1. Etika (axloqshunoslik) faning predmeti, tadqiqot doirasi uning asosiy vazifalari
1. Etika (axloqshunoslik) faning predmeti, tadqiqot doirasi uning asosiy vazifalari
Etika yoxud axloqshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi bir necha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Axloq (arab. хulqning ko’pligi; lot. moralis- hulq-atvor)-ijtimoiy ong shakllaridan biri.
Axloq-kishilarning tarixan tarkib topgan xulq -atvori, yurish turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig’indisi.
Аxloq- butun boshliq jamiyat a’zolari, millat, хаlq, shaxs аmal qiladigan ijtimoiy tartib-qoida bo’lib,ushbu tartib-qoidalar yordamida inson hatti-harakati tartibga solinadi, ya’ni boshqariladi.
Аxloq- butun boshliq jamiyat a’zolari, millat, хаlq, shaxs аmal qiladigan ijtimoiy tartib-qoida bo’lib,ushbu tartib-qoidalar yordamida inson hatti-harakati tartibga solinadi, ya’ni boshqariladi.
Murakkab ijtimoiy tartib intizom majmuasi bo’lgan axloq shaxsning ruhiy ma’naviy faoliyati bo’lib, uning kundalik hatti-harakatini tartibga soladi va turli axloqiy prinsiplarda, normalarda ( burch, ma’suliyat, qadr-qimmat, vijdon va h.), munosabatlar va ideallarda namoyon bo’ladi.
. Odob kishining jamoat orasida o’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yusinda muomala qilishi, o’z turmushi, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, inson tashqi qiyofasi qanday bo’lishi lozimligiga mansub qoidalar (masalan: or-nomus, sharm-hayo, iffat, kamtarlik,xushmuomalalikni o’z ichiga oladi)
.Odob birinchi navbatda oila muhitida, qolaversa, ta’lim-tarbiya ijtimoiy foydali mehnat, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi.