Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/43
tarix07.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#51066
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Таркатма-материал-1

 

 

Bakterial keratitlar 

Shox parda suriluvchi yarasi (Ulcus sernens). Ushbu kasallikda ko‘zda kuchli,  og‘riq, yosh  va 

yiring  oqishi,  yorug‘liqdan  qo‘rqish,  blefaraspazm,  aralash  in’eksiya  va  xemoz  ko`zatiladi.  Shox  parda 

infiltrati  kulrang  –  sariq  tusda  bo‘ladi.  Birinchi  kunlar  davomida  u  yoriladi  va  tubi  kratersimon  bo‘lgan 

diksimon  shaklda  yaraga  aylanadi.  Yaraning  bir  qirg‘og‘i  regressiyalovchi  bo‘lib,  u  tekis,  ikkinchi 

qirg‘og‘i  progressiyalovchi  bo‘lib,  u  o‘yiq,  sarg‘ish  bo‘ladi.  Shu  joyda  shox  pardaning  infiltratsiyasi  va 

diffuz xiralanishi ko`zatiladi. ´suvchi qirg‘oq tezda emirilib, bir kecha kun davomida shox pardaning katta 

qismini egallaydi. Yaraga tomirlar kelmaydi. Ko‘zda og‘riq kuchayib, rangdor parda sarg‘ish – yashil tus 

oladi,  qorachiq  kuchli  orqa  sinexiyalar  hisobidan  noto‘g‘ri  shakl  oladi.  Old  kamera  tubida  sariq  rangli 




suyuq,  fibrin  va  leykotsitlardan  iborat  gipopion  paydo  bo‘ladi.  Shox  parda  erishi  va  teshilishi  mumkin. 

Agar infiltrat ushbu teshik orqali ko‘z ichiga tushsa panoftalmit rivojlanadi.  

Shox  parda  yarasini  davolash  umumiy  va  mahalliy  ravishda  kuchli  miqdorda  antibiotiklar  va 

sulfanilamidlar qo‘llashdan iborat. Ko‘zdagi og‘riqni yo‘qotish maqsadida har soatda novokainning 2% li 

eritmasi  tomiziladi.  Qon’yunktiva  qopchasiga  antibakterial,  neyrotrofik,  regenerator  va  boshqa  dorilar 

tomiziladi. Dori tomizilishdan avval  ko‘zni dezinfeksiyalovchi  moddalar bilan yuviladi. Bundan tashqari 

vitamin  tomchilar  va  midritiklar  qo‘ylaniladi.  Kasallikning  o‘ta  rivojlanishi  ko`zatilsa.  Yaraning 

progressiv  qirg‘og‘i  krio-  va  diatermokoagulyasiya  qilinadi,  paratsentez  va  old  kamerani  keng  spektrli 

antibiotiklar  yordamida  yuviladi.  Og‘riq  kuchli  bo‘lsa  parabulbar  novokainli  blokada  qilinadi.  Ichishga 

salitsilatlar  va  desensibilizatsiyalovchi  dorilar  beriladi.  So‘rdiruvchi  dorilardan  dionin,  lidaza  va 

boshqalar  qo‘llaniladi.  Ferment  va  kortikosteroidlar  kasallikning  o‘tkir  davrida  ishlatilmaydi, 

regeneratsya  bosqichida  esa  o‘ta  qo‘l  keladi.  Keyinchalik  esa  xosil  bo‘lgan  chandiq  keratoplastika  yoki 

keratoprotez usulida davolanadi. 

Tuberkulez keratitlar. 

Tuberkulez  keratitlarga  gematogen  metastatik  keratitlar  kiradi.  Klinik  jixatdan  ularning  ikkita 

asosiy turi – chuqur diffuz va chegaralangan keratitlar farqlanadi. 

Asosan  bir  ko‘z  xastalanadi.  Tashhis  klinik-laborator  tekshiruvlar  va  anamnez  tafsilotlari 

asosida qo‘yiladi. 

Chuqur  diffuz  keratit  (keratitis  profundus  diffusus)  ko‘z  olmasi  tomirlarining  perikorneal 

in’eksiyasi,  bir  oz  yorug‘likdan  qo‘rqish  va  yosh  oqishi  bilan  kechadi.  Shox  parda  polimorf-diffuz 

xiralangan  bo‘ladi.  Shox  pardaning  xiralangan  qismida  alohida  mayda  kulrang  –  sariq  infiltratlar 

farqlanadi.  Limb  tomondan  ushbu  infiltratlarga  yangi  xosil  bo‘lgan  tomirlar  keladi.  Shox  parda 

endoteliysida kulrang – sarg‘ish «moyli» pretsipitlpr hosil bo‘ladi. Kasallik uzoq davom etib, remissiyalar 

ko`zatiladi. Shox parda xiralanishi o‘zgarishsiz qolib, ko‘rishning o‘ta xiralanishiga olib keladi. 



Chuqur  chegaralangan  (klerozlovchi)  keratit  (keratitis  profundus  circumscriptus)  ko‘zning 

ta’sirlanishi  bilan  boshlanadi.  Skleraning  tashqi  qismida,  limb  oldida  giperemiya  va  shish  ko`zatiladi. 

Ushbu joydan shox pardaning  o‘rta va chuqur qismlariga yakka yoki  ko‘plab kulrang –  oqish infiltratlar 

tarqaladi.  Ular  ustidagi  epiteliy  notekis  ko‘tarilgan.  Shox  parda  vaskulyarizatsiyasi  boshida  bilinmaydi. 

Kasallik  kechishi  uzoq,  retsidivlar  ko`zatiladi.  Infiltratlar  urnida  diffuz,  oqish,  tilsimon  xiralanishlar 

qoladi. Xiralanish yonidagi sklera yuqalashib, yaltiroq-kulrang tus oladi. 

Tuberkulez metastatik keratitlarni okulist ftiziatr bilan birgalikda davolaydi. Bunda umumiy va 

maxalliy  ravishda  maxsus  antibiotiklar,  desensibilizatsiyalovchi  preparatlar  va  V  guruh  vitaminlari 

qo‘llaniladi.  Katta  kalloriyali  parxez,  uglevod  v  tuzlarni  cheklash  buyuriladi.  Antibiotiklar  bilan 

birgalikda  kortikosteroidlar,  midriatiklar,  salitsilatlar  va  sulfanilamid  davolash  barvaqt  boshlanadi. 

Bashorat yaxshi. 

Sifilitik keratit. 

 Keratitis syphiliticus tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallik juda kam uchraydi 

va asosan tug‘ma sifilisda ko`zatiladi. Yallig‘lanish parenximatoz bo‘lib, shox parda stromasida vujudga 

keladi.  Asosan  5  yosh  va  undan  katta  bo‘lgan  bolalar  xastalanadi.  Keratit  ko‘pincha  Getchinson 

triadasining bir belgisi sifatida uchraydi. 

Parenximatoz keratit kechishida quyidagi bosqichlar ko`zatiladi: 

1)  Progressiv  bosqich  yoki  infiltratsiya  bosqichi.  Bunda  limbda  to‘satdan  kulrang  xiralanish 

paydo  bo‘ladi.  Sekin  asta  xiralanish  markazga  etadi  va  shox  parda  oqish  rangga  kiradi,  lekin  yaraga 

aylanmaydi.  Ta’sirlanish  belgilari  boshida  sezilarsiz,  infiltratsiya  kuchaygach  yorug‘likdan  qo‘rqish, 

blefarospazm,  yosh  oqishish  va  og‘riq  ko`zatiladi.  Kasallikka  rangdor  parda  qo‘shiladi  va  ko‘rish 

pasayadi. Infiltratsiya bosqichi 3-4 xafta davom etadi. 

2)  Vaskulyarizatsiya  bosqichida  shox  pardaga  chuqur  tomirlar  o‘sa  boshlaydi.  Ular  chuqur 

joylashib,  taroqsimon  yo‘nalishga  ega.  Ba’zida  ularning  soni  shunchalik  ko‘pni,  shox  parda  pishgan 

olchani eslatadi. Ko‘rish o‘ta pasayadi. Kasallik iridotsiklit bilan kechib, 6-8 xafta davom etadi. 

3)  Regressiv  bosqich  ta’sirlanishning  pasayishi  va  yallig‘lanishining  tugashi  bilan  ifodalanadi. 

Shox parda tiniqlanib, ko‘rshi tiklanadi. Ushbu davr 1 yilgacha davom etadi. 

Sifilitik keratitda asosan ikkala ko‘z xastalanadi. 

Tashxislash  musbat  serologik  sinovlarga  asoslanadi  (Vasserman,  Nonne-Appelt  va  boshqalar). 

Bundan  tashqari  beshta  asosiy  klinik  belgilar  uchraydi:  1)  davriylik;  2)  ikki  tomonlama  xastalanish;  3) 

shox pardada yara xosil bo‘lmasligi; 4) xamkor iridotsiklit; 5) ko‘rishning tiklanishi. 

Orttirilgan  sifilitik  keratit  bir  tomonlama,  engil  o‘tadi  va  qisqa  muddat  kechadi.  Bashorat 

yaxshi. 



Sifilitik keratitni davolash teri-tanosil dispanserida o‘tkaziladi. Maxsus davolashda antibiotiklar, 

simob  va  miyshyakdan  foydalaniladi.  Maxalliy  ravishda  antibiotiklar  tomiziladi,  salitsilatlar,  vitaminlar, 

siklofosfan,  atropin  qo‘llaniladi.  Kasallikning  boshlang‘ich  bosqichlarida  kortikosteroidlar  tomiziladi. 

Kasallik tinchiy boshlagach so‘rdiruvchi davolash o‘tkaziladi. 

 


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin