Virus keratitlar
Asosan oftalmogerpes kasalligi uchraydi. Yiliga dunyo bo‘yicha 400-500 ming odam ushbu
xastalikka chalinadi. Uni chaqiruvchi oddiy gerpes virusli (Herpes simplex) filtrlovchi viruslar safiga
kirib, neyrotrop hususiyatga ega va u kontakt hamda zavo yo‘llaridan odam organizmiga kiradi.
Umuman, barcha insonlar ushbu virusni olib yuruvchi va potensial yuqtiruvchi bo‘lishlari
mumkin. Virusni faollashuvi va organizmning qarshiligi pasayishi isitmalash, sovuq qotish, emotsional
stresslar, emlash, qizib ketish, neyronendokrin o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi.
Kasallik ko‘pincha tizim zararlanishi, ya’ni teri, shilliq qabatlar, markaziy va periferik asab
tizimi, jigar va ko‘z xastalanishi bilan kechadi. Gerpetik keratitlarning umumtanlangan tasnifi 1973-1980
yilda YU.F.Maychuk tomondan taklif etilgan. Ushbu tasnif bo‘yicha birlamchi gerpes – unda organizmda
ushbu virusga antitanalar uchramaydi va birlamchidan keyingi – unda antitanalar uchraydi, farqlanadi.
Klinik ko‘rinishga qarab:
Vezikulez keratit. Bunda shoh pardada seroz suyuqlik epiteliyni ko‘chirishi natijasida yakka
yoki ko‘plab kulrang pufakchalar paydo bo‘ladi. Ular keyinchalik yorilib yarachalar hosil qiladilar. Shox
pardaning sezuvchanligi pasayadi. Epiteliyning regeneratsiyasi trofika buzilishi sababli sekinlashadi.
Agar o‘zgarish old chegara membranasini qamrab olsa, keyinchalik xiralanish qoladi.
Daraxtsimon keratit. Ushbu keratit birlamchi pufakchalar hosil bo‘lishi bilan belgilanadi,
keyinchalik ular chuqur qavatlarga tarqaladi. Kasallik nerv tolalari bo‘yicha tarqaladi va kasallikka
tomirli parda qo‘shilib, endoteliyda pretsipitatlar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha dessemet membranasining
buramalari hosil bo‘ladi. Agar o‘zgarish tarqalishi kuchaysa shox parda yuzasi jug‘rofiy xarita
ko‘rinishini olib «Xaritasimon» keratit yuzaga keladi. Bu turdagi keratit chuqur hisoblanadi.
Ushbu keratitda shoh parda epiteliysi katta qismining emirilishi natijasida ikkilamchi bakterial
yoki zamburug‘li infeksiyalar qo‘shilishi mumkin. Keratitlarning yuqoridagi turida qattiq og‘riq,
blefarospazm ko`zatiladi. Keratitning ushbu turlarini klinik ko‘rinishiga qarab tashhislash juda oson.
Stromal keratitlarning 3 xildagi ko‘rinishi uchraydi.
Disksimon keratitda chuqur infil’trat shox pardaning markaziy qismida bo‘lib, diskni
eslatadi.
Ba’zan disk oldida shox parda yuzasining notekisligi yoki epiteliy teshiklari va mayda pufakchalar
bo‘lishi ko`zatiladi. Disk paratsentral joylashganda kasallik klinikasining atipik kechishi ko`zatiladi.
Bundan tashqari stromal keratitning o‘choqli va diffuz turlari uchrashi mumkin. Ushbu keratitlarda irit va
irridotsiklitlar ko`zatiladi.
Shox pardaning gerpetik yarasi asosan daraxtsimon keratitning chuqurlashuvi natijasida kelib
chiqadi. Bunga ko‘pincha notug‘ri davolash sabab bo‘ladi. Yara asta sekin, uzoq vaqt davomida, og‘riqsiz
kechadi. Davolashga qaramasdan dessemetotsele ko`zatilishi mumkin.
Gerpetik keratouveitlarda keratit belgilari bilan birga tomirli parda xastalanishi ko`zatiladi.
Ushbu xastalikda shoh parda turli kismlarida kulrang infil’tratlar uchrashi, yara bo‘lishi, dessemet qavati
burmalari, pretsipitatlar, old kamerada ekssudat, rangdor pardada yangi tomirlanish, orqa sinexiyalar,
bullez keratopatiya, ko‘z ichki bosimi ko‘tarilishi ko`zatiladi. Kasallik uzoq kechganda shox pardaning
yuza va chuqur vaskulyarizatsiyasi, asoratli katarakta rivojlanishi mumkin.
Postgerpetik keratopatiya. 2 klinik tur: epiteliopatiya va bullez keratopatiya shaklida farqlanadi.
Bunda shox parda epiteliysining ko‘tarilib turishi, pufakchalar hosil bo‘lishi, shox parda yuzasining
notekisligi, sezuvchanlikning yo‘qolishi ko`zatiladi. Pufakchalar hosil bo‘lishi, yorilishi va yo‘qolishi
ko`zatilib turadi. Og‘riq uncha bilinmaydi, Kasallik uzoq vaqt davom etadi va ko‘rishning sezilarli
pasayishiga olib keladi.
Gerpetik keratitlarni qiyosiy tashxislashda quyidagi belgilar katta o‘rin tutadi:
- pufakcha hosil bo‘lishi, infiltratning daraxtsimon yoki notug‘ri shaklda bo‘lishi;
- infiltrat kulrang;
- shoh parda sezuvchanligi ikkala ko‘zda pasaygan, lekin uch shohli nerv nevralgiyasi
uchrashi;
- shoh parda tomirlanmagan;
- kechishi og‘ir, o‘tkirlatuv va remissiyalar bilan;
- kasallik o‘tkazilgan yuqumli kasalliklar va jarohatdan so‘ng kelib chiqadi;
- epiteliy qirmasida oddiy gerpes virusi aniqlanadi;
- kasallik antibiotik va sulfanilamid vositalarga rezistent;
- xujayrada spetsifik antitanalari aniqlanadi
- gerpetik poliantigenga teri sinovlari musbat.
Gerpetik kerititning turlari ko‘pligi kasallikning kech aniqlanishi va davolashning kech
boshlanishiga sabab bo‘ladi.
Virusga qarshi kimyoterapiya, maxsus patogenetik davolash usullari va mikraxirurgiya
usullarining rivojlanishi natijasida keratitlarni davolashda katta yutuqlarga erishildi.
Keratitlarni davolash quydagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Virus bilan zararlanmagan to‘qimalar himoyasi.
2. Virus bilan zararlangan to‘qimalar himoyasi.
3. Yallig‘lanishga qarshi ko`rash.
4. Shox parda stromasi kollagen nekroziga qarshi ko`rash.
5. Zararlangan to‘qimalar chandiqlanishini oldini olish.
6. Maxsus himoya yo‘nalishlariga ta’sir
7. Nospetsifik rezistentlik yo‘nalishlariga ta’sir.
Davolash uslubini tanlash kasallikning klinik turi, bosqichi hamda organizmning umumiy
holati, hamkor kasalliklarini hisobga olib o‘tkaziladi.
Virusga qarshi ko`rashda Idoksuridin (IDU), Interferon va uning induktorlari, maxsus vaksina
va immunoglobulinlar qo‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pchilik virusga qarshi preparatlar o‘ta zararli yoki ta’siri past bo‘lib
chiqdi. IDU keratitlarning yuza turlarida o‘ta ta’sirchan, lekin chuqur keratitlarda befoyda, bundan
tashqari uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda shoh parda va qon’yunktivaga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Bu
xollarda Oksolin, Tebrofen, Florenal, Gossipal, Viroleks (Atsiklovir) qo‘llash maqsadga muvofiq.
Olimlar tomonidan Florenalning uzoq ta’sir etuvchi va qon’yunktiva osti in’eksiyasi uchun eritmalari
taklif etilgan. Bundan tashqari dori vositalarining uzoq vaqt davomida ta’sir etishi uchun ko‘z dorivor
plyonkalari kashf etilgan.
Gerpetik keratitda qonsentrlangan leykotsitar interferon va uning induktorlari ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Prodgiozon, pirogenal va interferonogenlarni yuborish ijobiy terapevtik ta’sir ko‘rsatadi.
Gerpesga qarshi zardobning ta’siri o‘ta past, lekin kasallik retsidivlarini oldini olishda u kuchli profilaktik
vositadir. Unga xamkor interferon induktorlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Fizioterapiya
usullaridan rentgenoterapiya, ultratovush, diadinamoterapiya, dorili elektroforez, fonoforez samarali.
Magnitoterapiya og‘riq va yorug‘likdash qo‘rqishni yo‘qotib, shox parda trofikasini tiklashi evaziga
gerpesning og‘ir turlarida o‘ta samarador.
Mikroxirurgiyaning rivojlanishi bar vaqt keratoplastika yordamida kasallikni radikal davolashga
olib keldi. Virusga qarshi argonlazerkoagulyasiya o‘zining kam jarohatlashi, anesteziyasiz qo‘llanilishi va
yaraga tegmasligi sababli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kortizonning kichik miqdorda ko‘llanilishi jga ning miqdorini mo‘‘tadillashtirib, kasallik
retsidivini oldini oladi. Immunitet pasayganda Levamizol qo‘llash maqsadga muvofiq.
Shunday qilib kasallikning birinchi bosqichida IDU, florenal, adenin-arabinozid, ortorimidin,
interferon qo‘llash, ikkinchi bosqichida esa immuno-farmologik, yallig‘lanishiga qarshi va patogenetik
davolash maqsadga muvofiqdir. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (butadion, indometatsin,
ibuprofen) qo‘llash samaralidir. Agarda allergik holat qo‘shilsa fenkarol va boshqa antigistamin dorilar
qo‘llash maqsadga muvofiq. Organizmda interferon ishlab chiqarish susayganida interferon induktorlari
prodgiozan, pirogenal, poludan qo‘llaniladi. Shox parda oziqlanishni tiklash maqsadida V gurux
vitaminlar va to‘qima terapiyasi samarali.
So‘rdiruvchi vosittalaridan lidaza, lekozim, kukumazim, streptodekaza kabi fermentlar
qo‘llanilishi kasallikning asoratsiz o‘tishiga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |