Hozirgi kunga kelib hayvonlarni fe‘l - atvorini tushuntiruvchi model K.Anoxinni fuktsional sistemalar haqidagi ta‘limotidir. Bu ta‘limotga ko‗ra, funktsional sistemalar har bir hayotiy jarayonlarni asosida yotadi. Bosh miya strukturalarini tanlab, ishga soladi va buni natijasida hayvon o‗zi uchun foydali bo‗lgan harakatni sodir qiladi. Agar hayvon maqsadga erishmasa, u yana qaytadan ushbu sistemani ishga soladi va oxir - oqibatda o‗zi uchun foydali bo‗lgan ma‘lum bir maqsadga
erishdi. Funktsional sistemalar oddiy va murakkab bo‗lishi mumkin. Oddiy funktsional sitsemalar o‗z - o‗zini boshqarish xususiyatiga ega. Ularni ko‗pchiligi organizm ichidan tashqariga chiqmaydi. Masalan; qon bosimini bir xil ushlab turuvchi fuktsional sistema, yo siydik tarkibini bir xil ushlab turuvchi sistema, organizmda issiqlikni bir xil ushlab turuvchi sistema va x. k . Murakkab funktsional sistemalar esa hayvon organzmiga bog‘langan. Turli xil fe‘l-atvorlar shu murakkab bo‗lgan fuktsional sistemalarga kiradi.
P.K.Anoxinni nazariyasiga ko‗ra fe’l-atvornifiziologikarxitekturasiquyidagi ketma-ket keladigan davrlardan iborat:
Afferent sintez davri. Bu davrda tashqi dunyodan kelayotgan signallar bosh miyada sitezlanadi. Bunday sitez paytida hayvonlarni shu paytdagi kalit afferentatsiya muhim ahamiyatga ega. Motivatsiyalar hayvonni o‗sha paytdagi ehtiyojiga bog‘liq. Bu ehtiyojlar vital, ideal va sotsial xarakterda bo‗lishi mumkin. Motivatsiyada miyani limbik sistemasi va retikulyar formatsiyasi ishtirok etadi.
―Kalit‖ ta‘sir bor. Masalan: qushlarni berkinishiga ―kalit‖ ta‘sir kalxatni ko‗rinishidir. Shu paytdagi sharoit ham muhim ahamiyatga ega. Sharoit yaxshi bo‗lmasa funktsional sistema ishga tushmatsdi. Hayvonni xotirasi, ya‘ni tajribasi ham hal qiluvchi omillardan biridir. Hayvon o‗z tajribasiga tayanib hozir ishlatish mumin bo‗lganlarni xotirasidan tiklaydi.