Mavzu. Zoopsixologiya



Yüklə 362,24 Kb.
səhifə6/13
tarix07.01.2024
ölçüsü362,24 Kb.
#204123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar

Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo`g`inidan iborat bo`lib, u turli guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti- harakatlarini o`rganadi. Hayvonlarning xatti-harakatini o‗rganish inson psixologiyasini chuqurroq va kengroq tushunishga olib kelishi mumkin. Biologik fanlar va ijtimoiy fanlar talabalari qiyosiy psixologiyani o‗rganishda foyda ko‗rishlari mumkin.
Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg‘ochi o‗rgimchakning nomaqul bo‗lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi. Chunonchi, ko‗pincha o‗rgimchak pillasining ichidagini zararkunandalar yeb ketgan bo‗ladi. Lekin urg‘ochi o‗rgimchak bo‗shab qolgan pillani qo‗riqlashda va u yoqdan-bu yoqqa ko‗chirishda davom etadi. SHunday
hollar ham bo‗ladi-ki, urg‘ochi o‗rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo‗yish chog‘ida bajariladigan harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum qo‗ymasligi ham mumkin. Shunday bo‗lsa-da, u kelgusi bosqichga, ya‘ni bo‗sh pillani qo‗riqlashga va uni u yoqdan – bu yoqga ko‗chirishga o‗tadi. Asalarilar reaktsiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning orqa tomoni teshib qo‗yilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma‘lum miqdordagi shirani to‗kib bo‗lgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan bo‗lsa ham mum bilan berkitib ketadi. Frantsuz tadqiqotchisi K.Fabri yer arisining bir qolipdagi maqsadga muvofiq bo‗lmagan xatti-harakatini kuzatgan edi. Yer arisi uyasining oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha arilar singari uyasini tekshirish uchun kirib ketganida tadqiqotchi uning o‗ljasini yiroqqa surib ko‗yadi. Ari uyasidan chiqib, uni izlab, shoshib yana uyasining oldiga qo‗yadi va tekshirish uchun yana uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib qo‗yadi va ari qirq martasida ham o‗ljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini tekshirgan. Bu misollar instinktning cheklanganligini ko‗rsatadi.
Aql (intellektual) bosqichi hayvonlarning deyarli murakkab faoliyati bilan tavsiflanib, u aks ettirishning murakkab turidir. «Hayvonlarning borliqni psixik aks etish usuli intellektual faoliyatga o‗tishida alohida narsalargina emas, balki ularning munosabatlarini aks ettirish ham vujudga keladi. Hayvonlar rivojlanishning bu bosqichida, narsalar orasidagi bog‘lanishlarni aks ettira oladilar. Nemis zoopsixologi V.Kyolerning tadqiqotlarida maymunlarga yetib bo‗lmaydigan joyga xo‗rak qo‗yiladi. Xo‗rakdan yaqinroq, lekin bevosita yetib bo‗lmaydigan joyga uzun tayoq qo‗yiladi. Bu tayoqqa yetishish uchun qafasda qisqa tayoqcha bilan xo‗rakni olib bo‗lmaydi. Maymun esa birinchi bosqichda qisqa tayoq bilan uzun tayoqni oladi. Ikkinchi bosqichda esa uzun tayoq orqali xo‗rakni olishga muvaffaq bo‗ladi. A.N.Leontьevning fikricha, muvaffaqiyatsiz harakatlardan so‗ng to‗satdan javobni topishi aqliy xatti-harakatlarning yana xususiyatidir. Bu hodisa V.Kyoler tomonidan ―insayt‖-ravshanlashish deb atalgan. Aqliy xatti-harakat boshqa ikki xususiyati mavjud bo‗lib, bu topilgan muammoning yechimini tez
eslab qolish va shu bilan shakllangan operatsiyalarni bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‗tkaza olishdir.
Rus psixologi N.N.Ladigina – Kots (1889-1963) ning tajribalarida Paris degan shimpanze ichiga xo‗rak solingan naychani olishi bilanoq naychaning ichiga kiritish uchun yaroqli bo‗lgan, ishlatishga qulay qurolni tanlashga tushardi. Bunda Paris turli belgilarni-narsalarning shakli, uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa Paris yonida yotgan daraxt shoxlaridan yon shoxlarini yulib olar, enli taxtadan payraxalar ajratib chiqar, buklangan simlarni to‗g‘irlar, xullas maymunlar «qurol» yasar edi. Biroq yuksak taraqqiy etgan maymunlardan «qurol yasash» faoliya-tining ahamiyatini oshirib yuborish yaramaydi. E.G.Vatsuro, N.NLadigina-Kotslar o‗tkazgan tajribalaridan ma‘lumki, shimpanzelar aynan bir xildagi vaziyatda, ya‘ni maqsadga erishish uchun ikkita tayoqni birlashtirish zarur bo‗lgan paytda o‗zlarini yo‗qotib qo‗yishadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ya‘ni shoxlarni g‘ajish, payraxalarni ajratish maymunning tabiatda bajaradigan harakatlaridir. Lekin maymunlar tabiiy sharoitlarda tayoqlarni bir-biriga ulab ish ko‗rmaydi.
Ko‗p hujayrali hayvonlarda qo‗zg‘aluvchanlikning yangi shaklisezuvchanlik mavjuddir. A. A. Leontevning taxminiga ko‗ra sezuvchanlik genetik jihatdan olganda seskanuvchanlikning o‗zidir. U ham muxitning tashqi ta‘sirlariga javob berish asosida vujudga keladi. Faqat sezuvchanlik seskanuvchanlikga nisbatan yuqorirok bosqichdir. K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi ko‗p hujayrali hayvonlarga xosdir. Ko‗p hujayrali hayvonlarda aks ettirish bir muncha yuqori bo‗ladi. Bunday hayvonlarga kavakichlilar (gidra,meduza) ni kiritish mumkin. Ular ham bir hujayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kavakichlilar o‗zining tuzilishi jihatdan bir hujayrali hayvonlardan ancha murakkabdir. Ularning murakkabligi hujayralarning bir-biridan farq qilganligidadir: tanasining tashqi qismidagi hujayralar qoplagich, ichki hujayralar esa hazm qiluvchi bo‗ladi. Evalyutsiya zanjirining yuqoriroq pog‘onasida turgan ko‗p hujayrali hayvonlarda tana tuzulishi ham ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos o‗zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi
organlari vujudga keladi, aks ettirish ham murakkablashadi. Tugunli nerv sistemasiga ega bo‗lgan hayvonlarda aks ettirish faqat shartsiz reflekslar orqaligina bo‗lmaydi, balki hayot davomida ta‘sirlanishning tug‘ma turiga nisbatan ancha yangi, serxarakat shakli – shartli reflekslar hosil bo‗ladi. Tugunsimon nerv sistemasining murakkabroq shakllari atrofni aks ettirish imkoniyatini oshiradi. Ancha murakkab tugunsimon nerv sistemasiga ega bo‗lganlardan o‗rgimchaksimonlar va hashoratlarni olish mumkin. Ularning organizmi ancha murakkab tuzilishga ega. hayvonlarning evolyutsiyasi natijasida ularning retseptorida ajralish (spetsializatsiya) yuz bera boshlaydi. Masalan, qisqichbaqaning uzun mo‗ylovi – tuyg‘u organi, kaltalari xid biluvchi organlardir. Hayvonlarga mansub shakllarda ta‘sirlanuvchanlikning yangi turi - sezuvchanlik paydo bo‗ladi. A. N. Leontevning gipotezasiga ko‗ra, sezuvchanlik «genetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta‘surotlar bilan bog‘lovchi, organizmni muhitda mo‗ljal olishiga yordam beruvchi, signal beruvchilik vazifasini o‗tovchi ta‘sirlarga javob ta‘siridan bo‗lak narsa emas. In‘ikos etish darajasi ko‗p hujayrali hayvonlarda ancha yuksakroqdir. Ko‗p hujayralilarning murakkabligi hujayralar ko‗pligida emas, har xilligidadir. Masalan, tanasining tashqi qismida sanchiladigan (chaqadigan) hujayralar joylashgan bo‗lsa, ichki qismi esa ovqat hazm qiladigan hujayralar bilan qoplangan. Ko‗p hujayralilarning organizmida, shuningdek organizmning biron bir qismida ro‗y bergan qo‗zg‘alishning o‗tkazgichi funktsiyasini bajaradigan alohida sezuvchan protoplazmali hujayralar o‗zaro birikib, hayvonning butun tanasiga yoyilgan nerv shoxobchasini tashkil etadi. Kovakichaqlilardagi qisqichlar - o‗ljani ushlab turish organlari yuksak darajada sezuvchandir. Organizmning turli qismida joylashgan hujayralar o‗rtasidagi bog‘lanishlar shartli reflekslar paydo bo‗lishiga, xotira jarayoni shakllanishiga olib kelgan bo‗lishi kerak. Evolyutsion zanjirda kovakichaqlilardan yuksak turadigan va bu yerda hayot kechiradigan ko‗p hujayralilarda hayot tarzining o‗zgarganligi munosabati bilan tananing tuzilishi murakkablashadi, qo‗zg‘atuvchilarning ma‘lum bir turlarini aks ettiradigan o‗ziga xos organlar - sezgi a‘zolari rivojlanadi, aks ettirish shakllari ham ancha
murakkablashadi. Chuvalchangning har bir segmentida (murakkablashgan bo‗g‘inida) nerv hujayralarining tugunlari - gangliylari mavjud bo‗ladi. Gangliylardan biri yetakchi, asosiy bo‗lib, organizmning istalgan qismida yuz beradigan qo‗zg‘alishlarni jamlaydi, ularni tahlil qiladi, boshqa hujayralarga o‗tkazadi, impulslarni segmentlarning mushak apparatiga yo‗naltiradi. Hatti- harakatlarning instinktiv shakllari Chuvalchanglarning hattiharakatlari kovakichaqlilardan ko‗ra ancha murakkabroqdir. Chuvalchanglarga faol tarzda qidirish xususiyati xosdir. Bu ulardagi shartsiz refleks elementlaridan dalolat beradi. Ayrim chuvalchang urg‘ochisi tuxumini o‗zi bilan olib yuradi, harakatlanib kislorod bilan ta‘minlaydi, yoki ayrimlari o‗ziga juft tanlash uchun uzoq yo‗l bosadi va hokazo. Biroq shartsiz reflekslar faqat tashqi muhitning muqarrar tarzda qat‘iyan barqarorligi sharoitida hosil bo‗ladi; muhit esa doimo o‗zgarib turadi va shuning uchun ham tug‘ma taasurotlarning genetik jihatdan programmalashtirilgan holda yoyilishiga to‗sqinlik qilishi mumkin. Gangliy funktsiyali nerv tizimiga ega bo‗lgan hayvonlarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar bilangina cheklanmaydi. Hayot kechirish jarayonida ularda tug‘ma reaktsiyalarga nisbatan yangi, ancha harakatchan reaktsiya shaqllari - shartli reflekslar paydo bo‗ladi. (T- shaklidagi labirintdagi chuvalchang harakatini misol qilish mumkin. «T» shaklidagi labirintda joylashtirilgan chuvalchang berilgan ta‘sirga javobini tajriba 120-180 marta takrorlangandan keyingina o‗zgartirgan). Bo‗g‘im oyoqlilarda, ayniqsa hasharotlarda muhitning muayyan sharoitlariga munosabat bildirishining murakkab, tug‘ma shaqli - instinktlar mavjuddir. Instinktlar - izchil ravishda bir qancha moslashuvchi harakatlarni keltirib chiqargan holda xalqasimon xarakter kasb etadi. (O‗rgimchak tuxumi uchun pilla yasab o‗zi bilan olib yuradi, bolalari mustaqil harakatlana boshlashi bilan tashlab ketadi). Asalarilarda guruhiy hatti- harakatlar bilan bog‘liq bo‗lgan eng murakkab instinktlarni ko‗ramiz. Asalari uyasida bitta ona ari, bir necha o‗nlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi arilar bo‗ladi, hammasining ishi turlicha taqsimlanganday (er arisi ovqat topib kelishini, uyani qarab chiqishini frantsuz olimi K. Fabri kuzatgan). K.Fabri arining bir qolipdagi, maqsadga muvofiq bo‗lmagan hatti-harakatini kuzatgan. Yer arisi
o‗z uyasi oldiga chalajon chigirtkani keltirib,uya oldiga qo‗yadi va ichkarini qarab chiqish uchun kirib ketadi, shu vaqt tajriba o‗tkazuvchi Fabri chigirtkani boshqa joyga olib qo‗yadi, ari chiqib qarasa chigirtka o‗rnida yo‗q, qidirib topadi va yana uyasi oldiga olib kelib qo‗yadi va uya ichiga kirib ketadi, olim yana olib qo‗yadi va hokazo. Bu holat 40 marta takrorlanadi. Rus zoopsixologi V.A.Vagner (1849- 1934) urg‘ochi o‗rgimchakning nomaqbul bo‗lib qolgan instinktlari sharoitida uning hatti-harakatlarini kuzatgan. (O‗rgimchak pillasi ichidagini zararkunandalar yeb ketsa ham ona o‗rgimchak qo‗riqlab yuraveradi). Bu misollar instinktning cheklanganligini ko‗rsatadi. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat‘iy bog‘liq bo‗ladi. Instinktiv harakatlar undan standart shart sharoitlar o‗zgarishi bilanoq o‗zining maqsadga muvofiqligini yo‗qotadi. Shunday qilib, hatti- harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir. Jonzotning individual hayot kechirishi jarayonida orttirilgan va tug‘ma hatti-harakat programmasining puxta bajarilishini ta‘minlaydigan tajriba instinktlarining rivojlanishiga yordam beradi. Shartli bog‘lanishlar faqat fe‘l- atvorning instinktiv hatti-harakatlar programmalari doirasida hosil bo‗ladi. (O‗z nasli uchun qayg‘urish instinktini - baliqlarda, o‗zini himoya qilish instinktini- skuns degan hayvonning o‗zidan yoqimsiz hid chiqarib o‗zini himoya qilishida ko‗rishimiz mumkin). Sodda hayvonlarga qaraganda umurtqali hayvonlarda shartli bog‘lanishlar mislsiz ko‗p hosil bo‗ladi. Hayvon evolyutsion taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko‗tarilgan sari hosil bo‗ladigan shartli bog‘lanishlari ham shuncha murakkabrok va yana ham nafisroq bo‗lishi mumkin. Asalarida yana ham murakkabrok instinktlarni ko‗ramiz. Ma‘lumki bir asalari uyasida tuxum ko‗yadigan katta ona ari, bir nechta erkak ari va juda ko‗p ishchi arilar bo‗ladi. Eng murakkab qiliqlar ishchi arilarda bo‗ladi. Ular yoshi o‗zgara borishi bilan oilada turli ishlarni bajaradi: uy tozalaydi, lichinkalarni ovqatlantiradi, uy quradi, ovqat yig‘adi, eshik oldida qorovullik qiladi. Yosh hayvonlar instiktiv xarakatlarini kuzatganimizda ularning xatixarakatlari xech kanday o‗rgatishsiz yuz berishini, ya‘ni ota- bobolarining xarakatlarini o‗z- o‗zidan takrorlab ketaverishini kuramiz. Lekin yoshlarning xarakatlari kattlarinikiga nisbatan bir muncha yomonrok buladi.
Nasldan o‗tgan xarakatlar pragrammasini anik bajarish asosida va tajribaning ortishi tufayli instinktlar o‗sib boradi. Xarakatlarning instinktiv shakli fakat bugimoѐklilarda emas, balki barcha umirtkali xayvonlarda (balik, anfbiya, kush va xashoratlarda) kurish mumkin. Ularda jinsiy, ovkatlanish, ximoyalanish instinktlari kuplab uchraydi. SHunday kilib hayvonlarning instinktiv xarakatlarini 4 guruxga bulish mumkin: Ovkatlanish instinkti – xayvonlarning uz va bolasi uchun ovqat qidirib topish, ovqat g‘amlash xarakatlari. Ximoyalanish instinkti - hayvonning uz hayotini va omonligini saqlash xarakatlarida ifodalanib, u ikki ko‗rinishda sodir bo‗lishi mumkin. Birinchisi, dushmanga xujum qilish, ikkinchisi , uzini ximoya qilish. Xar bir hayvon uzini dushmandan saqlash uchun biror organidan ( shoxlari, tuѐklari, tish- tirnoklari, tikonlari kabi ) yoki zaxarli suyuklikdan foydalanadi.Masalan, afrika kobrasi uz zaxarini 3,5 m masofaga ota oladi. Nasl koldirish instinkti. Bu ota –onalik instinkti sifatida ko‗rinib nasl- avlod uchun g‘amxurlik qilish, uni ma‘lum vaqtgacha ovqat bilan ta‘min etish, xav- xatardan saqlash, o‗z bolalarini parvarish qilish tug‘ma maxoratiga ega bulib, o‗z naslining kelajagi haqida g‘amxo‗rlik qiladi. To‗da bo‗lib yashash instinkti. Bu instinkt hayvonlarining turli usullar bilan o‗zaro aloqa qilishida,xilma –xil shaklda birgalashib, to‗dalashib, poda bo‗lib, gala bo‗lib yashashlarida zoxir bo‗ladi. Yukori darajadagi hayvonlarda birinchi o‗rinda yangi, bir muncha plastik, ya‘ni sharoitga qarab o‗zgara oladigan xatti-xarakatlar chiqadi. Ular olamni ancha keng aks ettirish imkoniyatini beradi. Hayvonlar tarakkiyotining kanchalik yuqori bosqichida tursa ular turli muvvaqat bog‘lanishlarni shunchalik tez hosil qiladilar. Olamni aks ettirishning bundan keyngi bosqichi individual xayot tajribalari asosida hosil qilingan bir muncha murakkab, shu bilan birga,plastik xarakatlar tufayli bo‗ladi. Individal plastik xarakatlar uchun muxitni, shu paytdagi sharoitni analiz va sentiz kilish xosdir. Jonli materiya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi bosqich hatti-harakatning yangi belgilarini mustaqil hosil qilishga asoslangan. Nafis-o‗zgaruvchan-plastik individual hatti - harakatning yanada murakkabroq shakllarini keltirib chiqaradi.(Tovuqqa don sepib oldini to‗r bilan to‗sib qo‗yilsa, o‗zini bir necha marta sim to‗rga uradi, keyin o‗tish joyini topib oladi.). Yuksak
taraqqiy etgan hayvonlarda hatti-harakatning instinktiv shaklari bilan bir qatorda o‗zgaruvchan individual shakllari - malakalar va intellektual hatti-harakatlar ham mavjud bo‗ladi. Malakalar deganda hayvonlarning shartli bog‘lanishlariga asosan bajaradagan va avtomatik tarzda takrorlanadigan hatti-harakat tushuniladi. (quyonning nog‘ora chalishi,zanjirdagi bog‘liq itning keyingi oѐg‘i bilan yemishini tortib olishi). Ayniksa sut emizuvchilar sharoitni ancha yaxshi taxlil kila oladilar va o‗zgargan muxitga o‗z xarakatlarini moslashtira oladilar. Yukori darajadagi hayvonlarda instinktiv xarakat bilan bir qatorda tez o‗zgaruvchan individual xarakatlar – malakalar va faxm bilan aloqador xarakatlar ham mavjud bo‗ladi. B. Keller maymunning xarakatlarini batafsil kuzatib «Yukori darajada tashkil topgan hayvonlar sharoitni analiz qasosida faxm bilan aloqador xarakatlar qila oladi» degan xulosaga kelgan. Keyinchalik amerika psixologi Ierks, avstriya psixologi K.Byuler, gollandiyalik psixolog Boytendayk xam maymunlar bilan tajribalar utkazib yukoridagi fikrni tasdikladilar. Xayvonlardagi faxm bilan alokador xarakatlarni o‗rganish masalasi bilan rus olimlari xam shugullangan. Bu ishni dastlab zoopsixolog-darvinist olim V.A.Vagner boshlab bergan edi. Keyinchalik esa I.P.Pavlov, N.N.Ladigina-Kots, N.Yu.Voytonis, G.Z.Roginskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontьev kabi olimlar bu ishni davom ettirdilar. Ayniksa LadiginaKotsning shimpanze bolasi bilan psixikasining rivojlanishi ustida utkazgan tadkikotlari butun jaxonga mashxurdir. Rus olimlarining kalamushlar, tovuklar, karga, it va maymunlar ustida olib borgan tadkikotlari xayvonlarda psixikaning rivojlanish boskichlari, ularda kunikmalar xosil bulishi va faxm bilan alokador xarakatlar kila olishini bilishda juda katta axamiyatga ega buladi. Odamsimon maymunlar kuplab faxm bilan alokador xarakatlar kila olishda boshka xayvonlar ichida aloxida urinda turadi. Masalan, odamsimon maymunlarning bir turi primatlar boshka sut emizuvchi xayvonlarga karaganda fakat ovkat manbalarinigina emas, balki xamma turdagi narsalarni timirskilab, tekshirib kurishga juda ustadir. Bunday kizikishni I.P.Pavlov «sabotli», «begaraz kizikuvchanlik», «sinchkovlik impulьsi» deb atagan edi. Maymundagi ana shu xususiyat, buning ustiga ularda kuzning yuksak darajada tarakkiy kilganligi ularning idrok doiralarini bekiѐs ravishda kengaytiradi, tajriba
boyliklarini nixoyada oshirib yuboradi va kunikmalarning tarkib topishida, murakkab xarakat shakllarining vujudga kelishida boshka xayvonlarga karaganda unga keng imkoniyatlar yaratadi. Boshka xayvonlarga karaganda maymunlarda tekshirish refleksining kuchliligi ulardagi kul tipidagi oѐkning mavjudligidir. CHunki ular «kul» ѐrdamida tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. SHuning uchun ularda boshka xayvonlarda bulmagan vaktli boglanishlar kuplab xosil buladi. Xayvonlar xam uzaro munosabatda buladilar va bir-birini tushunadilar. Xatto ganglioz nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlar xam kattakatta galaga uyushib xaѐt kechiradi. CHumolilarning tili yanada murakkabdir. Olimlarning utkazgan tadkikotlaridan ma‘lum bulishicha, chumolilar bir-birini juda yaxshi tushunar ekan. Bunda ular topgan uljasi, xavf – xatar va boshka kup extiѐjlari xakida bir-birini xabardor kiladi. Xush, ular kanday kilib gaplashadi? Kupchilik olimlar chumolilarning uzaro aloka kiladigan asosiy tili – kimѐviy til bulsa kerak, deyishadi. CHumolilar kaysi tomonga yurishini, xavf-xatarni va boshka signallarni xidli modda chikarish bilan ma‘lum kiladi. Kimѐviy signallar chumolilarning birbiri bilan aloka kilish yullaridan biri xolos. Umuman olganda, bu xashoratlarning «nutqi va aloka vositalari xilma-xil». Ganlioz nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarning turli kiѐfada turishlari, tovush signallari , xid tarkatishlari, xar xil usulda suykalishlari ularda til vazifasini utaydi. Xasharotlarning tudadagi yalpi xatti –xarakatlari maksadga muvofikligi va uygunligi bilan kuzatuvchini xayratda koldiradi. Lekin ularning bu xarakatlari negizida axborot oluvchi xayvonlarning bir xildagi reaktsiyalari ѐtadi. Ularning reaktsiyalarida zarracha xam anglash, axborotlarni kayta ishlash рollalarini mutlako uchratmaymiz.

Yüklə 362,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin