Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə14/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Gaz qazib olish bo'yicha qaysi mintaqalari yetakchilik qiladi? J: Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa mintaqalari.

  • Gaz qazib olish bo'yicha qaysi davlatlar peshqadamlik qiladi? J: AQSH (749 mlrd. m3) Rossiya (641 mlrd. m3), Eron (190 mlrd. m3), Qatar (182,8 mlrd. m3), Kanada (174 mlrd. m3) kabilar peshqadamlik qiladi.

  • Tabiiy gaz suyuq holatga o'tkazilishi jarayonida o'rtacha hisobda necha marotabagacha siqiladi?

    J: 600 marotabagacha siqiladi.

    1. Jahonning nechaga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi? J: 30ga yaqin davlatlarida.

    2. Qaysi davlatlarda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo’yicha yetakchilik qiladi? J: Qatar, Avstraliya, Malayziya kabi davlatlar.

    3. Qaysi davlatlar suyultirilgan gazning asosiy iste’molchilari hisoblanadi? J: Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy kabi davlatlar.

    4. Qaysi sanoat yoqilg'i-energetika tarmoqlari orasida eng birinchi shakllangan tarmoq hisoblanadi? J: Ko 'mir sanoati.

    5. Hozirgi vaqtda qazib chiqarilayotgan ko'mirning asosiy iste'molchisi qaysi stansiyalardir? J: issiqlik elektr stansiyalaridir.

    6. Qazib chiqarilayotgan ko'mirning atigi necha % i eksportga chiqarilmoqda? J: 10 % i.

    7. Jahon bo'yicha deyarli necha mlrd. t. ko'mir qazib olinadi? J: 7,3 mlrd. t. ko'mir qazib olinadi (2016-y)

    8. Qazib olingan ko'mirning 75 % dan ortig'i qaysi davlatlar hissasiga to'g'ri keladi? J: Xitoy (3242 mln. t), Hindiston (708 mln. t), AQSH (672 mln. t), Avstraliya (503 mln. t), Indoneziya (460 mln. t) hissasiga to'g'ri keladi.

    9. Elektr energetika sanoati nimani o'z ichiga oladi? J: lektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishni o'z ichiga oladi.

    10. Hozirgi vaqtda jahonda, taxminan, necha trln. kWh elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda? J: 25 trln. kWh elektr energiya (2016-y.)

    11. Elektr energiyasini eng ko'p ishlab chiqaruvchi davlatlar qaysilar? J: Xitoy (6,17 trln. kWh), AQSH (4,4 trln. kWh), Hindiston (1,4 trln. kWh), Rossiya (1,1 trln. kWh), Yaponiya (1,0 trln. kWh).

    12. Ma'lumki, elektr energiyasi ishlab chiqarishda qanday manbalardan foydalaniladi? J: an'anaviy (issiqlik, gidro va atom elektr energetika tarmoqlari) va noan'anaviy (quyosh, shamol, suv qalqishi, geyzerlardan olinadigan energiya va b.) energiya manbalaridan.

    13. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan uch turdagi an'anaviy elektr energetika tarmoqlari, taxminan, necha % elektr energiyasini ishlab beradi? J: 99 %.

    14. Jahon elektr energetika sanoatining tarmoqlar tarkibi (2017-y.).





    1. Issiqlik elektr energetikasi elektr energetikaning yetakchi tarmog'i hisoblanib, nimaning hisobiga issiq bug' va elektr energiyasini ishlab chiqaradi? J: yoqilg'ini yoqish hisobiga.

    2. Qaysi davlatlarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi aynan IESlarga to'g'ri keladi? J: Niderlandiya, JAR, Polsha, Ruminiya, Meksika va boshqa davlatlarda.

    3. Jahondagi eng yirik IESlari qaysilar? J: Tuoketuo (Xitoy), Surgut GRES-2 (Rossiya).

    4. Gidroelektr energetika - suv oqimining energiyasi asosida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog'i.

    5. GESlar, asosan, qayerlarda quriladi? J: ko'p suvli va tez oqadigan tog' daryo vodiylarida.

    6. Qaysi davlatlarda elektr energiyasining asosiy qismi GESlarda ishlab chiqariladi? J: Norvegiya, Braziliya, Albaniya, Kolumbiya kabi davlatlarda.

    7. Xitoyning Yanszi daryosida barpo etilgan qaysi GES jahonning eng yirik GESi hisoblanadi? J:

    «Uch dara» GESi.

    1. Atom elektr energetikasi sanoati qanday tarmoq hisoblanadi? J: elektr energetikaning fan- texnika inqilobi davrida vujudga kelgan, murakkab texnologik jarayonlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmog'idir.

    2. Dunyodagi birinchi AES qaysi davlatda ishga tushirilgan edi? J: Rossiya Federatsiyasining Obninsk shahrida.

    3. Hozirgi kunda jahonning nechadan ortiq davlatida AESlar faoliyat olib bormoqda? J: 30 dan ortiq davlatida.

    4. Eng yirik AESlar qaysi davlatlarda joylashgan?J: Yaponiya, AQSH, Fransiya, GFR, Rossiya hududida.

    5. Qaysi davlatlar AESlar asosida olinuvchi energiya miqdori yuqori bo'lgan davlatlar orasida peshqadamlik qiladi? J: Fransiya, Belgiya, Koreya Respublikasi kabi davlatlar.

    6. Geotermal energiyadan foydalanish qaysi davlatlarda yo'lga qo'yilgana? J: AQSH, Rossiya, Filippin, Italiya, Islandiya kabi davlatlarda.

    7. Dengiz qalqishidan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo'yicha qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoy.

    8. Shamoldan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo'yicha qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda? J: Xitoy, Daniya, Niderlandiya, Germaniya, AQSH.

      1. MAVZU: JAHON METALLURGIYA VA KIMYO SANOATI GEOGRAFIYASI.


    1. Metallurgiya majmuasi sanoatning tayanch tarmoqlaridan biri bo'lib, qanday soha hisoblanadi? J: rudalarni qazib oluvchi, ularni boyituvchi, metall va metall qotishmalarga ishlov beruvchi soha hisoblanadi.

    2. Metallurgiya majmuasi foydalanadigan xomashyo va ishlab chiqaradigan mahsulotlar xususiyatlariga ko'ra necha tarmoqqa va qaysilarga ajratiladi? J: ikki mustaqil tarmoqqa -

    qora va rangli metallurgiyaga ajratiladi.

    1. Qora metallurgiyaning asosiy mahsulotlari bo'lgan qaysilardan turli sanoat tarmoqlari hamda qurilish sohasida ko'p foydalaniladi? J: cho'yan va po'latdan.

    2. Qora metallurgiya sanoat tarmog'ida juda katta hajmdagi qaysi homashyolardan foydalaniladi? J: temir rudasi va kokslanadigan ko'mirdan.

    3. FTI davrida tarmoqda yangi ishlab chiqarish texnologiyasiga o'tish tufayli qanday imkoniyatlar kengaydi? J: temir rudasi va ko'mirni uzoq masofadan keltirish imkoniyatlari.


    4. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin