Mavzu. Zoopsixologiya



Yüklə 362,24 Kb.
səhifə2/13
tarix07.01.2024
ölçüsü362,24 Kb.
#204123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar

Bixeviorizm, etologiya. Bixeviorizm-psixologiyada dastavval AQShda hayvonlarda o‗tkazilgan kuzatishlarning (E.Torndayk, D.Uotson va boshqalar) natijasi sifatida paydo bo‗lgan yo‗nalishdir.
Bixeviorizmning negizini psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixikani va ongni inkor etish yotadi. Faqat xulq-atvorgina tadqiqot predmeti deb tan olinar, psixologiyaga esa xulq-atvor va muhitning o‗zaro nisbati qonuniyatlarini tadqiq etish tavsiya qilinar edi.
Bixevioristning fikricha, psixologiyaning vazifasi hissiyot organlariga ta‘sir qiladigan omil-stimul (S) ni, ya‘ni qo‗zg‗atuvchi (ga qistirish, o‗q otish, kartina ko‗rsatish va shu kabilar)ni bilgan holda unga javob, ta‘sir — reaktsiya (R) qanday bo‗lishini yoki ta‘sirotni bilgan holda uning qaysi bir omilga javob tariqasida yo‗z berganini oldiyadan paytib berishdai iborat emish. Klassik bixeviorizmning formulasi — S→R dir. Bixevioristik psixologiyaning mexanistikligi izchildir: odam —bu xuddi xayvonlar kabi, psixikaga egami, yo yo‗qligidan qathi nazar, u qo‗zgatuvchilarga jatzob beradigan o‗ziga xos bir mashinadir.
Stimul bilan reaktsiya (S→R) o‗rtasidagi, ya‘ni miyaga «kirish» bilan
«chiqish»da yo‗z beradigan narcalar o‗rtasidagi nisbatni ro‗kach qilib, bixeviorizm «kirish» bilan «chiqish» o‗rtasida nima boru, nima yo‗qlkgini bevosita kuzatish mumkyan bo‗lmaganlyagv sababli, ularii ilmiy tahlil qilib bo‗lmay-digan («qora quti») soha deb ehlon qilgan edi. Bixevioristlar o‗z ekserimentlarini asosan xayvonlarda (hammadan ko‗roq oq sichqonlarda) o‗tkazib, so‗ngra shu tariqa chiqarilgan xulosalarii odamga nisbatan joriy etishardi. Shuning uchun ham kishi shaxsining faolligi amalda inobatga olnnmasdi. Bixeviorizm o‗rgatish jarayonini ham xuddi shu xilda mexanistik tarzda tahriflagan edi. Bixevioristlar hayvonlarning xatti-harakatini (masalan, ekserimentda labirintdan chiqishi yo‗lini izlashini) o‗rganib, muammoning
echimiga «sinash va adashish» yo‗li bilan erishilishi haqidagi xulosaga (E.Torndayk va boshqalar) kelishadi. Bundan yo‗l ko‗gina varnantlarni tanlab chiqilgandan keyin istalganiga erishilishini tahminlaydigan bitta varianti qolmaguncha tusmollab qilingan (rakatlarning «ko‗r-ko‗rona tanlanishi» deb talqin qilinardi, Bu xulosa odamning xayvondan sifatiy farqlarini inkor etish uchun inson haqidagi ta‘limotning ta‘rifiga ham joriy qilingan edi.
Bixevioristlar, jumladan, E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e‘tibor qilganlar. Ular o‗zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni o‗rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaktsiya tezligiga nisbatan namoyon bo‗lish xususiyati, har- xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to‗g‘risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Klerk Xallning fikrlariga I.P.Pavlov, CH. Darvin, E.Torndayk, E.Tolmenlar ishlari o‗z ta‗sirini ko‗rsatgan. Haqiqatdan yangi xulq-atvomi egallash shartlarini eksperimental tadqiqi shuningdek, o‗rgatish dinamikasi amerikalik psixolog E.Torndaykning diqqat markazida bo‗lgan. E.Torndayk ishlarida hayvonlarda muammoli vaziyatlami hal etish qonuniyatlari ko‗proq o‗rganilgan. Hayvonlar mushuk, it, maymun maxsus yasalgan muammoli quti yoki labirintdan mustaqil ravishida chiqish yo‗lini topishlari kerak edi. Keyinchalik xuddi shunday tajribalarda sinaluvchi sifatida kichik yoshdagi bolalar ishtirok etgan. Labirint yoki eshikni ochish vazifasini hal etish usulini holatirishini namoyon qiluvchi murakkab, ichki sabab natijasida yuzaga kelgan bunday xulq-atvomi tahlil qilishida ma‗lum bir reaksiyani yuzaga keltiruvchi stimulni ajratish qiyin. E.Torndayk ma‘lumotlariga ko‗ra dastavval hayvonlar ko‗plab tartibsiz harakat sinovlami amalga oshirgan va tasodifan muvaffaqiyatga olib boradigan kerakli harakatlami qilgan. Ushbu qutidan chiqishning keyingi harakatlarida xatolar soni kamayib unga sarflangan vaqt ham qisqargan. O‗rgatish turi sinaluvchi odatda, xulq- atvoming turli variantlarini operantlarini harakat qilish anglamagan holda sinashi va ulardan ko‗proq to‗g‗ri mos kelganini tanlab olishidir, bu operant asoslash nomini olgan. Intellektual vazifalami hal etishda sinov va xatolar metodi inson va hayvonlar xulq-atvorini
tavsiflovchi umumiy qonuniyat sifatida ko‗rib chiqila boshlangan.
Torndayk o‗rgatishning to‗rtta asosiy qonunini ta‗riflagan:

  • Takrorlash qonuni mashq qilish stimul va reaksiya o‗rtasidagi aloqa qanchalik tez-tez takrorlansa, shunchalik u tezroq mustahkamlanadi va mahkamlanadi.

  • Ta‗sir effekt qonuni (qo‗llab-quvvatlash). Reaksiyalami o‗rganishda qo‗llab- quvvatlash bilan birga kuzatilganlardan ijobiy yoki salbiy biri mustahkamlanadi.

  • Tayyorlik hozirlik qonuni. Subyekt holati ochlik suvsizlik hissini his qilayotgan yangi reaksiyalami ishlab chiqish uchun ahamiyatsiz emas.

  • Assotsiativ o‗rgarish qonuni.




Yüklə 362,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin