Estetika tarixi-Estetika yoxud Nafosat falsafasi eng qadimgi fanlardan biri.
Estetika tarixi-Estetika yoxud Nafosat falsafasi eng qadimgi fanlardan biri.
Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o'z ichiga oladi.
Biroq u o'zining hozirgi nomini XYIll asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bolmish go'zallik va san'at haqidagi mulohazalar har xil san'at turlariga bag'ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o'z aksini topgan
kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug' olmon faylasufi G. Laybnits
(1646-1716) ta'limotidan kelib chiqqan
holda munosabat
bildirgan edi.
Laybnits inson ma'naviy olamini uch sohaga: aql - idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg'uga bo'ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o'rganish lozimligini ta'kidlaydi.
Laybnits inson ma'naviy olamini uch sohaga: aql - idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg'uga bo'ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o'rganish lozimligini ta'kidlaydi.
Baumgartengacha aql - idrokni organadigan fan - mantiq, iroda – ixtiyorni esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko'pdan buyon o'z o'rni bor edi. Biroq his-tuyg'uni o'rganadigan fan falsafiy maqomda o'z nomiga ega emasdi.
Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma'nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos - «oyestetikos» so'zidan «estetika» (olmoncha «estetik» - «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo'shliqni to'ldirdi.
Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari kopchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o'tganimizdek, san'at bu fanning yagona tadqiqot ob'ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go'zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fan shug'ullanadi. Demak, uning qamrovini san'atning o'zi bilangina chegaralab qo'yishga haqqimiz yo'q. Zero bugungi kunda inson o'zini o'rab turgan barcha narsa-hodisalarning go'zal bolishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan samolyot, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshaboglar - hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. Go'zallik, ko'rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi xususiyatihisoblanadi. Shu bois u estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go'zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasiestetik tabiatiga ega bo'lolmaydi. Masalan, ulug'vorlikni olaylik. U asosan hajmga, hajmga, miqyosga miqdorga asoslanadi: Buxorodagi Arslonxon minorasi yoxud Minorai Kalon ulug'vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo'risidan zavqlanolmaysiz. YOki yonbag'irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz, ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o'sib chiqqan axlat «tog'i»ga qarab zavqlanmaysiz. CHunki Arslonxon minorasi me'morlik san'ati asari sifatida go'zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog' esa tabiat yaratgan ulug'vor go'zallikdir.
Estetikaning subʼektivligi
Individual tajribalar, his-tuyg'ular va shaxsiy preferensiyalar estetik hukmlarga ta'sir ko’rsatadi .
Estetika yuqori mavhumlik bo'lib, odamdan odamga farq qiladi
Go'zallikning universal ta'rifi yo'q, u shaxsiy talqindir