Mavzu№6. TOMIRLI PARDA VA GAVHAR KASALLIKLARI
Avval tomirli pardaning anatomo – fiziologik hususiyatlari, rangdor parda, kipriksimon
tana, xorioideyaning qon aylanishi takprorlpnadi.
Tomirli pardada yallig‘lanish(uvitlar)ning quydagi turlari farqlanadi:
1.
Old uveitlar yoki iridotsiklitlar
2.
Orqa uveitlar yoki xorioiditlar
3.
Butun tomirli pardaning yallig‘lanishi – panuvetlar.
Old uveitlar yoki iridotsiklitlar yallig‘lanish turiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Seroz,
2.
Yiringli,
3.
Gemorragik,
4.
Fibrinoz – plastik.
Orqa uveitlar joylashishiga qarab:
1.
Markaziy,
2.
Oldi ( paratsenral)
3.
Periferik turlariga bo‘linadi.
Iridotsiklitlar
Ular keskin boshlandi, bunda ko‘zda qattiq og‘riq, yorug‘likdan qo‘rqiqishi, blefarospazm
ko`zatiladi. Ko‘z qizaradi, ko‘rishi ko`zatiladi. Rangdor parda to‘qimasi shishadi ( ekssudatsiya) , qon
tanachalari chiqab emiriladi, gemoglobin gemosidering aylanishi tufayli rangdor parda rang o‘zgaradi.
Old kamera tubida yiring (gipopion) yoki qon (gifema ) to‘planishi ko`zatiladi. Iritga siklit
qo‘shiladi, chunki ularni qon bilan taminlanishi umumiy. Bunda qattiq og‘riq bo‘lishi ko`zatiladi. Shox
pardaning orqayuzasida pretsipitatlar hosil bo‘ladi va shishasimon tanada xiralanishlar ko`zatiladi.
Persiptatlar – bu fibrin bilan yopishgan xujayra elementlaridir. Ularning rang kulrang, oqish yoki sariq
bo‘lishi mumkin. Qorachiq torvyadi. Rangdor parda ko‘z gavhariga yopishib qolishi (orqa sinexiyalar)
ba’zida qorachiq bo‘yicha to‘la yopishib qolishm ( seclusio pupillac ) qorachiq bitib qolish
(Occlusio pupillae ) mumkin va bu narsa ikkilamchi glaukomaga olib keladi.
Xorioditlar.
Xorideyada sezuvchi innervatsiya bo‘lmaganligi sabali og‘irq, yosh oqishi, yorug‘likdan
qo‘rqish kabi kasallik belgilari bunda ko`zatilmaydi. Kasalliktasodifan yoki profilaktik ko‘rik paytida
aniqlanidi. Agar kasallik sariq dog‘da bo‘lsa ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, ko‘z oldida yorug‘lik
uchqunlari paydo bo‘lishi ( fotopsiya) , predmetlarning shakli noto‘g‘ri ko‘rinishi ( metamorfopsiya )
ko`zatiladi.
Xoroiditlar
O‘choqli yoki tarqalgan bo‘lishi mumkin. Yangi o‘choqlar rangi sarg‘ish- kulrang, eskilari esa
pigmentlangan bo‘ladi. Keyinchalik biriktirma to‘qimali chandiqlar hosil bo‘lishi ko`zatiladi.
Xorioiditlarning kelib chiqishiga sabab mikroorganizmlarning qon orqali xorioideya kapillyarlariga kelib,
o‘tirib qolishidir.
Dostları ilə paylaş: |