorat qilishda tezkorlikni ta'minlashdir. Budjet xarajatlari amalga oshirilishini boshqarishni mujassamlashtirish maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi kerak: - Tegishli budjet va Davlat maqsadli jamg‘armalaridan xarajatlarning ruxsat orqali amalga oshirilshi hamda ularninng xajmi yillik ajratmalari va xarajatlarni amalga oshirish ruxsati miqdoridan oshmasligi kerak. - Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari tegishli ruxsat asosida amalga oshirilishi hamda Budjetdan tashqari daromadlar hajmi doirasida amalga oshiriladi. - Maqsadli grantlar va davlat qarzlari xisobiga moliyalashtiriluvchi xarajatlar uchun xarajatlar tegishli ruxsat va amaldagi me'yor hamda qo‘llanmalari asosida mavjud holda mablag‘lar doirasida G‘aznachilik organlarining tegishli ruxsati asosida amalga oshiriladi. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlari to‘lovi moliya yili uchun ajratilgan Budjet mablag‘lari doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetalari, shuningdek g‘aznachilik tizimining amaldagi tartibiga muvofiq ro‘yxatga olingan, Budjetdan mablag‘ oluvchilarning mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari asosida: Respublika Budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning xududiy bo‘linmalari tomonidan amalda belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda haligacha ta'limni moliyalashtirish manbasi asosan, bandlikka ko‘maklashish jamgarmasi, xususiylashtirilgan korxonalardan 71 tushgan mablag‘lar hamda davlat budjetidan iborat bo‘lmoqda. Shu bilan birga moliyalashtirish tarkibida davlat budjeti ulushi 78-95 foizgachani tashkil etmoqda. Demak, bugungi kunda budjet mablag‘larini boshqarish ta'limni iqtisodiy boshqarishda ustuvor ahamiyat kasb etadi. G‘aznachilik tizimini joriy etilishi davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida yurtimizda budjet tizimi sohasida amalga oshirilgan eng katta iqtisodiy isloxotlardan hisoblanadi. Bu tizimni joriy etish budjet daromadlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarni samarali boshqarish, kreditor to‘lov intizomini mustahkamlash hamda natijada debitor va kreditor qarzdorlialarni keskin qisqartirish, davlat budjeti jarayonini jahon andozalariga javob beradigan yangi sifat pog‘onasiga chiqarishga imkon beradi. Respublikamizdagi barcha budjet tashkilotlari g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan ochilagan shaxsiy xisobraqamlariga ega. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan Davlat budjetining budjet tasnifi bo‘limlari, boblari va paragraflari bo‘yicha quyidagilarning hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi: Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘zini saqlash va markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjet ajratmalari;yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjet ajratmalari;kapital qurilish ob'yektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjet ajratmalari;zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lari;ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlari;budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan moliyaviy majburiyatlar summasi;xarajatlar to‘lovi ruxsatnomalari;budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan kassa xarajatlari. Bu tizim shunday xususiyatga egaki, unda to‘lovlarni amalga oshirish uch bosqichda amalga oshiriladi. Bu xar bir bosqich xamma jarayonlarda bi-birini ishlarini beixtiyor nazorat qiladi. Bu shu anglatadiki, budjet xarajatlarni o‘z vaqtida to‘liq moliyalashtirish va budjet mablag‘larni ko‘r-ko‘rona suiste'mol qilishni oldini oladi. G‘aznachilikda to‘lovlarni amalga oshirish Budjet mablag‘lari oluvchilarning yuridik majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish asosida moliyaviy majburiyatlarni bajarilishi, deb tushiniladi.


Yüklə 119,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin