Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi


Asoratlari: ko‘z gavhari va shishasimon tana xiralanishi.  Etiologiyasi



Yüklə 321,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/29
tarix27.12.2023
ölçüsü321,41 Kb.
#200456
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Таркатма-материал

Asoratlari:
ko‘z gavhari va shishasimon tana xiralanishi. 
Etiologiyasi: 
tuberkulez, toksoplazmoz, revmatizm, viruslar (gerpes, adenovirus), zamburg‘lar 
kollagenoz. 
Davolash: 
qorachiqni atropinning 1%li eritmasi yordamida kengaytirish, adrenalin 0,1%li 
eritmasini Gredle usulida qo‘yish. Qon’yunktiva ostiga adrenalin 0,1-0,2% va atropin 0,1% qilinadi. 
Kortikosteroidlardan deksazon 0,5 va gentamitsin 0,5 parabulbar qilinadi. So‘rdiruvchi terapiya – aloyo 
bilan elektroforez, lidaza bilan elektroforez, issiq beruvchi mulajalar . 
Uveit bo‘lgan bemorlarga quyidagi umumiy davolash ham o‘tkaziladi: 
etiologiyasi 
tuberkulez bo‘lganida - ichishga ftivazid, ushak orasiga tubazid, salyuzid, streptomitsin, vitaminlardan 
V1, V12, desensibilizatsiyalovchi dori- darmonlar: 
Etiolgyasi brutsellez bo‘lganida – anatibiotiklar, sulfanilamidlar bilan birgalikda spetsifik 
vaksinotterapiya o‘tkaziladi; 
Toksoplazmoz uveitlarda – xloridin (0,025 2 mahal 5 kun davomida) , sulfadimezin ( 0, 5 4 
mahal 7 kun davomida), 10 kundan so‘ng davolash takrorlanadi. 


Uveopatiyalar
Ko‘z tomirli pardasining distrofik kasalliklari uveopatiyalar deyiladi. 
1.
Fuks sindromi – shox pardada pretsipitatlar, katarakti, 
shishasimon tananing donachali destruksiyasi. Keyinchalik ko‘z ichki suyuqligi chiqishi buzilishi 
natijasida ikkilamchi glaukoma rivojlanadi. 
2.
Rangdor parda distrofiyasi – noto‘g‘ri shakldagi qorachiq, 
rangdor parda pigmentli qavatining qorachiqqa ag‘darilishi, rangdor parda atrofiyasi, sinexiyalar paydo 
bo‘lishi, goniosinexiyalar va ikkilamchi glaukoma rivojlanishi. 
3.
Glaukoma – siklitik krizlar – ko‘z ichki bosimining tez 
ko‘tarilishi, pretsipitatlar, shox parda salqishi. 
Bunday bemorlarni davolash trofikani yaxshilash, modda almashinuvini yaxshilashga 
qaratilgan. Katarakta va glaukoma –jarrohlik yo‘li bilan davolanadi.

Yüklə 321,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin