3-o‘quv savoli. Zilziladan keyin jamoat tartibini saqlash Keng qamrovli avariya-qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan
ishlar amalga oshirilishini talab etadigan kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda
vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston
Respublikasining
butun
hududida
yoki
ayrim
joylarida
O‘zbekiston
Respublikasining 2021 yil 15 dekabrdagi “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi
Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq favqulodda holat joriy etilishi mumkin.
Kuchli zilzila sodir bo‘lgan hududlarda tartibni saqlash va aholi o‘rtasida
tashkiliy ishlarni nazorat qilish uchun komendantlik xizmati tashkil etiladi. Ularning
asosini Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining jamoat tartibini saqlash
xizmatlari tashkil etadi.
Jamoat tartibini saqlash xizmati zilzila o‘chog‘i markazini o‘rash, shu
hududda vahimaga tushishning oldini olish, xalq mulkini talon-taroj qilishga qarshi
tadbirlarni rejalashtiradi va amalga oshiradi. Ular zilzila markaziga avariya-
qutqaruv tuzilmalarining beto‘siq o‘tishini va ularning harakatlanishlarini nazorat
qiladi. SHu maqsadda asosiy yo‘nalishlarda tekshiruv o‘tkazish va komendantlik
shoxobchalari tashkil etiladi.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro
muhofazasini ta’minlash maqsadida, har bir mahalla fuqarolar yig‘inlari huzurida
Jamoat tartibini saqlash bo‘linmasi tashkil etiladi. Ushbu jamoat tartibini saqlash
bo‘linmasi – huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga jamoat tartibini saqlashda
yaqindan ko‘maklashish, zarur holatlarda esa – qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo‘lmaydigan ishlarni bajarishga jalb etiladi.
Jamoat tartibini saqlash bo‘linmasining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: - o‘z tuzilmasining vazifalarini bilish;
- egallab turgan lavozimini bilish hamda unga yuklatilgan vazifalarni aniq va
puxta bajarish;
- tuzilma sardorining buyruq va topshiriqlarini o‘z vaqtida va aniq bajarish;
- tuzilmaga biriktirilgan texnika va vositalarni, individual va kollektiv himoya
vositalarini tuzilishini bilish, sozligini tekshirish hamda doimo tayyor holda saqlash;
- tuzilmada tartib intizomni saqlash, insonlarning hayotini saqlash hamda
o‘zini himoyalash;
- doimo haqiqatgo‘y, jasur, tashabbuskor har doim do‘stlariga, tuzilma
sardoriga yordam berish;
- ish vaqtida texnika xavfsizligi choralarini aniq bilish va ularga rioya qilish;
- radioaktiv, zaharlovchi va bakteriologik moddalar bilan zaharlanganda zarur
choralarni ko‘rish, sodir bo‘lgan vaziyat haqida tuzilma sardoriga axborot berish va
o‘z ishini davom ettirish;
- kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning xarakteristikasini
bilish.
Jamoat tartibini saqlash bo‘linmasining kuchli zilzilalar bilan bog‘liq
favqulodda vaziyatlarda amalga oshirishi lozim bo‘lgan alohida vazifalari
quyidagilardan iborat:
- kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyat xavfi yuzaga kelgan yoki yuz
bergan hududlardan aholini ko‘chirish;
- yashash joylarida, ob’yektlarda, yig‘in punktlarida, joylashish rayonlarida,
shuningdek, aholini xavfsiz hududga ko‘chirish yo‘nalishlarida komendantlik
xizmatini joriy qilish va jamoat tartibini saqlash.