tiniklikning yukolishi va shox pardaning (xiralashishi) nursuzligi bilan xarakterlanadi. Ayniksa, shox
pardani epiteliysini 1 foizli natriy flyuoressein bilan inetillyasiya kilinganda, natijasi kandayligi
(defektlari) yakkol ko`rinadi, bunda ular och yashil tusni oladilar.
Kontuziyaning birinchi kup uchraydigan belgilaridan biri rangdor va shox parda burchagidagi
qon tomirlarning dilyatatsiyasi va yorilishidir, buning natijasida oldingi kamerada xar xil intensivlikdagi
qon kuyilishlar – rangdor pardada qon izlari va kamera suyukligidagi biroz qon kushimasidan rangdor
parda xam korachik xam ko`rinmaydigan gifema va total qon kuyilishigacha bulishi mumkin. Ikkinchi
belgi – qon kuyilish shishasimon tanada (gemoftalm) va ko`zning boshka bulimlarida xam bulishidan
iborat. Qon kuyilishining lokalizatsiyasi kattaligiga ko`ra, ko`rish faoliyati xar xil darajada pasayadi.
Tumtok shikastlanishning uchinchi, kup uchraydigan belgisi – rangdor pardani va kipriksimon
tananing kontuziyasidir, bu rangdor pardani pirpirashi (iridodonez),
korachikning kengayishi, notugri
shaklni opishi va yoruglikka reaksiyasining susayishi, oldingi kamera chuko`rligining notekisligi,
akkomadatsiyaning buzilishi va uzok-yakinni ko`rishni pasayishidan iborat. Agar shikastlanish natijasida
sinn boilamlari uzilib ketsa, gavxarning yarim siljishi va umuman siljib ketishiga, bu esa ko`rish
kobiliyatini keskin pasayishiga olib keladi.
Keskin kontuziya bilan namoyon bulgan tumtok shikastlanish qon kuyilishidan tashkari rangdor
pardani yorilishi yoki uzilishi (iridodialix), xorioideya va tur pardaning yorilishi yoki uzilishi, tur
pardaning kuchishi, ko`ruv nervining erilishi va umuman uzilishiga olib kelishi mumkin.
Bu patologiyaning xamma ko`rinishlari shikastlanishning kattaligi va lokalizatsiyasiga ko`ra
birinchi navbatda markaziy va periferik ko`rish xolatiga ta’sir kiladi, xatto ko`z ko`rmay kolishiga xam
olib keladi. Ko`z olmasining tumtok shikastlanishidagi birinchi shifokor yordami kuyidagilardan iborat:
Ko`z atrof tukimalari kontuziyasidagi ko`rsattilgan
birinchi yordamdan tashkari, qon’yunkival
kopchaga antibiotik yoki sulfanilamid eritmasi, agar bulsa, ogriksizlantiruvchilar (novokain, dikain,
lidokain) xam tomizish kerak. Engil aseptik boglam kuyiladi va bemorni kechiktirmasdan oftalmologga
yuboriladi.
Oftalmologning vazifasiga zamonaviy usullar bilan shikastlanishning ogirlik darajasini
aniklash va keyingi ambulator yoki statsionar sharoitda davolanishni davom ettirish muammosini echish
kiradi.
Kasalxonada symptomatik, yalliglanishga karshi, regenerator, neyrotrofik va suriltiruvchi
davolashlar kilinadi.
Dostları ilə paylaş: