Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/43
tarix07.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#51066
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Таркатма-материал-1

Gavxar anatomiyasi. 

Gavxar  aylana  shakldagi,  ikki  satxi  bo‘rtiq  linzani  eslatadi.  Ko‘z  gavxari  qorachig‘  orqasida 

joylashgan  bo‘lib,  kipriksimon  tanadan  chiqib,  ko‘p  sonli  juda  nozik  senn  boylamlari  uning  ekvatoriga 

kelib yopishadi. 

Ko‘z gavxarining qalinligi 3,5 mm ga diametri esa 9-10 mm ga teng. Gavxar akkomadatsiya va 

nur  o‘tkazish  vazifasini  bajaradi.  18-  20  yoshga  to‘lganda  gavxar  yadrosi  shakllanadi,  gavxarda  xususiy 

qon  tomirlar  bo‘lmaganligi  sababli  undagi  moddalar  almashinuvi  ko‘z  ichi  suyuqligi  hisobiga  amalga 

oshiriladi. 

Gavxarning  loykalanishi  katarakta  deyiladi.  Ko`z  gavxari  loykalanganda  karachig  ok  kulrang 

tus oladi. 

Katarakta  tugma  va  orttirilgan  buladi.  Tugma  kataraktalarda  loykalanish  kaysi  kismda 

ekanligiga  karab  oldingi  va  orka  kutub  kataraktasi  (cataracta  Polaris  ant.  Etpost)  kartikal  kotarakta 

(cataracta  corticalis)  qavatma  qavat  katarakta    va  tuliq  kataraktalarga  ajratiladi.  Tug‘ma  kataraktaning 

o‘ziga xos uch asosiy belgisi bor  

1. 


Ikkala ko‘zda bir vaqtda paydo bo‘ladi. 

2. 


Qonsistensiyasi yumshoq bo‘ladi. 

3. 


Loyqalanish avj olmay bir xilda turadi 

 

 



 Xayotda  orttirilgan  kataraktaning  eng  ko‘p  uchraydigan  –  qarilik  kataraktasidir.  Qarilik 

kataraktasining 4 ta klinik davri bor. 

1. 

Boshlang‘ich katarakta. 



2. 

Etilmagan katarakta. 

3. 

Etilgan katarakta. 



4. 

O‘ta pishgan katarakta.  

Kataraktaning  birinchi  bosqichda  o‘zgarishlar:  loyqalanish  juda  kamdan-kam  qarachig‘ 

markazida yoki orqasida paydo bo‘ladi. Bunda diffuz oq kulrang bo‘lib ko`rinadi. 

  Ikkinchi bosqich: Etilmagan kataraktada loyqalangan chiziqlar qalinlashib bir-biriga aralashib 

qorachig‘ sohasiga etib kelali. Ular biroz shishadi, yadro atrofiga tarqaladi  va ko‘rish pasayadi. Oldingi 

kamerani chuqurligi kichrayadi, ko‘rish 0,1-0,2 gacha kamayadi. 

 Uchinchi  bosqich:  Etilgan  katarakta  gavxar  membranasidan  suv  qisman  chiqib  ketishi 

natijasida gavxarning hajmi biroz kichiklashib boshlang‘ich davridagi holatga qaytadi.  


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin