Mavzu: zamonaviy sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati



Yüklə 174,68 Kb.
səhifə3/7
tarix13.12.2023
ölçüsü174,68 Kb.
#174662
1   2   3   4   5   6   7
ZAMONAVIY SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI XARAJATLARINI SAMARALI IJROSINI TA’MINLASH. MUROD BOYMATOV KURS ISHI

2. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari;
aholining xarajatlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot.
Har yili budjetning salmoqli qismi ijtimoiy madaniy tadbirlarni moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu mablag’lar davlatga:
-xalq ta’limi sohalarini rivojlantirish;
-fan va madaniyatni rivojlantirish
-aholining tibbiyot xizmatlariga bo’lgan minimal ehtiyojlarini qondirish;
-aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish;
-ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish imkonini beradi.
Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda davlat budjeti xarajatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o’rni keltirilgan. Unga ko’ra bugungi kunda davlat budjeti xarajatlariga YaIM ning o’rtacha olganda 22,0% to’g’ri kelmoqda. Jamlanma budjet xarajatlariga nisbatan esa 32-35% to’g’ri kelmoqda.
Davlat budjeti xarajatlari o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra joiy va kapital xarajatlariga bo’linadi (2.1-rasm).

So’nggi yillarda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo’nalishlari bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida davlat budjetining ijtimoiy funktsiyalari ayniqsa ravshanroq namoyon bo’ladi.
Iqtisodiyotning barqaror o’sishi bilan bir qatorda, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi, Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat Dasturi, Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish Davlat dasturi va boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga muvofiq amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui ijtimoiy
sohadag Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etish ko’p jihatdan mahalliy moliya mablag’larini shakllantirish va boshqarishning usul va shakllarini yangicha talqin etishga bog’liq5.
Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijtimoiy jarayonlarni bshqarish va tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o’rin egallaydi. 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi № 13-XII-son O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari” 10 hisoblanadi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini-o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar.
Yuqoridagi Qonunga muvofiq, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli xarajatlar va xarajatlarga ega bo’lishi kerak.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg’armalar tashkil etishga;
2) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno);
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag’dan ortiqroq mablag’ sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
4) budjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu cheklovlarga mahalliy budjetlarni rejalashtirish va ularni ijrosini amalga oshirishda rioya qilinishi shartdir.
Mahalliy budjetlar xarajatlarning xarajatlarini boshqarish printsiplari xukumat tomonidan qabul qilinga qonuniy-me’yoriy normativlarga asoslanadi va bu me’yoriy normativlarning asosiylari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat xokimiyati organlari to’g’risida” gi Qonuni hisoblanadi.
Ushbu qonunlarda bugungi kunda mahalliy budjetlar xarajatlarini boshqarish printsiplari belgilab berilgandir.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi Moliya vazirligi va boshka moliya organlari Davlat budjeti uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir.
Davlat budjeti xarajatlari va xarajatlarini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati idoralari to’g’risida” gi konunning 3-bobida (11-15-moddalari) mahalliy davlat hokimiyati idoralarining moliyaviy asoslari ko’rsatib berilgan.
Ushbu qonunning 12-moddasida ko’rsatilishicha viloyat, tuman, shahar kengashlari tegishli budjetlarni tasdiqlaydilar.
Viloyat moliya boshqarmalari mahalliy budjetlarning ijro etilishini taminlaydi va mahalliy budjetni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qonun xujjatlarida belgilangan vakolati doirasida ijro etadilar.
Maxalliy budjet xarajatlarini boshkarish tartiblari O’zbekiston Respublikasining Konunlari‚ Vazirlar Maxkamasining karolari xamda Moliya vazirining kator yuriknomalarida belgilab berilgan.
Budjet tashkilotlari va budjetdan boshka mablag’lari oluvchilarni mablag’ bilan ta’minlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorida belgilangan.
Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri budjetlarida yilning ayrim davrlarida xarajatlar va xarajatlar o’rtasida vujudga keladigan vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplashga Respublika budjetidan ssudalar berilishi mumkin.
Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini to’lashning amaldagi tartibi va uning tahlili Budjetni ijro etish tizimida esa majburiyatlarni qabul qilish – bu budjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish harakatidir.
Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan majburiyatlar summasi tasdiqlangan budjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi lozim.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi:
- majburiyatlarni qabul qilish asoslari;
- majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar;
- majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy).
Budjet mablag’lari oluvchi budjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar.
Yuridik majburiyat budjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi budjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo’ladi.6
Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi.
Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi.
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar etkazib
berilganidan (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilganidan) keyin vujudga keladi.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, schet-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari (akt priema-sdachi), ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo’lgan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Amaldagi qonunchilik talablariga ko’ra budjet tashkilotlari oldindan eng kamida 20 foiz to’lovni amalga oshirishlari talab qilinadi. Moliyaviy majburiyat G’aznachilikning Bosh kitobida qayd qilinadi.
Moliyaviy majburiyat shartnoma yoki boshqa kelishuvlarning muddati o’tgunga qadar qoplanishi lozim.
Moliyaviy majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi qabul qilingan yuridik majburiyatlar asosida tasdiqlangan budjet rejasi va o’rnatilgan budjet me’yorlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlash hamda budjet tashkilotlari kreditorlik qarzlarini nazorat qilishdan iboratdir.
Moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash. Ma’lumki, budjet tashkiloti tasarrufidagi pul mablag’lari miqdori moliya organi tomonidan tasdiqlangan smeta bilan cheklangan. Moliyaviy majburiyatni qabul qilish chog’ida yuridik majburiyatlarni ham smetada ko’rsatilgan xarajat moddalari doirasidan chetga chiqmasligi nazorat qilinadi.
Budjet tashkiloti yil davomida ko’plab kontragentlar bilan shartnomalar tuzadi. Ularning bajarilishini ta’minlash uchun pul to’lovlarini amalga oshiradi.
Moliyaviy majburiyatlar limitini baholashda xarajatlar smetasining I- va IIguruh xarajatlarining o’z vaqtida moliyalashtirilishiga alohida e’tibor qaratish
zarur. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar o’z vaqtida, kechiktirmasdan
berilishi, ish haqidan ajratmalar o’z vaqtida o’tkazilishi shart.7
Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish chog’ida G’aznachilik
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat quyidagilarni o’z ichiga oladi (2.2-
rasm):

Etkazib beriladigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash bo’yicha to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun budjetdan mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:
a) budjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga bitta bank muassasasida xizmat ko’rsatilsa, to’rt nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va to’rtinchi nusxalari budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi va budjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi;

Yüklə 174,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin