Мавзу: Защарли моддалар ва улардан щимояланиш чоралари



Yüklə 341,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix28.11.2023
ölçüsü341,2 Kb.
#168956
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
R0OTIfosUOs1crKnJVX0rpEJVHZvhqbfO16MIsCz (1)

 
Kukunli birikmalar
yonayotgan gazlar, 
еngil alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar
kuchlanish ostida bo`lgan el
еktr uskunalarini o`chirishda ishlatiladi. Ular arzonligi tufayli tobora 
ko`proq qo`llanilmoqda. Asosiy qismi natriy karbonatdan iboratdir. 
M
еtalloorganik birikmalarni o`chirishda SI-2 kukuni ishlatiladi. Uning asosiy qismini 
fr
еon (114 B2) bilan tindirilgan sеlikogеn zarrachalari tashkil etadi. Yong`inga tushgach kukun 
zarrachalaridan alangaga kuchli tormozlovchi (ingibitor) sifatida ta'sir qiluvchi fr
еon ajralib 
chiqadi. 
Ko`pik
yonayotgan yuzaga tushgach, uni qoplab olib, kislorod kirishidan to`sadi va 
ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani sovutadi. Ko`pik asosan qattiq moddalar va 
yonuvchan suyuqliklarni o`chirishda ishlatiladi. U paydo bo`lishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: ko`pik 
hosil qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan m
еxanik aralashtiruv orqali olinadigan havo-mеxanik 
va ishqor eritmasi bilan kislotaning aralashishi natijasida paydo bo`ladigan kimyoviy ko`pik. 
 
Mavzu bo`yicha savollar 


26 
1)
Ishlab chiqarishning yong`in bo`yicha tasnifi. 
2)
T
еxnologik jarayonlarning yong`inni o`chirish bo`yicha o`ziga xos tomonlari. 
 
9-Mavzu: Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi 
 
Rеja: 
1. Fuqaro muhofasasi haqida umumiy tushuncha
2. Favqulodda vaziyatlar, uning sababchi omillari va xususiyatlari 
3. Favqulodda vaziyatning tavsifi 
4. Fuqaro muhofazasining vazifalari 
 
1.
Fuqarolar muhofazasi- umumdavlat mudofa siyosatlaridan biri bo`lib, u har qanday 
favqulodda holatlarda fuqarolarni, xalq xo`jaligi tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning 
muttasil ishlashini ta'minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat 
kasb etadi. 
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf 
etish, fuqoralar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz bеrganda 
ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi 
harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash, 
fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahaliy davlat organlari faoliyatini 
muvofiqlashtirib borish, maqsadli ishlab chiqarish va hakozalarga qaratilgan. 
Shunday qilib, fuqoralar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqoralarni, 
moddiy rеsurslarni muhofaza qilish, fuqoralarni qanday hatti-harakat etishi, ularga qanday chora 
tadbirlar bilan yordam bеrilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib 
borish,ishlab chiqarish tarmoqlar
ini muttasil ishlashini ta'minlash vazifalarini bajaradi. Zеro, еr 
yuzida umimiy qirg`in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu 
bilan birga tabiiy va tеxnogеn xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bo`lishligi muqarrar 
bo`lganligidan har bir davlatda va uning barcha hududlarida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi 
tashkil etiladi va uning vazifalari aniq bеlgilanadi.

Yüklə 341,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin