Xalqaro maʼlumotlarda zilzila kuchi magnituda orqali Rixter shkalasida beriladi. Eng kuchli zilzilaning magnitudasi 9 gacha yetishi mumkin. Zilzila quvvati (Ye) Joulda oʻlchanadi. 1966-yil 26-aprelda Toshkentda yuz bergan zilziladan soʻng sobiq Ittifoqda birinchi boʻlib Oʻzbekiston FA tarkibida 1966-yil oktabr oyida Seysmologiya instituti tashkil qilindi. Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridan biri zilzilalarning tabiatini, u sodir boʻladigan muhit xususiyatlarini, zilzilalarning darakchilarini oʻrganish va uni bashorat (prognoz) qilish usullarining nazariy asoslarini yaratish deb belgilanadi. Zilzilani bashorat qilish borasida Oʻzbekistonda muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kuchli zilzilalarni bashorat qilish boʻyicha ishonchli va istiqbolli yangi usullar yaratildi, ularning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Bu usullar majmuini qoʻllash asosida Oʻzbekiston hududi va yon atrofdagi hududlarda boʻlib oʻtgan bir necha kuchli zilzilalarni oldindan aytishga muvaffaq boʻlindi. Masalan, 1976-yil 17-maydagi Gazli, 1978-yil 1-noyabrdagi Olay, 1984-yil 18-fevraldagi Pop zilzilalari oldindan aytilgan. Yer yuzida roʻy bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozogʻiston, 1990), Suusamir (Qirgʻiziston, 1922) lar va Oʻzbekiston qududida esa — 838—839-yillarda Fargʻonada, 942-yilda Buxoroda, 1208—1209-yillarda Urganchda, 1490-yilda Samarqandda, 1494-yilda Namanganda, 1620-yilda Axsikentda, 1902-yilda Andijonda, 1921 — 1922-yillarda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927-yilda Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-yillarda Toshkentda, 1976, 1984-yillarda Gazlida boʻlgan zilzilalarni kiritish mumkin. Yer silkinish kuchiga qarab shartli ravishda quyidagi holatlar kuzatiladi: 1 ball — sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi; 2 ball — juda kuchsiz, uy ichida utirgan baʼzi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);
Dostları ilə paylaş: |