Mavzu№7.
Nazla
Ko‘z kasalliklari orasida birlamchi nazla eng og‘ir ko‘rlikka olib keluvchi, shu sababli chuqur
nogironlikka olib keluvchi, ba’zida tuzatib bo‘lmaydigan kasallikka kiradi. Bu kortiko-sensor kasallik
bo‘lib, ko‘z ichki bosimini ko‘tarilishi, ko‘ruv maydonini torayishi, adaptatsiyani buzulishi, ko‘ruv nervi
va ko‘z olmasida organik o‘zgarishlarning taraqqiy etishi asosiy belgilaridan hisoblanadi. Bularga ko‘ruv
nervi diskining (KND) eksqavatsiyasi va rangini o‘zgarishi, qon tomirlarini siljib qolishi va yana old
kamera burchagidagi trabekulyar apparatda, shlemmov kanalda bo‘ladigan o‘zgarishlar kiradi.
µaysi kasbda bo‘lmasin kelajakda bo‘ladigan vrachlar birlamchi nazlani ba’zi umumiy
kasalliklar (ateroskleroz, qandli diabet, gipertoniya kasalligi) bilan bog‘liq xolda yoki nasl orqali o‘tishini
bilishlari kerak.
Nazla kasalligi 40 yoshdan oshgan kishilarda paydo bo‘lishi mumkin. Bu kasallik
O‘zbekistonda ko‘rlik bo‘lishi sabablari orasida 2-3 o‘rinni egallaydi. Shuning uchun nazlaning kelib
chiqish sabablari, belgilari, solishtirma tashhisi, kasbsiz vrachlik yordamini ko‘rsatish ( ayniqsa yopiq
burchakli o‘tkir xurujli nazlada ) dispanser ko‘rigidan o‘tkazish va nazlaning bemorlarni reabilitatsiya
qilish (qonservativ va jarrohlik davolash)ga katta ahamiyat beriladi.
Oftalmolog bo‘lmagan vrachlar boshqa kasalliklarda umumiy ta’sir qiluvchi ba’zi dorilarni,
nazlaning kechishiga patologik ta’sir ko‘rsatib, ko‘z ichki bosimini ko‘tarib, o‘tkir xurujga olib kelishi
ko‘p xollarda yolg‘iz ko‘radigan ko‘zdagi ko‘rishni yo‘qolishiga olib kelishini bilishlari zarur.
A.P. Nesterov va A.YA. Buning bo‘yicha birlamchi nazlaning klassifikatsiyasi:
1.
Etiologiyasi.
2.
Nazlaning shakli:
Dostları ilə paylaş: