Modda almashinuvchi buzilishi natijasidagi va boshqa keratitlar Avitaminoz keratit. Bunda teri, shilliq parda va ko‘z tomonidan o‘zgarishlar ko`zatiladi. Bu
kasallik asosan oshqozon-ichak traktining kuchli o‘zgarishlari, o‘pka kasalliklari va sepsisda yuzaga
keladi.
Birlamchi prekseroz holati yuzaga kelib, ko‘z tirqishida ko‘z yoshi quriydi. Shox parda
xiralanib, yaltiroqligi yo‘qoladi va sirti quriydi.
Epitelial kseroz davrida ko‘z tirqishi oysimon burmalarida quruq tangachalar xosil bo‘lib, shox
parda epiteliysi qurib, ko‘cha boshlaydi (giperkeratoz). Bunda RR, V
1
, V
2
vitaminlarining etishmovchiligi
ko`zatiladi.
Davolash uchun umumiy va maxalliy tarzda vitaminlar yuboriladi, asosiy kasallik davolanadi.
Bashorat yaxshi.
Zamburug‘li keratitlar yoki keratomikozlar surunkali kechuvchi keratoqon’yunktivitni eslatib,
sekin asta va bir oz ajralma xosil qilib boradi. Tashhislash laborator usulda zamburug‘larni aniqlanishiga
asoslanadi. Bunday keratitlar asta, korneal sindrom uncha rivojlanmagan holda o‘tadi. Shox pardada
mayda ipsimon va unsimon bo‘sh – qurilish infiltratlar xosil bo‘lib, ularning rangi kulrang, chegarasi
aniq, sarg‘ish xoshiyali. Kasallik uzoq davom etadi, davolashga ta’sirchanligi past. Davolash antimikoz
vositalar (amfoterramitsin, trixomitsin, nistatin) va simptomatik dori-darmonlar yordamida o‘tkaziladi.
Bundan. Tashqari sulfanilamidlar, sink va rezorsin qo‘llaniladi. Mexanoterapiya, infiltratlarni efir,
Bryll.Gruni spirtli eritmasi, prioterapiya usullarida kuydirish tavsiya etiladi.
Shunday qilib, keratitlarni to‘g‘ri tashhislash va o‘z vaqtida o‘rinli davolash va profilaktik
muolajalar ushbu kasallik bo‘yicha ko‘rishning pasayishi hamda ko‘rlikning kamayishiga olib keladi.
Mavzu№6. TOMIRLI PARDA VA GAVHAR KASALLIKLARI Avval tomirli pardaning anatomo – fiziologik hususiyatlari, rangdor parda, kipriksimon
tana, xorioideyaning qon aylanishi takprorlpnadi.