Kurs ishining obyekti: Zamonaviy sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash masalalarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Zamonaviy sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlashni iqtisodiy tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, asosiy qism 4 ta reja, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tashkiliy-huquqiy asoslari. Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda. davlatning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
1. Bozor xo’jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonuniy xujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish;
2. Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash,iqtisodiyotni samarali boshqarish va tartibga solish;
3. Asosiy ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
4. Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish;
5. Davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasi va milliy havfsizligini ta’minlash;
6. Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta’minlash bilan bog’liq chora-tadbirlarni amalga oshirish va shu kabilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakat iqtisodiy salohiyatining oshib borishi bilan davlatning kuch-qudrati, uning o’z funktsiyalarini kengaytirib borish imkoniyati ortib boradi. Davlat o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lga strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyatdir.
Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat budjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi.
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy xarajat qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, mamlakat osoyishtaligi, chegaralar dahlsizligini ta’minlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo’lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat budjeti orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo’ladi.2 Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ihtiyorida markazlashish darajasini aks ettiruvchi davlat budjetining hajmi qator omillarga bog’liq:
- iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga;
- davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga;
- korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga;
- jamiyat tomonidan xal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning xarakteriga,
- iqtisodiyotda va ijtimoiy soha tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning ko’lamiga va boshqalar.
Davlat budjetida to’planayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Davlat budjetining maqsadi resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir. Davlat budjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Budjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni budjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashda Davlat budjetining ahamiyati juda beqiyosdir.
Sub’ektlarning faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda Davlat budjetining tartibga soluvchi o’rni quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
– moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi budjet yilida budjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
– moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud bo’lgan budjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni budjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish. Bunday imkoniyatning mavjud ekanligi amaliyotda ayrim sub’ektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan belgilanadi;
– qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.
O’zining mohiyatiga ko’ra, Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo’lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo’lgan barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, Davlat budjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinn egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda hukumat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi o’rni faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Yagonalik va markazlashuvning yuqori darajada ekanligi Davlat budjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy budjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona Davlat budjetiga birlashadi. Bir vaqtning o’zida budjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda oshkoralik ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining budjet mablag’lariga ega bo’lib, bu borada ular o’zlariga tegishli bo’lgan budjet huquqlaridan foydalanadilar.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni Davlat budjeti orqali taqsimlash, bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada nisbatan mustaqil ham bo’lgan uch bosqichga egadir:
1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (budjet xarajatlari);
2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli budjet fondlarini yaratish;
3) budjet fondidan foydalanish (budjet xarajatlari).
Umuman olganda davlat budjetining ahamiyatini biz quyida keltirilgan 1.1- rasmda kurishimiz mumkin .
Davlat budjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyatini iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini yaratadi.
Budjetdan mablag’ ajratishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish printsiplari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan budjetdan mablag’ ajratishning printsiplarini umumiy va
xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar budjetdan mablag’
oladigan barcha sub’ektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy printsiplar esa sub’ektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda budjet mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Budjetdan moliyalashtirishning umumiy printsiplari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: minimum xarajatlarda maksimum samarani olish.
Budjet mablag’laridan foydalanishning eng yuqori natijaliligi ta’minlangan sharoitdagina taqdim qilinishi kerak.
Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli vazifalarini echish, ikkinchi tomondan esa, budjet mablag’lari oluvchilar xarajatlarining o’sishi hisobidan pul mablag’larining budjetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi mumkin; budjet mablag’laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi.
Yuridik shaxslar budjetdan mablag’larni oldindan maqsadlari aniqlangan va tasdiqlangan budjet asosida olishi mumkin.
Bu printsipga qat’iy rioya qilish budjet mablag’laridan samarasiz foydalanishga to’sqinlik qiladi;
ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag’larning foydalanilganligini inobatga olgan holda budjet mablag’larini taqdim etish.
Budjetdan moliyalashtirishning ko’rsatkichlar bajarilishiga bog’liqligi moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;
budjet mablag’larining qaytariluvchan emasligi.
Budjet mablag’lari sub’ektlarga ularni majburiy ravishda budjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim etiladi;
budjet mablag’larining tekinligi. Budjetdan mablag’lar sub’ektlarga foiz ko’rinishida qandaydir xarajatlarni davlatga to’lamasdan yoki mablag’larni to’lashning boshqa ko’rinishlarisiz ajratiladi.
Umumiy printsiplar bilan birgalikda budjetdan moliyalashtirish amaliyotida xususiy printsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibig quyidagilar kiradi:
faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga budjet mablag’larini ajratish budjet mablag’larining o’lchamini aniqlashda “qoldiq” yondoshuvidan
foydalanish;3 budjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit metodi orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
korxonalarning moliyaviy holatini budjetli tartibga solish printsipi va boshqalar.
Pul mablag’larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari budjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida amalga oshiriladi:
budjet tashkilotini saqlash uchun mablag’lar;
davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining shartnomalari bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to’lash uchun mablag’lar;
aholiga transfertlar;
jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladigan mablag’lar;
quyi budjetlarga va davlat maqsadli fondlariga dotatsiya, subventsiya va
ssudalar;
harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslar ustav kapitaliga investitsiyalar;
baholardagi farqni qoplash.
Amaliyotda budjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki ko’rinishda amalga oshiriladi:
1) xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish;
2) xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish.
Davlat budjeti xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir.
Budjet mablag’lariga egalik qiluvchilar – budjet mablag’larini oluvchilar yok boshqaruvchilar bo’lgan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi.
Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo’yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjet oluvchilar amalga oshiradilar.
Bundan tashqari dotatsiyalar, subventsiyalar, subsidiyalar va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo’yicha budjet mablag’larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi.
Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo’nalishi yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar berishdir.
Bu ko’rinishdagi budjet mablag’lari davlat, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari va xususiy korxonalar(i)ning turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi.
Ana shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-energetika sanoati, agro-sanoat kompleksi, uy-joy-kommunal xo’jaligi, shahar transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo’naltiriladi.
Budjetning ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlari davlat tomonidan ijtimoiy funktsiyaning bajarilishi bilan bog’liq.
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish printsiplari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning turlari bo’yicha moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan sotsial soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va moliya organlarida tuzilgan assignovaniyalar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat ko’rsatiladigan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko’rsatkichlari (masalan, o’quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi.
Bunda ularning yil davomida faoliyat ko’rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu ko’rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo’lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga to’g’ri keluvchi pulli xarajat budjet tashkilotining faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bo’yicha o’rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti xarajatlari oshirildi. Joriy yilning 23 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan qonun bilan “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan:
a) 2021 yil uchun Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 6,5 foizini tashkil etadi;
b) quyidagi xarajatlar oshirildi:
davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 41 trln 226 mlrd 950,3 mln so‘mgacha;
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xarajatlari 26 trln 746 mlrd 490 mln so‘mgacha.
v) 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari oshirildi. Respublika byudjetidan ularga jami 162 trln 837 mlrd 498,1 mln so‘m ajratiladi.
Budjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin.
Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko’rsatiladi va budjet xarajatlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi.
Davlat budjeti xarajatlari tasdiklangan budjetdan mablag’ ajratish doirasida kuyidagicha amalga oshiriladi:
-budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
-joriy budjet transfertlari shaklida;
-kapital xarajatlar shaklida:
-asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat eіtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
-chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olishga; davlat ehtiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
-davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
-kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;
-rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;
-davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;
-davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
-O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to’g’risida”gi qonunining 22- moddasiga ko’ra respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi. fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport.
-(respublikaga bo’ysunadigan tashkilotlar bo’yicha);
-ijtimoiy ta’minot;
-mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
-sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
-davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
-davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
-iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan budjet
tashkilotlarini saqlash;
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
-er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
-qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
-gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.4 O’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo’ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi (yuqoridagi qonunning 23-moddasi) (1.3-rasm):
-fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo’yicha);
-ijtimoiy ta’minot;
-aholini ijtimoiy himoya qilish
-Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
-iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o’zida ma’lum maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi. Bunda budjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo’jaligi va transportga yo’naltiriladi.
-qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning
maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Budjetdan mablag’larni taqdim etishning metodlari budjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari budjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xo’jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda budjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga, operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.
Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai-nazaridan kapital quyilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirishga uchun pul mablag’larini taqdim etishga kapital quyilmalarni moliyalashtirish deyiladi. Budjet resurslarining cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga, ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Budjet mablag’larini sarf qilishning asosiy printsipi ularning mo’ljallanganligi va vaqt bo’yicha qattiq tartibga solinganligidir. Tashkilot smetada ko’zda tutilmagan maqsadlarga pul mablag’laridan foydalanish huquqiga ega emas. Budjet tashkiloti smetasining xarajatlari ularning yopiq ro’yxatini o’z ichiga olib, tarkibiga quyidagilar kiradi: xodimlarning mehnat haqini to’lash;
davlat budjetdan tashqari fondlariga badallar;
aholiga transfertlar (qonunga muvofiq ravishda belgilangan pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to’lovlar);
safar xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa kompensatsion to’lovlar; sotib olinishi kerak bo’lgan tovarlar, bajarilishi lozim bo’lgan ishlar va ko’rsatilajak xizmatlarni to’lash.
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar konkret ehtiyojni qondirish o’lchovi sifatida pul mablag’larining ma’lum summasi sifatida ifodalangan xarajatlar normasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyotda pulli normalarning turli-tuman turlaridan foydalaniladi: