Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə26/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Alp va Apennin tog'lari o'rtasida qaysi tekislig joylashgan? J: Padan tekisligi.

  • Bu tekislikda g'arbdan sharqqa tomon Italiyadagi eng yirik daryo qaysi daryo oqib o'tadi? J: Po daryosi.

  • Italiyada XXI asrning o'zida nechta kuchli zilzila ro'y bergan? J: 4 ta kuchli zilzila.

  • Italiyada bir nechta harakatdagi vulqon, jumladan, qaysilar mavjud? J: Etna (Yevropadagi eng baland harakatdagi vulqon), Vezuviy va Stromboli mavjud.

  • Italiya hududida qanday foydali qazilmalar konlari bor? J: neft, tabiiy gaz, ko'mir, marganes, kaliy va osh tuzi konlari bor, ammo aksariyat mineral resurslarning qazib olish hajmi mamlakat iqtisodiyotining ehtiyojlarini qondira olmayapti.

  • Italiyada, asosan, qaysi iqlim hukmronlik qiladi? J: O'rta dengiz tipidagi subtropik.

  • Yozi issiq, qishi esa iliq, yog'ingarchilik ko'proq qaysi oylarga to'g'ri keladi? J: qish oylariga.

  • Qaysi tog'lar Italiya hududini sovuq havo massalarining kirib kelishidan saqlaydi hamda dengizdan esadigan shamollarning yo'lini to'sib, yog'inlarning tushishini kuchaytiradi?J: Alp tog'lari.

  • Italiya Yevropadagi aholisi eng ko'p nechta davlatlardan biri? J: beshta davlatlardan biri.

    29.2018-yil ma'lumotlariga ko'ra, Italiyada necha mln. kishi istiqomat qiladi? J: 60,6 mln. kishi. 30.Aholining tabiiy ko'payishi manfiy bo'lib, yillik hisobda necha % ga teng? J: -0,2 % ga teng.

    1. Nimaning hisobiga Italiya aholisi o'sib bormoqda? J: tashqi migratsiya hisobiga.

    2. Migrantlar orasida qaysilar son jihatidan yetakchi? J: ruminlar, albanlar hamda Shimoliy Afrika davlatlaridan ko'chib kelgan arablar.

    3. Italiyada shahar aholisining ulushi necha % atrofida?J: 70 % atrofida.

    4. Mamlakatdagi eng yirik shahar aglomeratsiyalari qaysi shaharlari atrofida vujudga kelgan? J: Milan, Rim, Turin va Neapol shaharlari atrofida.

    5. Davlat tili - qaysi til? J: italyan tili.

    6. Aholining diniy tarkibida kimlar yetakchilik qiladi? J: katoliklar.

    7. Italiya katoliklar soni bo'yicha Yevropada nechanchi o'rinda turadi? J: birinchi o'rinda.

    8. Aholi eng zich joylashgan hududi qayer? J: Po daryosi oqib o'tadigan Padan tekisligi hisoblanadi

    9. Shuningdek, mamlakatning qaysi hududlarida ham aholi ancha zich yashaydi? J: janubidagi dengizbo'yi hududlarida.

    10. Qaysi hududlarida aholi birmuncha siyrak joylashgan? J: Tog'li rayonlar va Sardiniyada.

    11. Italiya Yevropadagi «Katta yettilik» guruhiga kiradigan nechta davlatlardan biri?J: 4 ta davlatlardan biri.

    12. Mamlakatning eng yirik va rivojlangan iqtisodiy markazlari uning qaysi qismida joylashgan? J: shimolida joylashgan (Milan va Turin aglomeratsiyalari).

    13. Janubiy hududlari qanday iqtisodiyoti bilan ajralib turadi? J: qoloq agrar iqtisodiyoti bilan.

    14. Italiya sanoatining yetakchi tarmoqlari sifatida qaysi sanoatlar ajralib turadilar? J: mashinasozlik (ayniqsa avtomobilsozlik va maishiy texnika ishlab chiqarish), kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatlari ajralib turadi.

    15. Mamlakat qanday mahsulotlarning jahondagi eng ko'zga ko'ringan eksportyorlaridan biridir?

    J: yengil avtomobil, motosikl, muzlatgich, velosiped, jun gazlamalari, kiyim-kechak, poyabzal, zaytun moyi, pishloq, vino, meva va tomat konservalari kabi mahsulotlarning.

    1. Qishloq xo'jaligi ko'proq qanday dehqonchilikka ixtisoslashgan? J: subtropik dehqonchilikka.

    2. Italiya Yevropa va jahon miqyosida nimalar yetishtirish bo'yicha alohida ajralib turadi? J: sitrus mevalari, uzum, pomidor va zaytun yetishtirish bo'yicha.

    3. Milliy iqtisodiyotning eng daromadli tarmoqlaridan biri qaysi hisoblanadi? J: turizm hisoblanadi, chunki yiliga Italiyaga o'rta hisobda 50 million xorijiy sayyohlar tashrif buyuradilar.

    4. Italiyaning qaysi shaharlari, chin ma'noda, «osmon ostidagi muzeylar» sifatida butun dunyoda mashnur? J: Rim, Milan, Neapol, Venetsiya, Florensiya, Genuya, Parma, Piza, Verona va boshqa shaharlari.

    5. Qaysi tashkilot tomonidan tuzilgan Butunjahon madaniy meros obyektlari ro'yxatiga aynan Italiyadagi tabiiy va tarixiy-madaniy yodgorliklar eng ko'p kiritilgan? J: YUNESKO tomonidan.
      1. MAVZU: ROSSIYA FEDERATSIYASI.


    1. Rossiya Federatsiyasi maydoni jihatidan jahonda nechanchi o’rinda turadi? J: birinchi o’rinda turadi. Jahonning eng yirik davlati hisoblanadi.

    2. Rossiya qayerda joylashgan? J: Sharqiy Yevropa va Shimoliy Osiyoda.

    3. Rossiyaning Yevropa va Osiyodagi qismlarini qaysi hududlar ajratib turadi? J: Ural tog'lari hamda Kaspiy va Azov dengizlari o'rtasidagi Kuma-Manich botig'i ajratib turadi.

    4. Rossiya qirg'oqlari Shimoliy Muz, Tinch va Atlantika okeanlarining havzalariga tegishli bo'lgan nechta dengiz suvlari bilan yuviladi? J: 12 ta.

    5. Ta'kidlash kerakki, jahonda faqat 3 ta davlat birdaniga uchta okeanga chiqish imkoniyatiga ega – bular qaysilar? J: Rossiya, AQSH va Kanada.

    6. Rossiya Federatsiyasi jami nechta davlat bilan chegaradosh? J: 16 ta davlat bilan.

    7. Jumladan, qaysi davlatlar bilan chegara faqat suv orqali o'tadi? J: Yaponiya va AQSH bilan.

    8. Chegaradosh davlatlarning umumiy soni bo'yicha Rossiya jahon mamlakatlari ichida nechanchi o'rinda turadi? J: 1-o'rinda.

    9. Eng uzun chegara chiziqlari qaysi davlatlar bilan o'tgan? J: Qozog'iston, Mongoliya va Xitoy bilan.

    10. Rossiyaning milliy mustaqilligi qachon e’lon qilingan? J: 1991-yil 24-avgust (Sovet ittifoqidan).

    11. Rossiyaning poytaxti? J: Moskva shaxri.


    12. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin