suyuq, fibrin va leykotsitlardan iborat gipopion paydo bo‘ladi. Shox parda erishi va teshilishi mumkin.
Agar infiltrat ushbu teshik orqali ko‘z ichiga tushsa panoftalmit rivojlanadi.
Shox parda yarasini davolash umumiy va mahalliy ravishda kuchli miqdorda antibiotiklar va
sulfanilamidlar qo‘llashdan iborat. Ko‘zdagi og‘riqni yo‘qotish maqsadida har soatda novokainning 2% li
eritmasi tomiziladi. Qon’yunktiva
qopchasiga antibakterial, neyrotrofik, regenerator va boshqa dorilar
tomiziladi. Dori tomizilishdan avval ko‘zni dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuviladi. Bundan tashqari
vitamin tomchilar va midritiklar qo‘ylaniladi. Kasallikning o‘ta rivojlanishi ko`zatilsa. Yaraning
progressiv qirg‘og‘i krio- va diatermokoagulyasiya qilinadi, paratsentez va
old kamerani keng spektrli
antibiotiklar yordamida yuviladi. Og‘riq kuchli bo‘lsa parabulbar novokainli blokada qilinadi. Ichishga
salitsilatlar va desensibilizatsiyalovchi dorilar beriladi. So‘rdiruvchi dorilardan dionin, lidaza va
boshqalar qo‘llaniladi. Ferment va kortikosteroidlar kasallikning o‘tkir davrida ishlatilmaydi,
regeneratsya bosqichida esa o‘ta qo‘l keladi. Keyinchalik esa xosil bo‘lgan
chandiq keratoplastika yoki
keratoprotez usulida davolanadi.
Tuberkulez keratitlar.
Tuberkulez keratitlarga gematogen metastatik keratitlar kiradi. Klinik jixatdan ularning ikkita
asosiy turi – chuqur diffuz va chegaralangan keratitlar farqlanadi.
Asosan bir ko‘z xastalanadi. Tashhis klinik-laborator tekshiruvlar va anamnez tafsilotlari
asosida qo‘yiladi.
Chuqur diffuz keratit
(keratitis profundus diffusus) ko‘z olmasi tomirlarining perikorneal
in’eksiyasi, bir oz yorug‘likdan qo‘rqish va yosh oqishi bilan kechadi.
Shox parda polimorf-diffuz
xiralangan bo‘ladi. Shox pardaning xiralangan qismida alohida mayda kulrang – sariq infiltratlar
farqlanadi. Limb tomondan ushbu infiltratlarga yangi xosil bo‘lgan tomirlar keladi. Shox parda
endoteliysida kulrang – sarg‘ish «moyli» pretsipitlpr hosil bo‘ladi. Kasallik uzoq davom etib, remissiyalar
ko`zatiladi. Shox parda xiralanishi o‘zgarishsiz qolib, ko‘rishning o‘ta xiralanishiga olib keladi.
Chuqur chegaralangan (klerozlovchi) keratit
(keratitis profundus circumscriptus) ko‘zning
ta’sirlanishi bilan boshlanadi. Skleraning tashqi qismida, limb oldida giperemiya va shish ko`zatiladi.
Ushbu joydan shox pardaning o‘rta va chuqur qismlariga yakka yoki ko‘plab kulrang – oqish infiltratlar
tarqaladi. Ular ustidagi epiteliy notekis ko‘tarilgan. Shox parda vaskulyarizatsiyasi boshida bilinmaydi.
Kasallik
kechishi uzoq, retsidivlar ko`zatiladi. Infiltratlar urnida diffuz, oqish, tilsimon xiralanishlar
qoladi. Xiralanish yonidagi sklera yuqalashib, yaltiroq-kulrang tus oladi.
Tuberkulez metastatik keratitlarni okulist ftiziatr bilan birgalikda davolaydi. Bunda umumiy va
maxalliy ravishda maxsus antibiotiklar, desensibilizatsiyalovchi preparatlar va V guruh vitaminlari
qo‘llaniladi.
Katta kalloriyali parxez, uglevod v tuzlarni cheklash buyuriladi. Antibiotiklar bilan
birgalikda kortikosteroidlar, midriatiklar, salitsilatlar va sulfanilamid davolash barvaqt boshlanadi.
Bashorat yaxshi.
Sifilitik keratit.
Keratitis syphiliticus tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallik juda kam uchraydi
va asosan tug‘ma sifilisda ko`zatiladi. Yallig‘lanish parenximatoz bo‘lib, shox parda stromasida vujudga
keladi. Asosan 5 yosh va undan katta bo‘lgan bolalar xastalanadi. Keratit ko‘pincha Getchinson
triadasining bir belgisi sifatida uchraydi.
Parenximatoz keratit kechishida quyidagi bosqichlar ko`zatiladi:
1) Progressiv bosqich yoki infiltratsiya bosqichi. Bunda limbda to‘satdan
kulrang xiralanish
paydo bo‘ladi. Sekin asta xiralanish markazga etadi va shox parda oqish rangga kiradi, lekin yaraga
aylanmaydi. Ta’sirlanish belgilari boshida sezilarsiz, infiltratsiya kuchaygach yorug‘likdan qo‘rqish,
blefarospazm, yosh oqishish va og‘riq ko`zatiladi. Kasallikka rangdor parda qo‘shiladi va ko‘rish
pasayadi. Infiltratsiya bosqichi 3-4 xafta davom etadi.
2) Vaskulyarizatsiya bosqichida shox pardaga chuqur tomirlar o‘sa boshlaydi. Ular chuqur
joylashib, taroqsimon yo‘nalishga ega. Ba’zida ularning soni shunchalik ko‘pni,
shox parda pishgan
olchani eslatadi. Ko‘rish o‘ta pasayadi. Kasallik iridotsiklit bilan kechib, 6-8 xafta davom etadi.
3) Regressiv bosqich ta’sirlanishning pasayishi va yallig‘lanishining tugashi bilan ifodalanadi.
Shox parda tiniqlanib, ko‘rshi tiklanadi. Ushbu davr 1 yilgacha davom etadi.
Sifilitik keratitda asosan ikkala ko‘z xastalanadi.
Tashxislash musbat serologik sinovlarga asoslanadi (Vasserman, Nonne-Appelt va boshqalar).
Bundan tashqari beshta asosiy klinik belgilar uchraydi: 1) davriylik; 2) ikki tomonlama xastalanish; 3)
shox pardada yara xosil bo‘lmasligi; 4) xamkor iridotsiklit; 5) ko‘rishning tiklanishi.
Orttirilgan sifilitik keratit bir tomonlama, engil o‘tadi va qisqa muddat kechadi. Bashorat
yaxshi.
Sifilitik keratitni davolash teri-tanosil dispanserida o‘tkaziladi. Maxsus davolashda antibiotiklar,
simob va miyshyakdan foydalaniladi. Maxalliy ravishda
antibiotiklar tomiziladi, salitsilatlar, vitaminlar,
siklofosfan, atropin qo‘llaniladi. Kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida kortikosteroidlar tomiziladi.
Kasallik tinchiy boshlagach so‘rdiruvchi davolash o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: