Mavzu.“KO’Mning xususiy masalalari” fanining maqsadi va vazifalari. Kimyo o’qitishning ta’limiy axamiyati


Seminar Umumiy o’rta ta’lim maktablari kimyo o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka talablari va kompetensiyalari



Yüklə 39,95 Kb.
səhifə3/12
tarix22.12.2023
ölçüsü39,95 Kb.
#189891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu.“KO’Mning xususiy masalalari” fanining maqsadi va vazifala-fayllar.org

Seminar Umumiy o’rta ta’lim maktablari kimyo o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka talablari va kompetensiyalari. O‘rta ta’limda kimyo fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarni boshqa fanlardan olgan bilimlariga va hayotiy tajribalariga tayangan holda kimyo o‘quv fanining eng muhim kimyoviy tushunchalari hamda kimyo o‘quv xonasida ishlash xavfsizligi bilan tanishtirish; o‘quvchilarda tayanch va kimyo o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish; tabiatda sodir bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlarning ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo‘lishini, kimyoviy elementlar, moddalarning xossalari, tuzilishi, tarkibi, anorganik va organik moddalardan kundalik turmushda foydalana olish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga o‘rgatishdan iborat. O‘rta ta’limda kimyo fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fani mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fantexnika taraqqiyoti bilan bog‘lash, buyuk allomalar va kimyogar olimlarning kimyo fani rivojiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish; tabiatdagi kimyoviy jarayonlar, hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, anorganik moddalarning xossalari, olinish usullari, ularga oid masalalarni yechish, tajribalar o‘tkazish, eng muhim anorganik va organik moddalarning ahamiyati, kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’siri haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirish. Kimyo fani bo‘yicha o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: Umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organic birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologic ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi; organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi…….Kolloid va dag‘al dispers sistemalar, eritmalarning konsentratsiyalarga bog‘liqligi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari (molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya va sinproporsiya reaksiyalari), ularning tenglamalarini tenglashtirishni yarim reaksiyalar usuli va kimyoviy kinetika, reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillarni biladi va tushuntira oladi; elektroliz qonunlari, PN va PONni aniqlash, dissotsiyalanish asoslari, issiqlik effekti bo‘yicha masalalar yecha oladi; organik va anorganik moddalar, ular orasidagi farqni, ularning xossalari molekulyar tuzilishiga bog‘liqligini tushuntira oladi.

Yüklə 39,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin