Gavxar anatomiyasi. Gavxar aylana shakldagi, ikki satxi bo‘rtiq linzani eslatadi. Ko‘z gavxari qorachig‘ orqasida
joylashgan bo‘lib, kipriksimon tanadan chiqib, ko‘p sonli juda nozik senn boylamlari uning ekvatoriga
kelib yopishadi.
Ko‘z gavxarining qalinligi 3,5 mm ga diametri esa 9-10 mm ga teng. Gavxar akkomadatsiya va
nur o‘tkazish vazifasini bajaradi. 18- 20 yoshga to‘lganda gavxar yadrosi shakllanadi, gavxarda xususiy
qon tomirlar bo‘lmaganligi sababli undagi moddalar almashinuvi ko‘z ichi suyuqligi hisobiga amalga
oshiriladi.
Gavxarning loykalanishi katarakta deyiladi. Ko`z gavxari loykalanganda karachig ok kulrang
tus oladi.
Katarakta tugma va orttirilgan buladi. Tugma kataraktalarda loykalanish kaysi kismda
ekanligiga karab oldingi va orka kutub kataraktasi (cataracta Polaris ant. Etpost) kartikal kotarakta
(cataracta corticalis) qavatma qavat katarakta va tuliq kataraktalarga ajratiladi. Tug‘ma kataraktaning
o‘ziga xos uch asosiy belgisi bor
1.
Ikkala ko‘zda bir vaqtda paydo bo‘ladi.
2.
Qonsistensiyasi yumshoq bo‘ladi.
3.
Loyqalanish avj olmay bir xilda turadi
Xayotda orttirilgan kataraktaning eng ko‘p uchraydigan – qarilik kataraktasidir. Qarilik
kataraktasining 4 ta klinik davri bor.
1.
Boshlang‘ich katarakta.
2.
Etilmagan katarakta.
3.
Etilgan katarakta.
4.
O‘ta pishgan katarakta.
Kataraktaning
birinchi bosqichda o‘zgarishlar: loyqalanish juda kamdan-kam qarachig‘
markazida yoki orqasida paydo bo‘ladi. Bunda diffuz oq kulrang bo‘lib ko`rinadi.
Ikkinchi bosqich: Etilmagan kataraktada loyqalangan chiziqlar qalinlashib bir-biriga aralashib
qorachig‘ sohasiga etib kelali. Ular biroz shishadi, yadro atrofiga tarqaladi va ko‘rish pasayadi. Oldingi
kamerani chuqurligi kichrayadi, ko‘rish 0,1-0,2 gacha kamayadi.